Aholining asosiy kategoriyalari


Inflatsiyaga qarshi kurash siyosati


Download 363.22 Kb.
bet12/13
Sana11.03.2023
Hajmi363.22 Kb.
#1260135
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Fillips egri

Inflatsiyaga qarshi kurash siyosati


Inflatsiyaga qarshi kurash siyosatining asosiy maqsadi bo‘lib, inflatsiya ustidan nazorat o‘rnatish va inflatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.
Inflatsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar va nomonetar omillarning haqiqatdagi darajasiga baho berish.

  2. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish.

  3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining inflatsion kutish psixologiyasiga barham berish.

  4. Moliya bozorlarini rivojlantirish va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish.

  5. Pul massasining o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlash.

Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari ish haqining o‘sishi bilan iste’mol tovarlari baholarining o‘sishi o‘rtasidagi bevosita bog’liqlik mavjud.

  2. Respublikamizda talab inflatsiyasining kuchayishi natijasida YaIM deflyatorining yuqori darajasi saqlanib qolmoqda.

  3. Fuqarolarimizning xorijiy davlatlardan jo‘natayotgan pul o‘tkazmalari inflatsiyani yuzaga keltirayotgan omillar ichida asosiy o‘rinni egallamoqda.

  4. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o‘sish sur’atlariga ega ekanligi inflatsion jarayonlarning yuzaga kelishida muhim o‘rin tutmoqda.

  5. Naqd pullarga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori ekanligi.

  6. Pul-kredit siyosatini takomillashtirish bilan bog’liq bo‘lgan muammolarning mavjudligi.



      1. Inflatsion targetlashning mohiyati


Inflatsion targetlash deganda inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilab olib, unga erishish maqsadida amalga oshiriladigan chora- tadbirlarning yig’indisi tushuniladi.
Inflatsion targetlashda Markaziy bank dastlab inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilab oladi va unga erishish davrini rasman e’lon qiladi.
Inflatsion targetlash muvaffaqiyatli qo‘llanilgan davlatlar sifatida Yangi Zelandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Shvetsiya, Avstraliya va Ispaniyani ko‘rsatish mumkin.
Shunisi xarakterliki, mazkur mamlakatlarda inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi turlicha ifodalandi. Avstraliya, Finlandiya va Shvetsiyada Markaziy bank inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini hukumatning qo‘llab-quvvatlash xususidagi roziligini olmasdan turib e’lon qildi. Kanada va Yangi Zelandiyada inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi Markaziy bank va Moliya vazirligining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab chiqildi. Ammo shuni e’tirof etish joizki, inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanishning mumkinligi biror-bir Markaziy bankning Nizomida o‘z aksini topmagan. Shu sababli, bu masalani huquqiy jihatdan maqsadga muvofiqligi markaziy banklar faoliyatining bosh maqsadi orqali izohlanadi, ya’ni inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi orqali uni jilovlash Markaziy bankning bosh maqsadiga – milliy valutaning barqarorligini ta’minlash va jamiyatda baholar barqarorligiga erishishga xizmat qiladi.



Download 363.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling