Aholining asosiy kategoriyalari
Inflatsiyaga qarshi siyosat va inflatsion targetlashning ahamiyati
Download 363.22 Kb.
|
Fillips egri
Inflatsiyaga qarshi siyosat va inflatsion targetlashning ahamiyatiInflatsiya xususidagi ilmiy-nazariy qarashlar P. Graud va M. Polan inflatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bo‘lgan - pullarning o‘sish sur’ati va inflatsiya darajasi o‘rtasida to‘g’ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to‘g’ri va statistik ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar. Ayni vaqtda, tadqiqot mualliflari inflatsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda pullar taklifining o‘sish sur’ati va inflatsiya o‘rtasida to‘g’ridan-to‘g’ri bog’liqlikning mavjud emasligini aniqlashdi, ya’ni korrelyatsiya koeffitsientining nolga yaqinligi ma’lum bo‘ldi. Buning sababi sifatida e’tirof etildiki, rivojlangan moliya bozorlariga ega bo‘lgan va hukumatga ishonch darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda past inflatsiya sharoitida pulning aylanish tezligining o‘zgarishi ekzogen omillar ta’sirida yuz beradi. Demak, pullar taklifi ekzogen omillar tufayli yuzaga kelgan pullarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga moslashadi. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, Markaziy bank mustaqillik darajasining yuqori ekanligi va pul agregatlarini monitoring qilish tizimining rivojlanganligi pullar taklifi hajmini nazorat qilish imkonini beradi. Shuning uchun pullar taklifining o‘sishi pullarga bo‘lgan talabning o‘sishiga nisbatan o‘ziga xos reaktsiya hisoblanadi va baholarning o‘sishiga olib kelmaydi. Iqtisodiy adabiyotda inflatsiya va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi aloqadorlik masalasida keskin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir guruh iqtisodchi olimlar, shu jumladan, G. Xess va Ch. Morrislarning fikriga ko‘ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o‘sishi ham iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi44. Ularning fikriga ko‘ra, baholarning unchalik sezilarli darajada bo‘lmagan o‘sishi ham inflatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi o‘zida nafaqat kutilayotgan inflatsiyani, balki risk uchun qo‘shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga keladi. Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M. A. Pivovarova, A. Kudrin va boshq. ) inflatsiyaning ma’lum darajasi sharoitida iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. M. Pivovarovaning fikriga ko‘ra, inflatsiyaning uncha yuqori bo‘lmagan darajasi iqtisodiy o‘sishni rag’batlantiradi, bunday sharoitda antiinflatsion siyosatni amalga oshirish ishsizlikning o‘sishiga, iqtisodiyotning pasayishiga olib keladi45. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan qattiq nazorat o‘rnatiladi. XVF ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda inflatsiya yillik darajasining 3 foizdan oshishi iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sezilarli darajada sekinlashishiga olib keladi46. 44 Hess G., Morris C. The Long-Ruh Costs of Moderate Inflation // Federal Reserve Bank of Kansas City Economic Review. 1996. Second Quarter. – P. 71-88. 45 Пивоварова М.А. Международная научно-практическая конференция: “Инфляция и экономический рост: теория и практика” // Деньги и кредит. – Москва, 2006. - №7. – С. 60. 46 Khan M. Senhadji. Thereshild Effects in the Relatioinshop between Inflation and Growth // IMF Staff Papers. 2001. Vol. 48. - P.1-21. Download 363.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling