2. GMO afzalliklari va aholi salomatligiga ta’siri. - Ayni vaqtda xuddi mana shunday usulda hosil qilingan juda ko‘plab transgen o‘simlik va hayvon turlari mavjud. Ularning zararkunandalarga, qurg‘oqchilikka, turli salbiy tabiiy va antropogen omillarga chidamliligi tufayli yildan-yilga yo‘qotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori kamayib bormoqda. Jumladan, 2014-yilda o‘tkazilgan 147 ta metaanaliz tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra, butun dunyoda qishloq xo‘jaligi ekinlari orasidagi GMO hosildorligining zararkunandalar tufayli yo‘qotilishi oddiy o‘simliklarnikiga qaraganda 21,6 foizga past bo‘lgan, shu tufayli pestitsidlarga 36,9 foiz kam xarajat ketdi. Umumiy chiqim 39,2 foizga oz, kirim esa 68,2 foizga yuqori bo‘lgan.
- GMO mahsulotlarining eng muhim xususiyatlaridan yana biri ularni yetishtirish oson, arzon va qulay. Shu bilan birga GMO o‘simlik mahsulotlarini boshqa o‘simliklarga qaraganda yilning istalgan vaqtida topish imkoni mavjud. Shu birga GMO mahsulotlari nisbatan arzonligi, ularni saqlashda maxsus talablar mavjud emasligi bilan ham ajralib turadi.
- Ko‘pchilik GMO deganda faqatgina yeyiladigan mahsulotlarni ko‘z o‘ngiga keltiradi, aslida GMO faqat oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi. Ular ilmiy tadqiqotlarda, tibbiyotda, farmatsevtika sanoatida, qishloq xo‘jaligida, atrof-muhitni tozalashda ham qo‘llaniladi.
- Ilmiy tadqiqotlarda esa GMO organizmlardan ko‘plab kasalliklar qanday yuzaga kelishini aniqlashda keng foydalaniladi. Jumladan, Alsgeymer, saraton kabi kasalliklarning qanday yuzaga kelishi aynan ana shunday organizmlarda o‘rganish asosida aniqlandi.
… - Ayni vaqtdagi rasmiy statistikaga ko‘ra, Yer yuzida 415 mln. kishi qandli diabet kasalligi bilan og‘riydi. 2040-yilga borib, ularning soni 642 mln. nafarga yetishi aytiladi. Mana shu kasallarning ko‘pi kuniga insulin qabul qilishga majbur, aks holda ahvoli tezda yomonlashadi. Xo‘sh, shuncha bemorga insulin qanday yetkazib beriladi deb o‘ylaysiz? Dastlab bu gormon buqa va cho‘chqa oshqozon osti bezidan ajratib olib tayyorlangan, lekin bu usulni sanoat miqyosida qo‘llab bo‘lmaydi. Hozirda aynan insulin gormonining geni maxsus bakteriyalar genomiga kiritilib GMO bakteriyalar hosil qilingan. Ular o‘z faoliyati natijasida insulin hosil qiladi. Mana shu bakteriyalar 415 mln. aholining salomatligini bir maromda ushlab turish uchun xizmat qilmoqda.
- Qonning qon tomirlari ichida ivib qolishi natijasida yuzaga keladigan tromboz kasalligini davolashda qo‘llaniladigan dori preparatlari ham aynan GMO echkilar suti tarkibidagi oqsil asosida yaratilgan.
- Ayni vaqtda 33 turdagi transgen o‘simliklar (GMO) odamlar tomonidan oziq-ovqat sifatida keng qo‘llanilmoqda: kartoshka, papayya, oshqovoq, baqlajon, olma, makkajo‘xori, soya, loviya, qovun, guruch, pomidor, shirin qalampir, bug‘doy, qand lavlagi, raps va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |