Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Ta’minot o‘lchami va shakllarining o‘tgan (qilingan) mehnatga nisbatan bog‘langan holda o‘rnatish (belgilash)


Download 1.64 Mb.
bet169/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

3.Ta’minot o‘lchami va shakllarining o‘tgan (qilingan) mehnatga nisbatan bog‘langan holda o‘rnatish (belgilash)
prinsipi – bu ijtimoiy ta’minotning stajning davomiyligi, ishning shartsharoiti, ish haqi va mehnat hamda ijtimoiy faoliyatning boshqa omillarga nisbatan bog‘liq ravishda amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu prinsip ijtimoiy ta’minotda ish haqi orqali o‘z ifodasini topadi, chunki unga ko‘ra pensiya va nafaqalarning ko‘plab turlari ish haqiga nisbatan hisoblanadi.
4.Taqdim etilayotgan ta’minot turlari va xizmatlarning juda xilma-xilligi prinsipi – bu pensiya va nafaqalar, ishga joylashtirish, sog‘liqni mustahkamlash bo‘yicha turli-tuman tadbirlar, kasallanishdan ogohlantirish, uning oldini olish va uni kamaytirish, nogironlar va qariyalarni internat-uylarga joylashtirish, moto-velokolyaskalar va avtomobillar bilan ta’minlash, protezlashtirish va h.k.lar orqali namoyon bo‘ladi.
5.Ijtimoiy ta’minotni boshqarish va tashkil qilishning demokratik xarakterdaligi prinsipi – bu ijtimoiy ta’minotning barcha masalalarini yechishda namoyon bo‘ladi. Bunda kasaba uyushmalarining roli, ayniqsa, yuqoridir. Ularning vakillari pensiya tayinlash komissiyalarining ishida bevosita ishtirok etadi. Mahalliy hokimiyat organlarining ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash bo‘yicha doimiy komissiyalari ham mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiradi.

22.2. Davlat pensiyasi va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti


Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha choralarning tarkibida davlat pensiyalari muhim o‘rin egallaydi. Pensiya ta’minotining ijtimoiy ahamiyati shu bilan aniqlanadiki, hozirgi paytda O‘zbekistondagi ko‘plab qariyalar, nogironlar va ularning oila a’zolari, boquvchisini yo‘qotganlarning hayotiy muhim manfaatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bozor munosabatlariga o‘tilishi munosabati bilan davlat pensiya tizimi murakkab ahvolga tushib qoldi. Pensionerlarning daromadlari doimiy ravishda baholarning darajasidan ortda qolmoqda. Qarilik bo‘yicha (yoshga doir) pensiyaning o‘rtacha miqdori hayotning yashash darajasidan ancha past. Shu munosabat bilan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida fuqarolarning pensiya ta’minoti bo‘yicha huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini kuchaytirish va pensiya tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida mamlakatda pensiya tizimi isloh qilinmoqda.
Pensiya tizimini isloh qilishning negizida pensiya to‘lanmalarini moliyalashtirishning jamg‘ariladigan prinsiplari asosida tashkil qilish yotadi. Unga muvofiq ravishda pensiyalarning quyidagi uch darajasini o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda:

  • jamg‘ariladigan pensiyalar – yollanib ishlaydiganlarga beriladi, butun mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga nisbatan ajratmalar va bu ajratmalarni saqlab o‘z oborotida foydalanganligi uchun ular tomonidan to‘lanadigan foizlar hisobidan amalga oshiriladi;

  • ijtimoiy pensiyalar – o‘zlariga pensiya to‘lanmalarining to‘lanishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jamg‘armagan va hayot kechirish uchun zaruriy mablag‘larga ega bo‘lmagan shaxslarga umumiy soliqlar yoki majburiy ajratmalar hisobidan to‘lanadi;

  • qo‘shimcha pensiyalar – alohida toifadagi ish beruvchilardan undiriladigan yoki ish beruvchilar va xodimlar tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Sekin-astalik bilan, oxir-oqibatda, jamg‘ariladigan pensiya pensiyaning asosiy ko‘rinishiga (turiga) aylanmog‘i lozim.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq pensiyaning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinayapti:

  • yoshga doir pensiya;

  • nogironlik pensiyasi;

  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling