Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Jismoniy shaxslardan olinadigan mahalliy soliqlar


Download 1.64 Mb.
bet242/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Jismoniy shaxslardan olinadigan mahalliy soliqlar – er uchun to‘lovlar (yer solig‘i, er uchun ijara haqi), reklama solig‘i, mahalliy yig‘imlar (birjada amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha yig‘im, mahalliy auktsion va lotereya o‘yinlarini o‘tkazish huquqi uchun litsenziya yig‘imi, savdo qilish huquqi uchun yig‘im va boshqa maqsadli yig‘imlar)dan iborat. Jon solig‘i – har bir soliq to‘lovchidan teng summalarda olinadigan soliq.
Z
Zararlar – fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs (yuridik yoki jismoniy) tomonidan ikkinchi shaxsga (yuridik yoki jismoniy) etkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli. Zararlar mahsulot, ish, xizmatlarni sotishdan, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlarni talab qilib olmasdan voz kechishdan, to‘liq amortizatsiya qilinmagan asosiy fondlarga barham berishdan va boshqalardan vujudga kelishi mumkin. Mahsulot, ish va xizmatlarning bahosi ularning to‘liq tannarxidan past bo‘lganda ham zararlar paydo bo‘ladi.
I
Ikki marta soliqqa tortish – 1) soliqlarni daromad (kapital)ning yagona manbaidan olinishi; 2) qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga o‘tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xuddi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi; 3) sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) va undan to‘lanadigan dividendlarni ular shaxsiy daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to‘langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan ozod qilish yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin. 1979 yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konventsiya ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‘ra qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisi o‘z foydasini xorijga o‘tkazayotgan paytda qo‘shimcha soliqdan ozod qilinadi.
Investitsiyalar – yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan korxonaga uzoq muddat (bir yildan kam bo‘lmagan) davomida qo‘shimcha foyda olish, ta’sir etish doirasini sotib olish maqsadlarida yoki shu sohada o‘z faoliyatini tashkil qilgandan ko‘ra uni shunday qo‘yish (sarf etish) afzalroq bo‘lganligi uchun kapitalni joylashtirish. Foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida pul mablag‘lari, maqsadli bank omonatlari, aksiyalar va boshqa qimatbaho qig‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, boshqa har xil mulklar yoki mulkiy huquqlar hamda intellektual boyliklarni tadbirkorlik va faoliyatning boshqa turlari obyektlariga qo‘yilishining barchasi investitsiyalar hisoblanadi. Investitsiyalarning moliyaviy, real, yalpi, sof, xususiy va davlat kabi turlari bo‘lishi mumkin.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling