Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Soliqlarning tartibga solish (rag‘batlantirish) funksiyasi


Download 1.64 Mb.
bet257/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Soliqlarning tartibga solish (rag‘batlantirish) funksiyasi - moliyaviy (soliq) mexanizm (i) orqali davlatning mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu funksiyaning quyidagi bir necha shakllari bo‘lishi mumkin: nazorat; rag‘batlantirish; tartibga solish; takror ishlab chiqarish. Ular soliq mexanizmining samaradorligini baholash imkonini beradi, moliyaviy resurslarning harakati ustidan nazoratni ta’minlaydi, soliq tizimi va byudjet siyosatiga o‘zgartirish kiritish zarurligini aniqlaydi. Rag‘batlantirish imtiyozlar, cheklashlar, chegirmalar, afzal ko‘rish tizimi orqali amalga oshiriladi va ular soliqqa tortish obyektining imtiyozlarni shakllantirish belgilari bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi, soliqqa tortish obyektining o‘zgarishida, soliqqa tortiladigan baza (asos)ning kamayishida, soliq stavkasining pasaytirilishida va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Takror ishlab chiqarish tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarda, yo‘l fondlari uchun olinadigan soliqlarda, mineral xom ashyo bazalarini takror ishlab chiqarishga mo‘ljallangan soliqlarda namoyon bo‘ladi.
Soliqlarning turlari – O‘zbekiston hududida olinadigan umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlardan iborat. Umumdavlat soliqlarining tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar, er osti boshliqlaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar molmulk solig‘i, yer solig‘i, reklama solig‘i, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi mahsulotlarni sotish huquqini bueruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonlashtirish ishlari uchun yig‘imlardan iboratdir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi hamda to‘lanishi ustidan so‘nggi (navbatdagi, keyingi) nazorat - davlat tomonidan soliq organlari yordamida ikki bosqichda amalga oshiriladi : a) korxonalardan bo‘xgalteriya hisobotlari va soliq hisob-kitoblari qabul qilinayotganda; b) bevosita korxonaning o‘zida boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlarini tekshirish yo‘li bilan.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling