Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari
Taklif omillari mol yetkazib beruvchi-sotuvchi tomonidan tovarning taklif bahosini o‘rnatishga yordam beradi. Bu yerda bozorga taklif qilinayotgan tovarning umumiy soni va XYuS tomonidan bozorga yetkazib berilayotgan tovarning sonini (bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa mol yetkazib beruvchilarda shu tovarning zaxiralarini va XYuSdagi zaxiralarni qo‘shgan holda) bilish juda muhim. Undan so‘ng tovarni bozorda sotishdagi ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga va shuningdek, tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish omillari va ishchi kuchining bahosiga aniqlik kiritib olish kerak. Odatda tabiiy resurslar, kapital va mehnatning baholari cheklanadi. Davlat va ijtimoiy fondlarga soliqlar, aksizlar va boshqa to‘lovlar hamda ajratmalar, bojlar ajratiladi. Foyda va uning investitsiyalarga, rezerv va sug‘urta fondlariga, dividendlar va boshqa maqsadlarga taqsimlanishi aniqlanadi.
Muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar ham mavjud. Bu yerda gap XYuS ishlab chiqarish imkoniyatlaridan maksimal foydalanilganda mahsulotlarning maksimal almashuvchanligi, ya’ni mahsulotlarning ishlab chiqarish almashuvchanligi, shuningdek, muqobil texnologiyalarning ham maksimal almashuvchanligi xususida ketayapti. Qisqasi, bu yerda ish barcha ishlab chiqarish omillarining (tabiiy resurslar, kapital, mehnatning) maksimal almashuvchanligiga borib taqaladi. Ana shular asosida muqobil chiqimlar atroflicha to‘liq aniqlanadi va bu holat baholarni shakllantirishda hisobga olinadi. Baholarni shakllantirishning XYuS tomonidan nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratiladi. Birinchi guruhga kiruvchi omillarga XYuSning yuqori rahbarlik organlari va uning funksional xizmatlari tomonidan boshqariladigan omillar kiradi. Ikkinchi guruh esa XYuSning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan omillardan tashkil topadi. Iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘inini bu omillarga moslashtirish o‘z faoliyatida nazorat 299 XYuS tomonidan sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar bahosini asoslash, hisob-kitob qilish va o‘rnatish quyida taklif etilayotgan ketma-ketlikda va faoliyat turlari bo‘yicha amalga oshirish tavsiya qilinadi: tarkib topgan bozor, konyunktura va XYuS mahsulotining bahosini tahlil qilish; baholarni o‘rnatish (belgilash) joriy amaliyotining strategiyasi va prinsiplarini ishlab chiqish; kutilayotgan bozorni o‘rganish va rejalashtirilayotgan davr uchun talabni aniqlash; raqiblarning tovarlari va baholarini tahlil qilish; ishlab chiqarish hajmi va talabni qondirishning turli darajalarida taklif bahosi, ishlab chiqarish chiqimlari va tovarlarni sotish imkoniyatlarini aniqlash; baholarni shakllantirishning qabul qilingan strategiyasi va prinsiplari amalga oshirilishining mumkin bo‘lgan variantlarida ishlab chiqarish va realizatsiya samaradorligini baholash; • baholarni o‘rnatish (belgilash) metodlarini tanlash; sotiladigan tovarning bahosini tasdiqlash. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni biznes-rejalashtirish va shu XYuS baholarini bashoratlash bilan bog‘liq bo‘lgan hisobkitoblar bilan almashtirmaslik kerak. Ba’zi bir o‘xshashliklar bo‘lishiga qaramasdan, biznes-rejani ishlab chiqish va asoslash XYuSning baho strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan barcha parametrlarni chuqur tasavvur qilishga imkon bersa-da, ularni bir xil deb qabul qilmaslik kerak. Bozorda baholarni shakllantirishning omillari orasida talab omillarini alohida ajratish maqsadga muvofiqki, ular yordamida sotib oluvchi tomonidan tovarga bo‘lgan talabning bahosi aniqlanadi. Bunga tovarning foydaliligi yoki iste’mol xususiyatlari, ya’ni ehtiyojni qondirish qobiliyati, uning sifat tavsiflari kiradi. Undan so‘ng ushbu tovarni sotib oluvchi ega bo‘lgan to‘lovga layoqatli talabning tavsifi, shuningdek, tovarni sotib olishdan bosh torta turib, sotib oluvchi yig‘ishi mumkin bo‘lgan jamg‘armaning darajasi kerak. Oxirida talabning hajmi, ya’ni bahoning shu darajasida sotib oluvchi qodir bo‘lgan tovarning miqdori aniqlanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling