Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet170/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Yoshga doir pensiya Pensiya jamg‘armasining xarajatlarida asosiy o‘rin egallaydi. Bu pensiya 25 yildan kam bo‘lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan va 60 yoshga yetgan erkaklarga, 20 yildan kam bo‘lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan va 55 yoshga yetgan ayollarga belgilanadi. Istiqbolda mamlakatimizda bosqichma-bosqich fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshlarini oshirish ko‘zlangan bo‘lib, ayollar uchun 58 yosh, erkaklar uchun 63 yosh yoshga doir pensiyaga chiqish yoshi deb belgilanishi rejalashtirilmoqda. Shaxslarning alohida toifalari (urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar, kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar, bevosita erosti va ochiq kon ishlarida ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar, uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari, mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar, bolalikdan nogiron farzandlarni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan onalar, nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari, ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari, qariyalar, nogironlar va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar va boshqalar) uchun yoshga doir (qarilik pensiyasi) imtiyozli tarzda tayinlanadi.
Pensiya yoshiga etgan, lekin to‘liq mehnat stajiga ega bo‘lmaganlarga, agar u (hozirda 7 yil, istiqbolda bosqichmabosqich oshirish rejalashtirilgan, avval 10 yil, keyin 12 yil, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab berilgan mehyorga muvofiq ravishda kamida 15 yilni tashkil qilishi rejalashtirilgan) yildan kam bo‘lmasa, to‘liqsiz staj bo‘yicha yoshga doir pensiya belgilanadi.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Yoshga doir pensiyalar ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’iy nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) hisoblangan bir oylik o‘rtacha ish
537
to‘lanadi. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan bo‘shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling