Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Kam ta’minlangan va bolali oilalar uchun nafaqalar


Download 1.64 Mb.
bet171/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Kam ta’minlangan va bolali oilalar uchun nafaqalar. Ushbu nafaqalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013-yil 15-fevral kuni “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 44-son Qaroriga muvofiq tayinlanadi. Ushbu Nizom fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak. gar tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bir baravar miqdorda to‘lanadi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi – posyolka, qishloq va ovul, shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) yoki bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar yig‘ini tomonidan vakolat berilgan Komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududida istiqomat qiluvchi obro‘e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Komissiyaga fuqarolar yig‘inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig‘ini raisi esa – uning butun vakolati davriga saylanadi. Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat bo‘lishi kerak. Komissiya a’zosi vakolatlarining amal qilishi davrida a’zolikdan chiqqan taqdirda, fuqarolar yig‘ini Komissiya a’zolarini qaytadan saylaydi. Komissiya qarori, uning yig‘ilishida tasdiqlangan tarkibning kamida uchdan ikki qismi
560
• jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida qatnashadigan fuqarolar tomonidan shaxsiy pensiya hisob raqamlariga badallar miqdori va to‘lash muddatlari mustaqil ravishda belgilanishi ham mumkin va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. Ish beruvchilarning, shuningdek‚ mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, majburiydir. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklarining a’zolari, shuningdek‚ boshqa fuqarolar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga fuqarolarni hisobga qo‘yish, shuningdek shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishga haqli.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Xalq banki jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yuritadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga doir hamda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga taalluqli ma’lumotlar Xalq bankining yagona ma’lumotlar elektron bazasida shakllantiriladi va saqlanadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochadi. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tartib raqami berish fuqarolarning pasportidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud pasportidagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i tartib raqami o‘zgarishsiz qoladi va yangi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i ochish talab etilmaydi. Fuqaroning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqini tasdiqlovchi jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi fuqaroga shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi.
Jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda to‘lab boradi.
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari Xalq bankida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag‘larni jamlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag‘larni shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

  • jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari;

  • jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari;

  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari mablag‘lariga hisoblab chiqarilgan foizlar;

  • qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa mablag‘lar.

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari to‘lash uchun foydalaniladi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlarni olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davrida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda, nafaqa ko‘rsatilgan davr tugagandan keyin ayol chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsiyenti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
Ish haqi to‘lash to‘xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to‘lanmaydi. Agar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til ishga qo‘yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa tayinlanganda ham, ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling