Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet186/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

23.6. Davlat qarzlarini boshqarish


O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va byudjet mablag‘lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rnatadi. 2019-yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur.
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq: • tashqi qarzlarni olish davlat dasturi;

  • ichki qarzlarni olish davlat dasturi.

Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko‘rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo‘lgan qarzlar ro‘yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak.
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo‘lib, aks ettiriladi:

  • bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar);

  • maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar).

Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida quyidagilar o‘z ifodasini topishi kerak:

  • bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar: (qarzlar) bo‘yicha:

  1. jalb qilish manbalari;

  2. qarzga olish summalari;

d) qaytarish muddatlari.
Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafilliklari qanday organ tomonidan sodir etiladi?

  • Davlatning ichki kreditlari qanday ko‘rinishlarga ega?

  • Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima, ular bir-birlaridan

nimalari bilan farqlanadi?

  • Byudjetdan qarz mablag‘larini oluvchilar sifatida kimlar

maydonga chiqishi mumkin?

  • Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana nimalar taqdim qilinishi lozim?

  • O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning

oliy organi kim va u nimalarning umumiy miqdorini belgilaydi?

  • U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini kim o‘rnatadi va hozirgi kunda u qancha qilib belgilangan?

  • Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun qanday dasturlarni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq?

  • Tashqi qarzlarni olish davlat dasturida qarzlar qanday guruhlarga bo‘lib, aks ettiriladi?

  • Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturlarda alohidaalohida nimalar o‘z ifodasini topishi kerak?

  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarining yagona emitenti kim hisoblanadi?

  • Davlat ichki qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha bosh vakil funksiyasini kim bajaradi?

  • Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish

choralarini shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin?
587
Davlatning qanday qarziy instrumentlari kuponlarga ega emas?

  • Daromadlarni aniqlash metodiga ko‘ra davlat krediti qarz majburiyatlarining qanday turlaridan iborat?

  • Qarz chiqarilgan paytda belgilangan qarzni qaytarish muddatlariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha qarzdorning majburiyatlariga muvofiq davlat krediti qarziy majburiyatlarning qanday ko‘rinishlaridan tarkib topadi?

  • Qarzlarni qaytarishning qanday usullari bo‘lishi mumkin?

  • Keng va tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deb nimalarga aytiladi? Ular nimalari bilan farq qiladi?

  • Davlat kreditini boshqarish jarayonida qanday vazifalarni yechish ko‘zda tutiladi?

  • Davlat kreditini boshqarish qanday organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin?

  • Uni tezkor boshqarish kimning rahbarligi va hamkorligida ta’minlanadi?

  • Davlat tomonidan qanday faoliyat amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi?

  • Davlat qarzi deb nimaga aytiladi?

  • Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari qanday qarzlarga bo‘linadi?

  • Davlatning ichki va tashqi qarzlari deb nimalarga aytiladi va ular nimalari bilan farqlanadi?

  • Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag‘larni (qarzlarni) jalb qilish qanday maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin?

  • Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag‘larini jalb qilishda qarziy majburiyatlarning qanday turlaridan foydalanish mumkin va ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga nimalar kiradi?

  • Amaliyotda qarz mablag‘larini jalb qilish, asosan, qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi?

  • Davlatning qimmatli qog‘ozlar bozori qanday vazifalarni bajarishga imkon beradi?

  • Garant (kafillik) deyilganda nima tushuniladi?

  • Nimalar bo‘yicha qarzlari bo‘lgan subyektlarga kafolatlar (kafillik) berilmaydi?

  • Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari beriladimi?

586
maqsadli xorijiy qarzga olishlar: (qarzlar) bo‘yicha:

  1. yakuniy oluvchi;

  2. qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo‘nalishi;

  1. qarzga olish manbasi;

  2. qazga olish summasi;

  3. qarzni qaytarish muddatlari;

j) mablag‘larni byudjetga qaytarish bo‘yicha uchinchi shaxsning
kafolati;
yo) navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar
foydalanilgan mablag‘lar hajmining baholanishi;
g) navbatdagi moliyaviy yilda mablag‘larning foydalanish
hajmi prognozi (bashorati).
O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarining yagona emitenti bo‘lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi.
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalarning mablag‘larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan moliyalashtirilayotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar olish yo‘li bilan qarz mablag‘larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning byudjetdan tashqari jamg‘arlariga ham tegishlidir.
Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha bosh vakil funksiyasini mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining topshirig‘iga ko‘ra va respublika byudjetining mablag‘lari hisobidan obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to‘lovlarni amalga oshiradi.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
“olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish (ko‘tarish), qimmatli qog‘ozlar va valyuta bozorlarida Markaziy bankning intervensiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan hisoblanadi;

  • xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog‘ozlar bozoriga ta’sir ko‘rsatish uchun qarz olishning o‘zi emas, balki kreditlarning olinishi to‘g‘risida ishonch bo‘lishining o‘zi yetarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;

  • davlat qimmatli qog‘ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga samarali va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishga uzoq muddatli monitar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodiyotning o‘sishiga erishish va h.k.lar) qo‘llanilsagina, erishish mumkin.

Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir konsepsiyaga ega bo‘lish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu konsepsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati va valyuta siyosati o‘rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat moliya tizimidagi o‘rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog‘liqligini aniqlash juda muhimdir. Davlat qarzlarini boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqishda eski majburiyatlarni ularning yangilarini jalb etish hisobidan qaytarilishi yyetarli darajada xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga olinmog‘i kerak. Shuningdek, davlat qarzlarini tartibga solishning yagona konsepsiyasi ishlab chiqilayotgan paytda bu qarzlar hajmining asoslanmagan tarzda oshirilib yuborilishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lida ta’sirchan to‘siq bo‘lishi mumkinligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling