Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari
Download 59.27 Kb.
|
2-ma;ruza matni
Abdulla Avloniy odamlarni xulq xatti-harakat nuqtai nazaridan ikki guruhga bo’ladi: biri yaxshi xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir.
U bunday deydi: Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishlar: agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsiya bo’lib, “yaxshi xulq” agar tarbiyasiz o’sib, yomon ishlaydurgan bo’lib kesa, yomonligiga tavsiya bo’lib, “yomon xulq atalur”. Abdulla Avloniyning insonning fayonat, nazofat, sa’i va g‘ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, ilm, sabr xilm, intizom, miqyosi nafs, fijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zano hizilizon, iqtisod, viqor, xavf va rato, itoat, haqshunoslik, hayrihohlik, munislik, sadoqat, adolat, muhabbat, oliyhimmat, avf kabi ijobiy xususiyatlarning hammasini “yaxshi xulqlar” sarlavhasi ostida beradi. G‘azab, shahvat, jaholat, razolat, saxovat, hamoqat, adolat, xasosat, raxvat, anoniyat, adovat, namimat, g‘iybat, haqorat, tibonat, hasad, nizb, nifoq, ta’ma-zulm bularning hammasini muallif “yomon xulqlar” sarlavhasi ostida beradi. Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasiga alohida e’tibor beradi va tarbiyaning rolini to’g‘ri aniqlaydi. “Agar bir kishi yoshligidan nafsi buzilib, tarbiyasiz bo’lib o’sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib yulduzlarga qo’l uzutaman abidur”, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi kishilar katta ahamiyatga ega. Haqiqiy insoniy axloqni o’zida barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir ko’rsatadi va ularning mehr-shafqqatli, sofdil va maqbul bo’lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari barcha pedagog va ruhshunoslar uchun qo’llanma sifatida foydalanuvchi asar bo’lib qoldi. Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm” - axloq haqida fikr yuritiladi. Axloq bu xulqlar majmuidir. Xulq esa yezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo’lish shakli. Binobarin, har bir xulq yezgulik va oliyjanoblikning yoki razillik va badbinlikning timsoli. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo’linadilar. Lekin bular har bir insonda o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, shakllanmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak deb ta’kidlaydi. XX asr o’zbek milliy tafakkuri taraqqiyotida alohida mavqyeiga ega bo’lgan mutafakkir, ma’rifatchi olim va jurnalist Abdurauf Abdurahm o’g‘li Fitrat 1886 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Download 59.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling