Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari


Download 59.27 Kb.
bet6/11
Sana16.04.2023
Hajmi59.27 Kb.
#1359130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma;ruza matni

Abdurauf Fitratning fikricha, farzandini to’laqonli kamol toptirib, o’stirish uchun unga jismoniy, aqliy va ma’naviy tarbiyadan iborat ko’p tartibli tarbiya berish muhimdir. Fitrat bolaning ruhiyati, ota-ona va farzand ruhiyatlarining nisbatan va o’zaro bog‘lanish masalasiga katta e’tibor berar ekan, u bizning hozirgi tushunchamizdan iste’dodli ruhshunos-pedagog sifatida ham ko’rinadi. “odamning fe’l va harakatini bir yaxshi shakl va mazmunga keltirish uchun ruhni tarbiyalash lozim”, - deb yozadi u. “Bolalarni o’ziga ishongan, kuchli, topqir, chaqqon va aqlli qilib tarbiyalash uchun o’z qadr qimmati, sha’nini hurmat qilish rayin tarbiya qilmolikni, sizning bilan birga yon atrofdagi odamlar bilan hisoblashishni o’rgatmoq kerak… Bolalarni shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo’lgan intilishlari hech qachon xazon bo’lmasin… Ota-ona bolaga mamnunlik va xursandchilik qilishni man yetmasliklari, balki axloqqa zid bo’lmagan ishlar bilan mamnun va xursand bo’lishini qo’llab-quvvatlashi kerak”,18 - deydi.
Abdurauf Fitrat axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi hamda axloqiy tarbiyaga quyidagicha ta’rif beradi.
Axloqiy tarbiya – odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe’li va amali o’ziga ham, boshqalarga ham foydasi va manfaat keltiradigan bo’lsin.
G‘arb allomalarining bola tarbiyasiga doit qarashlari.
Buyuk slovyan pedagogi Ya.A.Komenskiy tug‘ilganidan boshlab bola egallagan qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya jarayonida rivojlanishini tushuntirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o’rni benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday bolani yuksak axloqli, ma’lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog‘idan jismonan sog‘lom, ma’naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi
Uning fikricha, ta’limni bolalarni narsa va mavjudotlar bilan tanishtirishdan, ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o’rganishga o’tish zarur. Komenskiy barcha bolalarni bilimlarni idrok qilishga qodir deb hisoblab, «barchani hamma narsaga o’rgatish» zarurligini, ta’limning umumiy bo’lishini talab qiladi. Bu ta’lim barchaga, jumladan o’g‘il bolalar va qizlarga ham taaluqli bo’lishi lozim deb biladi.
Komenskiy inson rivojlanishini to’rt bosqichga: go’daklik, bolalik, o’smirlik, yetuklik davrlarga bo’ladi. Komenskiy tug‘ilganidan boshlab 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun alohida onalar maktabini ochishni, ular rahbarligida ta’lim va tarbiya berishni tavsiya etadi. Komenskiyning uqtirishicha, onalar maktabida aqliy tarbiya ruhiy ta’sir vositasi orqali bolalarda tashqi muhit haqida bilim hosil qilishi, ularni izchillikda bilim olishga tayyorlashi, ularning tafakkurini rivojlantirishi kerak. Bola olti yoshida tabiatshunoslik bo’yicha olov, havo, suv, yer, yomg‘ir, qor, muz, qo’rg‘oshin, temir va hokazolar; astronomiya bo’yicha osmon, quyosh, oy va yulduzlar; geografiya bo’yicha tug‘ilib, o’sayotgan joyi (qishloq, shahar) haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari, bola vaqt birliklari va yil fasllarini (soat, kun, oy, yil, bahor, yoz, kuz, qish) bilib olishi kerak.
Buyuk slovyan pedagogi o’z faoliyati davomida ona tilida umumiy ta’lim berish g‘oyasini ilgari suradi va uning mohiyatini asoslab beradi. Komenskiy o’sha davr uchun ilg‘or ta’lim va tarbiya tajribalarini umumlashtirib, oxirgi ilmiy yutuq va ma’lumotlarga tayanib, birinchi marta xalq maorifining yagona sistemasini ilmiy ravishda ishlab chiqadi. Bu sistema demokratizm ruhi bilan sug‘orilgan bo’lib, ommaning bilimga intilishini aks ettiradi.

Download 59.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling