Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari


Download 59.27 Kb.
bet8/11
Sana16.04.2023
Hajmi59.27 Kb.
#1359130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma;ruza matni

Iogann Fridrix Gerbart o‘z izlanishlarida tarbiya maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat berdi. Uning fikricha, tarbiya vositalari shu maqsadga qarab belgilanishi lozim.
Gerbart tarbiya jarayonini boshqarish, o’qitish va axloqiy tarbiya berish, deb 3 qismga ajratadi.
Boshqarish o’z oldiga bolaning kelajagini emas, balki hozirgi vaqtning o’zida, ya’ni tarbiya jarayonining o’zida tartib saqlab turishini vazifa qilib qo’yadi.
Gerbart tarbiya ishida aqliy ta’limga juda katta ahamiyat beradi. Tarbiyada intellektdan tashqari his va iroda ham juda katta rolь o’ynaydi. His va iroda inson psixikasining mustaqil ko’rinishlaridir.
Gerbart ta’lim bosqichlari nazariyasi ishlab chiqdi. Ta’limning 4 bosqichi mana shundan kelib chiqqan. Bu bosqichlar: 1.Ravshanlik-(u osoyishtalik holatidagi chuqurlashishdir). 2. Assotsiatsiya-(bu harakat holatidagi chuqurlashishdir). 3. Sistema-(osoyishta holatdagi anglashdir). 4.Metod-(harakat holatidagi anglashdir).
Robert Ouen, odam o’z atorfidagi muhitning mahsulidir, degan fikriga asoslanib, ishchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilashga qaror qildi. Ouen ochgan ta’lim-tarbiya muassasalarining xususiyati shu bo’ldiki, unda an’anaviy diniy ta’lim yo’q edi.
Ouen xalqqa ma’rifat berishga intilib umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy qilishni, ruhoniylarni va diniy tashkilotlarni, maktabga ta’sir o’tkazishdan chetlashtirishni va xalq maorifi tizimini davlat qo’liga topshirishni talab etdi.
Ouen sotsialist-utopist edi. Uning fikrlari dohiyona farazlar xarakteridagi fikrlar edi. U bolalarga 1 yoshdan boshlab ijtimoiy tarbiya berish g‘oyasini birinchi bo’lib asoslab va amalga oshirgan, jahonda birinchi bo’lib, proletariat bolalari uchun maktabgacha tarbiya muassasasi barpo etdi.
K.D.Ushinskiy ta’limotida tarbiyaning xalqchilligi haqidagi g‘oya eng asosiy g‘oyadir. Har bir mamlakatda bolalarning tarbiyalash tizimi xalqning rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va talablari bilan belgilangan. Hamma uchun umumiy bo’lgan birgina tug‘ma moyillik borki, tarbiya hamisha shunga tayanishi mumkin: bu biz xalqchillik, deb atagan narsadir. Xalqning o’zi tomonidan yaratilgan va xalqchillik asosida qurilgan tarbiya shunday kuchga egaki, bunday kuch abstrakt g‘oyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan eng yaxshi tizimlarda h­am yo’qdir. Ushinskiyning pedagogika tizimida ona tilining tarbiyaviy yutug‘i va ta’limiy ahamiyati ham tarbiyaning asosi bo’lgan xalqchillik bilan chambarchas bog‘liqligidadir.
Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik.
Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan.
Ushinskiy o'quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o'zlashtirishga katta e`tibor berdi. O'quv materiallarini takrorlashga doir metodikani ishlab chiqdi.
Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g‘risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g‘risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi.

Download 59.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling