Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamatsoliyeva Risolat 3vBOM kurs KURS ISHI
2.1-6-rasm
Murakkab barglarda dastlab plastinkasi so‗ngra bandi bo‗ladi. Odiiy barglar barg plastinkasining shakliga qarab: dumaloq, ovalsimon, tuximsimon, uzunchoq, nashtarsimon, nayzasimon kabi barglarga ajratiladi. Barg qirrasining tuzilishiga ko‗ra: tekis qirrali, tishsimon, arrasimon bo‗ladi. Murakkab barglarda uzining kichkina barglari bilan barg asosiy bandga birikib turadi. Ular quyidagi turlarga bo‗linadi: 1. Uchbarglilar (dukkakdoshlar) 2. Panjasimon (akatsiya, no‘xot) 3. Тok patsimon (yongokda) 4. Juft patsimon (yasmik, no‘xotak) 2.1-7-rasm Bargni tomirlanishi. Bargdagi o‗tkazuvchi bog`lamlarni tarmoqlanib joylanishdan hosil bo‗ladi. Ular quyidagi turlarga bo‗linadi. 1. Parallel tomirlanish. (bir pallali o‘simliklarda) 2. Yoysimon tomirlanish. (zupturumda) 3. Тo‘rsimon tomirlanish (Ikki pallalilarda) 4. Patsimon tomirlanish (tol, olma, otkulokda) 5. Oddiy tomirlanish (mox, plaun, ochiq urug‘`liklarda) Oddiy tomirlanishda bargning asosidan barg uchigacha bitta barg tomiri hosil bo‗ladi. Bunday tomirlanish yuksak sporali o‗simliklar, mox, plaun, ochiq urug‗`lilar (igna barglilar) va yopiq urug‗`liklardan elodiya o‗simligida uchraydi. Bargning hayot kechirish davri. Bargning hayot kechirish davri turlichadir. Ayrim o‗simliklarda barg atigi bir necha oy hayot kechirib keyin tushib ketadi. Bargning shakl o‗zgarishi - metamarfozi. Evolyutsiya jaryonida ko‗pchilik yuksak o‗simliklar vegetativ organlarida bo‗lgani singari barg ham o‗z tashqi ko‗rinishini o‗zgartirib boshqa fiziologik funksiyani bajaradigan bo‗lgan. Barg metomorfoziga tikanaklar, muylovlar, zapal oziq modda to‗plovchi barglar, tangacha barglar va hashoratxo`r o‗simlik barglari misol bo‗ladi. Ko‗pchilik xashoratxur o‗simliklarda barg bandi barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga fillodiya deyiladi. Kaktus, astragal, sushkunmas o‗simliklarida barg plastinkasi tikanaklarga aylanadi. Mosh, no‗xot, kovok, yovvoyi no‗xot o‗simliklarida barg plastinkasi o‗ziga xos mo‗ylovlar hosil qiladi. Oq akatsiyada kovil, harag`ayda yon barglar tikanlar hosil qiladi. Hashoratxo`r o‗simliklarda bezli to‗qimalar bo‗lib, ulardan ishlab chiqarilgan sekretlar xashoratlarni jalb qilish va parchalash xususiyatiga ega. Хashoratxur o‗simliklarni 450 dan ortiq turi mavjud bo‗lib, ular rossiyankalilar, puzirchatkalilar, nepentesoviklar oilasiga mansubdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling