Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamatsoliyeva Risolat 3vBOM kurs KURS ISHI
2.2-11-rasm Suv va nam sharoitda yashaydigan o‗simliklarni Gidrofit deyiladi. O‗simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba‘zi o‗simliklarning bargi ko‗p yillik bo‗lsa ham, (archa, qarag‗ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo‗ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat. Bu o‗simliklarda qoziqsimon to‗qima yaxshi taraqqiy etgan. Mezofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‗qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‗ladi. Ba‘zan 2 qavat ham bo‗lishi mumkin. Gidrofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda qoziqsimon to‗qima bo‗lmaydi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‗ladi. Mezofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‗ladi. Gidrofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‗ladi. Oddiy BARG bandida bitta, murakkab BARG bandida bir necha yaproq bor. Oddiy BARG yaprogʻining shakliga koʻra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, toʻgʻri chiziqpi, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqa; qirrasining tuzilishiga koʻra tekis qirrali, tishli, kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida ogʻizchalar soni 40 dan 500 gacha, ba‘zan undan ham koʻproq boʻladi. Ogʻizchalar ayniqsa sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar bargi kutikula, yogʻsimon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, koʻpincha etli; barg orqali suvning koʻp bugʻlanishiga imkon bermaydi. Epidermis ostida BARG eti (mezofill) joylashgan. BARG eti koʻpchilik oʻsimliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1 — 2 qator hujayralardan iborat ustunsimon toʻqima va uning ostidagi gʻovak toʻqimadan tashkil topgan. BARG eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon toʻqima) BARGga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir boʻladi. BARG etidan tomirlar oʻtadi. Ular har xil shaklda boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Ikki pallali oʻsimliklar BARG toʻrsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Tomirlar lub va yogʻochlik tolalaridan hamda oʻtkazuvchi va toʻrsimon naylardan iborat. Tomirlar yaproquchun tayanch sinch vazifasini oʻtaydi. Oʻtkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar iddizdan barg mezofili hujayralariga toʻxtovsiz kelib turadi. BARG hujayralarida sintezlangan mahsulotlar tomirlardagi toʻrsimon naychalar orqali oʻsimlikning boshqa qismlari, ya‘ni poya, ildiz, gul, mevalarga yetkazib beriladi. BARG yuzasining keng boʻlishi uning karbonat angidridni faol qabul qilishi, koʻp miqdorda suv bugʻlatishi va kislorod ishlab chiqarishiga sabab boʻladi. I ga maydondagi yashil oʻsimliklar bir kecha-kunduzda 150 – 500 kg karbonat angidridni oʻzlashtirib, 60 – 400 kg kislorod ajratadi va 100 t gacha suv bugʻlatadi. Bu jarayonda BARG 75 – 250 kg gacha organik modda hosil qiladi. BARGning yashash muddati ham turlicha boʻlib, ayrim oʻsimliklar BARG Bir necha hafta, boshqalari bir necha yilgacha (mas, lavr bargi 3 —4 yil, Yevropa archasi bargi 8— 10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil) yashaydi. BARG hayoti fotosintez va metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan bogʻliq. Bu jarayonlar sekin kechadigan ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq yashaydi. BARG cheklangan oʻsish xususiyatiga ega boʻlishi bilan boshqa oʻsimlik organlaridan farq qiladi. Yaproqning oʻsishi cheklanganligi, biroq BARG bandning oʻsishi toʻxtovsiz davom etaverishi tufayli BARG yaprogʻi yorugʻlikka oʻgirilish xususiyatiga ega boʻladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling