Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
dizayn”, “antifunktsionalizm”).
Funktsionalizmning asosiy printsiplari shakllarni funktsionalligi, ma`qulligi va universalligi bo`lgan. Nemis funktsionalizmning mumtozi D.Rams uning asosiy xossalarini aniqlagan: murakkablikni o`rniga oddiylik, noodatiyni o`rniga odatiy, modalini o`rniga uzoq yashaydigan, emotsionalni o`rniga funktsional, turli taassurot qoldiradiganni o`rniga oqilona bo`lishi lozim deb hisoblagan. Italian dizayni nazariyasida dizaynda modernizmni farqlaydigan funktsional loyihalash yo`li loyiha ongini “kuchli” yo`li deb hisoblandi. “Kuchli loyihalash”ni printsipial xususiyatlari qat`iy funktsionalizm, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni maqtash, mexanitsizm, ratsionalizm, avtoritar loyiha–mafquraviy ta`limotga intilish, ijtimoiy muhandislikni printsipi, dizayn mahsulotlar iste`molchilarni abstrakt- tipologik modellash bo`ladi. Bu xossalar davr me`morchilarni (Le Korbyuz`e, Ginzburg aka ukalar), dizaynerlarni (rus konstruktivistlar) va model`erlarni (K.SHanel`) ijodiy kontseptsiyalarini ifodalaydi. XX asrni oxirida madaniyatni yangi kontseptsiyasi postmodernizmni barpo etishi ro`y berdi. Bu davrda qat`iy xulq qoidalarni o`rniga 65 plyuralizm va erkin tanlash keldi. “Industrial jamoat” mafqurasini o`rniga “postindustrial jamoat” kontseptsiyasi keldi, u rivojlanish va tarqqiyot g`oyasiga qarama-qarshi “taqqoslash va to`plash” shiorini taklif qildi. YAngi jamiyatda “postindustrial tsivilizatsiya”ni mafqurachilarni fikrlari bo`yicha asosiy omil sifatida kapital va mexnatni o`rniga ma`lumot va bilim, ijtimoiy tarkib sifatida esa sinflar emas, teng huquqli “ma`lumot uyushmalari” bo`lishi lozim. “Komp`yuter inqilob”i “global informatsion tsivilizatsiya”ga olib kelishi ixtimoli bor. Uning muhim xossalari - ijtimoiy va madaniy tizimlarni xilma xilligi, ongni ko`p qirraligi bo`ladi, boyliklarni qat`iy reglamentlangan tizimi erkinroq va individual tanlanadigan tizimga aylanadi. “Ochik tizim”lar g`oyasi zamonaviy fan va madaniyatni asosiy g`oyasi bo`ldi. Bu o`zgarishlar falsafada, me`morchilik nazariyasida yangi kontseptsiyalarni paydo bo`lishiga sabab bo`ldi, ular “postmodernizm” deb ataldi. Postmodernizm kontseptsiyasida yangi davrda evropa ratsionalligini inqirozi o`z aksini topdi. “YAngi fikrlash” ongda “ideal but”lardan voz kechishni targ`ib qiladi. Boshqacha etganda, postmodernizm insonning barcha faoliyat turlarida radikal plyuralizmni, ya`ni birlikdan voz kechib, ko`plikni da`vo etishni talab qiladi: falsafada – yangi davrning metafizika ongini radikal o`zgartirishini; siyosatda – markazlashtirilmagan siyosatni; estetikada – yuqori va ommaviy madaniyatlarni bog`liqligini va ana`nalarga qaytishni nazarda tutadi. Postmodernizm ongli eklektikalikka, mozaikkalikka o`tishni, ana`nani parodiyaga oid qaytadan ko`rib chiqishni, klassika va avangardni, past va balandni, elitar va ommaviyni aralashishni nazarda tutadi. Postmodernizmga oid rag`batlari XX asrni oxirida me`morchilik postmodernizmida, tasviriy san`atni “yangi to`lqin”ida (transavangard, “yangi yovoyilar”, “madaniy rangtasvir” “erkin figurativlik”, “yangi to`lqin”ning grafikasi), “yangi dizayn”da o`z ifodasini topdi. YAngi yo`nalishning eng printsipial xossalaridan biri eklektizmdir. “Radikal eklektiklik” har xil uslubiy chegaralanishdan erkin “ochiq shakl” eklektikasini nazarda tutadi. Eklektizm nafaqat uslubiy yo`nalishlar orasida qarama-qarshilik yo`qligini va ularning teng huquqlikni birga mavjudligi, balki zamonaviy me`mor, rassom va dizaynerlarning ijodini asosiy usuli sifatida ham tushuniladi. Dizaynda “yangi tafakkur” insonparvar-ekologik yo`naltirilgan fikrlashning timsoli, dizayner kasbining yo`nalish stimuli, dizaynda “muhit yo`l”ini barpo etilishidir. “YAngi dizayn”, birinchidan, dizayner va iste`molchini o`z ijodiy fikrini erkin ifodalash uchun postulatiga, ikkinchidan, “loyiha realizm”i postulatiga va, uchinchidan, pritsipial kontseptual, tipologik va janr plyuralizm postulatiga asoslanadi. Italian nazariyachisi A.Manchini loyihalash yangi paradigmasini paydo bo`lishiga olib kelgan quyidagi asosiy sabablarni keltirgan: - dizaynning ierarxik monotsentriklik modelini inqirozi – postmodern davrida bir markaz mavjud emas. Komp`yuter inqilobi korxonani tik ierarx tarkibini o`zaro ijodiy aloqalashgan professional-ijrochilarni yotiq tarmog`iga almashishga olib keladi; - taraqqiyot va utilitarizm g`oyasining inqirozi. Foydalik kriteriy o`yin va gendonistik lahzalariga tan berdi; - mexanitsizm inqirozi – texnikani minitatyuralizatsiyalangani funktsiyaning tashqi moddiy ko`rsatkichini yo`qolishi. Robotlangan korxonalarni moslashuvchanligi, katta seriyali korxonalarni minitatyuralizatsiyalangani va hunarmandchilik korxonalarni ahamiyati qayta tiklanishi dizaynda shakllanishga texnologik va korxona cheklanishlarni bartaraf qildi; 66 - standart va tartibni inqirozi. “YAngi dizayn” asosiy printsip funktsionalizmdan (shakl funktsiyasiga rioya qiladi) va “yaxshi shakl” tushunchadan voz kechdi. “YAxshi shakl”ning (“sof shakl”) muayyan kriteriylari noma`lum tushuncha “ochiq shakl” bilan o`zgartiriladi. Endi “yaxshi shakl” estetikasi “ayrim sinflarni estetik kodlashni eskirgan tizimi” deb tan olinadi. “YAxshi shakl” “yaxshi did” kabi muayyan ijtimoiy holatning estetik ramzi sifatida qabul qilinadi. Zamoonaviy insonni estetik extiyojlariga “yangi shakl” javob bermaydigan bo`ldi; shaklni afzalligi endi uning tartibga solishni va jipslanganligida emas, balki shaxsni emotsional boyitadigan siymoligidadir. “YAngi dizayn” “yaxshi shakl”dan ayni umumiy namuna sifatida voz kechadi, ammo bu “yaxshi” yoki “sof shakl” zamonaviy dizaynda ijodiy kontseptsiyani asosi bo`la olmadi. 1990 yy. dizynda minimalizmning zafari buni isbotladi. Ammo minimalizm dizaynda yagona bo`lgan yo`nalish sifatida talqin qilinmagandi, balki kiyim dizaynida unga qarama-qarshi dekonstruktivizm va tarixiylik bilan do`stona birga mavjud bo`lgan. “YAngi dizayn” italian naqlini asoschisi E.Stossas (italian dizaynida yangi tamoyillari 1950-1960 yy. paydo bo`lgandi) “bo`sh loyihalash” kontseptsiyasini taklif etgan. Uning farqlovchi xususiyatlari madaniyat fenomenlarni va ijodiy jarayonlarni insonparvar o`rganish, jonli intellektni va inson bilimni sun`iy va egasizlikdan ustunligi, plyuralizm va radikal eklektizmi bo`ldi. Estetik plyuralizm kiyim dizaynida ta`riflaydigan rag`bat bo`ldi va zamonaviy modani o`zgarishiga olib keldi: 1970 yildan boshlab barcha uchun modali standartlarni va namunalarni buyurib turgan “yagona moda mavjud emas, balki ko`plar uchun har xil dizayn” shiori qanchalik muhim bo`lsa, shunchalik zamonaviy moda bitta moda yo`nalishini taklif etmasdan, balki har xil iste`molchilar uchun ko`p modalarni va uslubiy yo`nalishlarni tavsiya etadi. 1970 yildan beri estetik plyuralizm ustunligi har xil ijtimoiy guruhlarida turli estetik ehtiyojlari mavjudligiga olib keldi. Kiyim dizayni iste`molchilarni kichik guruhlarning ehtiyojlarini nazarda tutib, loyihalash maqsadlarini differentsiatsiyalanmoqda. Plyuralistik ko`pincha individuallik sifatida tushiniladi. Bu kiyimga munosabatni o`zgartiradi, endi kiyim ijtimoiy identifikatsiya vositasigina emas, balki shaxsning ijodiy ifodasidir. Zamonaviy dizayn har bir insonning individualligini mujassam etish huquqini tan oladi va, demak, har bir insonning shaxsiy turmush uslubi va uning o`z estetik ehtiyojining huquqi bo`lishini tan oldi. Mashhur italian dizayneri Dj.Armani “kostyumning qulligi” bilan kurashmoqda. Uning fikri bo`yicha “shaxs o`zi o`z uslubini tanlab oladi, garchi eklektika elementlari bo`lsa ham, ammo u alohida, sub`ektiv bo`ladi. Allaqanday qoyidalarni va amrlarni zo`rlab o`tqazish mumkin emas”. Buyuk frantsuz kutyur`esi Iv Sen Loran etgan: “Moda – bu uniforma emas. Unga albatta birorta o`zinikini, individualligini kiritish lozim. Moda shaxsga ustunlik qilmasligi lozim, aksincha, uning xossalarini bo`rttirib ko`rsatishi lozim”. Ijodiy kontseptsiyalarning tahlili nuqtai nazaridan kostyum modellash tarixini o`rganish kiyim dizaynini rivojlanish mantiqasini aniqlashga, turmush tarzini o`zgarishi sababli professional faoliyatning maqsadlari va vazifalarini o`zgarishiga imkoniyat to`g`diradi. Barcha tarixga kirgan inqilobchi va o`zgartiruvchi mashhur model`erlar (P.Puare, K.SHanel`, E.Skap`yarelli, K.Dior, K.Balensiaga, M.Kvant, A.Kurrej, Iv Sen-Loran, I.Miyake va b.) jamiyat va turmush tarzdagi o`zgarishlarni, insonni yangi siymolarini paydo bo`lishini ifodalashgan, yangi ijodiy kontseptsiyalarni taklif etishgan. Zamonaviy dizaynda ko`pgina ijodiy kontseptsiyalar mavjud – mualliflik kontseptsiyalaridan bir qator yo`nalishlargacha (masalan, minimalizm, dekonstruktivizm). Ba`zi dizynerlar modani tez o`zgarish tarafdorlari, boshqalari esa klassik uslubini yaratishga intiladi; bittalari yaxlit estetik namunalarni yaratadi, boshqalari esa kiyimni transformatsiya etish imkoniyatini qo`llashadi; bittalari o`z asarlarida istehzo va hazil kiritsa, boshqalari esa kuchli his va istirob to`g`dirishga intilib, tomashabinni xijolatda qoldiradi. 67 Umuman kostyum dizaynerlar ijodini kontseptualizatsiyalashga rag`batini kuchayishini qayd qilishimiz mumkin (masalan, R.Kavakubo, X. CHaloyan, X.Storey va boshqalarning ijodi). Nazorat savollari. 1. Dizayn kontseptsiyasining yullari qanday? 2. Dizaynda XX asr global kontseptsiyalari. 3. Postmodernizm kontseptsiyasi nimani nazarda tutadi? 4. Postindustrial tsivilizatsiya kontseptsiyasi nimani nazarda tutadi? 5. “YAngi dizayn” tushunchasi nimani ifodalaydi? 6. “YAxshi shakl” qanday bo`lishi lozim? 7. “Ochiq shakl” qanday bo`lishi lozim? 8. Zamonaviy dizaynda ijodiy kontseptsiyalar. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling