Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Dizaynda badiiy ijod bosqichlari. Ijodiy intuisiya va tahlil, ya’ni o’z ijodini mantiqiy
anglash, badiiy ijodning bosqichlaridir. Faqat intuisiya va tahlilni o’yg’un birligi yaxshi komponovka qilingan va yakunlangan asarni yaratishga imkon beradi. Siymoli fikrlash, intuisiya, baholash faoliyat va emosional kayfiyatsiz ijodiy jarayon mavjud bo’lmaydi. Ijodiy faoliyat bilan rivojlanadigan va ortiriladigan estetik negizlar va psixoligik mexanizmlar barcha ijod elementlarida bor. Borliq va san’atni estetik tasavvur etilishi avtomatik ravishdagi odatiy tasavvurni bartaraf qilishni nazarda tutadi. Estetik qayg’u paydo bo’lishi uchun avval buyumga e’tibor berilmagan tomonlarni ko’rish kerak, uni yangi nuqtai nazardan ko’zdan kyechish lozim. Intuisiya – bu faraz, ziyraklik, sezarlik. O’zaro qandaydir umumligi bor uch atama mavjud: intuisiya, ilhom, instikt – tasavvuf bilim, tasavvf ko’tarinkli, tasavvuf faoliyat. Ko’p amaliy masalalarni yechishda, shu jumladan muhitni loyihalashda, ijodiy intuisiyaga asoslangan usullar (miyani hujum qilish usuli) keng tarqala boshlandi. Ko’pincha bu masalalar hisoblash yordamida emas, balki intuisiya asosida echiladi. Dizaynerni ishlash jarayonida intuitiv faraz va mantiqiy tuzilishlar o’zaro bog’liq bo’lib, navbatma-navbat almashib to’radi va murakkab chatishib to’radi. Dizayner intuitiv fikrlashi samarali vujudga kelishi uchun ost ongiga taalluqli elementlarni ajratib olishi kerak. Ijodiy masalani echgan payitda formal-mantiqiy komponentni susaytiradigan imkoniyatni yaratish lozim. Quyidagi cheklashlarni kiritgan holda shunday sharoitni yaratish mumkin: berilgan vaqt maboynida qo’yilgan masalani yechish; maslani yechish uchun jalb etilgan yordamchi vositalar bilan foydalanish; g’oyani ifodlalaydigan vositalar bilan foydalanish. Birinchi cheklash masalani hal qiluvchini formal-mantiqiy tuzilishlarni ishlatmaslikka majbur qiladi. Demak, fikrlash intuitiv komponenti jalb etilgan holda, natijani spontan ravishda kelib chiqishiga rag’batlantiradi. Ikkinchi cheklashda vosita sifatida yordamchi ma’lumotlar, mahsus adabiyotlar, Internet ma’lumotlari va b. nazarda tutiladi. Bu holda tashqaridan olingan konkret ma’lumotga tayanish imkoniyati inkor etiladi. Bu cheklash muammoni yechish uchn o’z bilimlariga tayanishga rag’batlantiradi. Uchinchi cheklash vositalrga taalluqli, ular yordamida dizayner o’z g’oyasini ifodalaydi. Ulardan asosiylari – grafik va hajmiy modellashdir. Shaklni grafik usulida tasviri va minimal vositalar yordamida uni hajmiy timsoli faqat shaklni emas, balki mummmani ko’rishga undaydi. Yuqorida ko’rsatilgan cheklashlar faqat qisqa muddatli topshiriqlarni bajarish uchun qo’llanishi mumkin. Sezgi bilan yaratilganni to’g’ri baholashnishini bilishdan tahlil boshlanadi. Rassom faoliyatida bu muhim payt. Ijodiy intuisiyaga qobiliyat – rassomning iste’dotligini namoyonidir. Tahlil etishga qobiliyatni, ya’ni o’z ijodini mantiqiy ko’rib chiqish, o’stirish va etishtirish lozim. Mazmundan shaklga o’tganda barpo etilganni intuitiv o’stirib, dizayner nafaqat muhit va personajlarni o’zaro munosabatini, kompozisiya formatini, balki manbasini va hattoki bajarish vositalarini ham o’rnatadi. Faqat intuisiya bo’yicha yaratilganni tahlil etib, dizayner ijodiy yakunlovchi bosqichiga yo’llar va vositalarni topishi mumkin. Ijodiy jarayonni sxemasi 70 quydagicha bo’ladi: intuisiya – tahlil – intuisiya, chunki san’at ham his bilan boshlanadi, ham yakunlanadi, ammo tahlil yordamida tushuntiriladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling