Ajiniyoz nomidagi
Ma`ruza-11 Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Ma`ruza-11
Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish Reja: 1. Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish 2. G`oyadan buyumga 3. Dizayner fikrlashni o`ziga xosligi 4. Mazmunini tashkil etishdan shakllantirishga 5. Loyihalovchini buyumga nisbatan har xil nuqtay nazarlari 6. Dizaynda madaniy namuna bilan foydalanish Tayanch iboralari: ijod, assosiasiya, badiiy bosqich, badiiy syimo, ramz, o’yin usuli, intuisiya, kompozisiya, koloristika, xajmiy.. Dizaynerning ijodiy faoliyati uchun ko’p bilim sohalaridan ma’lumotlargga ega bo’lishi lozim, ular bir biridan uzoq bo’lsa ham. Ijobiy natijaga erishish uchun dizayner san’at sohasiga va fan yo’nalishiga ta’luqli bilimlarini o’zlashtirishi lozim. San’atni har bir turida g’oyaviy-ijodiy asosi – kompozisiyadir. Boshqacha aytganda, kompozisiya orqali dizayner qiziqtirgan g’oyani ifodalaydi. Badiiy asar – muayyan o’zaro bog’lanishda bo’lgan bir turli elementlar (chiziqlar, rangli dog’lar, hajm, naqsh, kolorit va b.) murakkab tizimi. Badiiy asarda estetik va siymo prinsiplarini o’zaro nisbati iste’molchida tasavvur va fantaziyani uyg’otadi, assosiativ fikrlar va xis to’yg’ular murakkab tizimini tasavvur etishga sabab bo’ladi. Assosiativlik – go’yo bir biriga to’g’ri kelmaydiganlarni orasida bog’lanishni sezish va o’rnatish qobiliyatdir. O’xshah yoki kontrast bo’yicha assosiasiyalari buyumlarni funksionallikka oidligini engishga, ularni orasidagi qonuniy bog’liqlarni va yangi funksional mo’ljalni barpo etishga kumak beradi. San’atga oid umumiy badiiy shakllantirish usullar simmetrik va nosimmetrik, kontrast va nyuans, grotesk, metafora va b.bo’lishi mumkin. Badiiy shakl – ma’noning ichki tarkibini san’at qonunlariga oid buyum sifatida barpo etish. Shakl barcha san’at turlariga oid umumiy tushunchasidir. Kompozision shakllantirish baravariga ikki sohadan kelib chiqadi – shaklni ramzidan va formal aloqalaridan. Ulardan qaysinisi dastlabki, qaysinisi ikkilamchi ekanligi noma’lum, chunki ijodiy jarayon aqlga bovar qilmaydi. Ammo shunisi ayonki, assosiasiyalar manbasi – muallifni ijodi o’ziga hosligi, uning shaxsiy siymolar dunyosidir. Formal – kompozision aloqalar sohasi esa odam shakllini tasavvur etish ob’ektiv mavjud qonunlaridan kelib chiqadi. Shunga qaramay bir-birisiz ijod bo’lmaydi. Ularni orasidagi aloqa chuqur va tabiiy. 68 Assosiasiyalaridan to’g’iladigan mavzu tartibsiz, tarqatib joylantirilgan morfologizasiyalangan elementlar to’plami sifatida ko’rinishi mumkin. Reallik va yaxlitlikni u faqat kompozisiya orqali, barcha elementlarini uzviy bog’liq tartibiga binon erishiladi. Dizayner ikki vazifani echadi: ijtimoiy-kommunikativ va estetik madaniyni. Dizaynga oid ommabop kommunikasiya ma’lumotni estetik ehtiyojni uyg’otib, rivojlantirib va mustahkamlab, toki u iqtisodiy kuchga aylangancha ko’p odamlarga “estetik ma’lumotni” etqazishga imkon beradi. Odamlar yangi buyumlarni faqat ularni yangi utilitar xossalarini, modali va prestijligi uchungina talab qilmaydi, balki “tirikchilik uchun eng zarur”, estetik didga binoan estetik ehtiyoj ommabop talabiga aylanadi. Estetik talabni qondirish uchun buyumlarning shakli doimiy o’zgarishi kerak: shakllar uslubiy bir xil bo’lgan holda individual har xil bo’lishi lozim, shunga ko’ra dizayner faqat stilist bo’lmasdan, balki rassom, ijodiy shaxs bo’lishi zarur. Ijod – bu voqelikni qayta tushinish va o’zgartirishdir. Bilim va sezgisiz ijodiy fantaziya to’g’ilmaydi. Boy va to’g’ri tuzilgan bilimlar majmui – ijodning asosidir. Qachonki yaratuvchi, ijodiy faoliyat puxta va aniq bilimlar mantiqa asosida barpo etilsa, tanish buyumlardan yangilarga o’tishi ayon. Qachonki yangi g’oya tasodifiy, mantiqiy va ongli jarayondan xoli paydo bo’lsa, intuisiya va ilhom keladi deyishadi. So’ngi yillarda odamni fikrlash faoliyati qonuniyatlarini tadqiqot etadigan fan tug’ildi, u erda fahm, ongsizlik va intuisiya evrisitka elementlari mavjud. Ushbu fan odamni intuisiya yordamida ijod etish, “gazlamani sezish” bilan shug’ullanadi. Dizayner umumiy va mutaxassisga oid bilimlarini to’plashi lozim. Ijodiy fantaziyani tarbiyalash professional qiziquvchanliksiz va kuzatuvchanliksiz mumkin emas. Dizayner kostyum kolleksiyasini yaratganida ijodiy manba sifatida har qanday tabiiy hodisalar, buyum muhitining turli elementlari, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar, musiqa, rangtasvir, adabiyot, balet, teatr, sirk, kino, tomosha tadbirlari, etnik mavzular, me’morchilik, muhandislik inshootlari, mashina detallari, turli mexanizmlar, maishiy buyumlar, amaliy san’at asarlari (shisha, tosh, daraxt, metall, keramika va b), musiqa asboblari, er fakturasi, yulduzli osmon, origami o‘yini, ekologiya, tarixiy, xalq va klassik kostyumlar, eklektika usuli, parodiya usuli, stilizatsiyalash usuli va boshqalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Har bir dizayner o‘z faoliyatining muayyan bosqichida tarixiy davr va xalq an’analaridan ilhomlanib, ijodiy manbalarga murojaat qiladi. Moda tarixida ekzotik mamlakatlarning madaniyatidan va ko‘p badiiy uslublardan g‘oya o‘zlashtirish doimo bo‘lgan. XX asr modasi ko‘pincha etnik va tarixiy manbalarga murojaat qiladi. Keyinchalik klassik shaklni va ekzotik xalqlardan o‘zlashtirilgan bezakni birga qo‘shib modellarni barpo etadigan modelerlar avlodi paydo bo‘ldi. Masalan, J.P.Gotening «eskimos» kolleksiyasi fikrimizni isbotlaydi. Tabiat azaldan odam uchun ish maydoni bo‘lgan. Tashqi dunyoni tushunish va o‘rganish ehtiyoji uning qonunlarini o‘rganishga va o‘zlashtirilishiga olib keldi. Asrlar mobaynida ma’lumot yig‘ib, odamzod bionika faniga (yunoncha — Bio — «hayot elementi») asos soldi. Bu yo‘nalish 1950-yillarning oxirlarida paydo bo‘ldi. Bu fanning asosiy maqsadi biologik sistemalar va jarayonlarning imkoniyatlarini o‘rganish edi. Leonardo da Vinchi, N.E.Jukovskiy, L.Galvanilarni bionika fanining kashfiyotchilari deb hisoblasa bo‘ladi. XIX-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘lgan badiiy uslub modern, jonli tabiatga asoslangan va aynan shu davra cheklangan me’morchilik nazariyasi paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Ispan me’mori A.Gaudining ishlari bunga yorqin dalil. Uning ishlarini egri chiziqli yuzalarning me’mor konstruktiv shakllari biologizatsiyalanishi desa bo‘ladi. U ilk bor odamlar tabiat bilan genetik bog‘lanishini qayta tiklash konkret prinsiplarini taqdim etdi. Shuningdek, uni qonuniy ravishda me’morchilik bionikasining asoschisi desa bo‘ladi. Bugun bionika boshqa sohalarga ham jadal tarqaldi: maishiy texnikada, harbiy sanoatda (suv osti kemasining shakliga baliq tanasining shakli asos qilib olingan) va boshqa zamonaviy kostyumda bionikaning timsoli chakamug‘ o‘simligining tikani asosida kashf etilgan «velkro» tasmasi keng qo‘llaniladi. Tabiat bosh dizayner kabi million yillar davomida durdona asarlar yaratib kelayotganiga shubha qilmaymiz. Uning organik va mantiqiy bog‘liqliklari mujassamlashgan yangi shakllarni 69 yaratish imkoniyatini topish zamonaviy dizayn yangi yo‘nalishining asosiy vazifasi bo‘ldi. Bunga esa o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bionika va kristalolografiya katta ta’sir etmoqda. Ularning asosida ko‘plab ob’ektlar va dizayn buyumlari (aksessuarlar, zargarlik buyumlari va boshqalar) barpo etilmoqda (1-rasm). Jonli tabiatda yashash jarayoni organik ma’qullik bilan bog‘liq. Xuddi shunday odam ham faoliyati davomida o‘zi istagan natijaga erishishga intiladi. Muammoni echish uchun birinchi o‘ringa buyumning ko‘p vazifaliligi chiqadi, ya’ni buyumni bir necha mo‘ljalda qo‘llash mumkin. Bu muammoni transformatsiyasiz echish mumkin emas (bu usulni 1920-yillarda konstruktivistlar taqdim etishgan, ammo u hozirgi kunlardagina amalga oshirildi). Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling