Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Shakl tirik organizmlar kabi tashqi o’zgarishlar ta’sirida pulsasiya etadi. Pulsasiya
veritkal va gorizontal yo’nalishida bo’lishi mumkin. Kostyum rivojlanish jarayonining o’z amplitudasi bor: tanaga yopishib turishdan, hattoki siqib qo’ygan holdan (mahsus korsetlar va b.), to tanadan maksimal uzoqlaShishggacha (krinolin, turnyur va b. yordamida). Bu pulsasiya turi gorizontal yo’nalishda ro’y beradi. Vertikal yo’nalishdagi pulsasiya kiyimni uzunligini (mikro-minidan to super-maksigacha) va elka holatini nazarda tutadi. Ular davr estetik ideali va texnik imkoniyatlari bilan bog’liq. Shakl muayyan vaqt mobaynida o’z uqi atrofida pulsasiya etadi, bu holda har bir davrda kostyumni ma’lum joylariga e’tibor beriladi. 7. Mobil elementlar shakllantiruvchi bo’lib, shaklni paydo bo’lishiga, rivojlanishiga va inqirozga uchrashiga sabab bo’ladi. Bir siklni ichida mobil elementlarning faolligi natijasida shaklning o’zgarishi bir necha bosqichlardan iborat: - modada yangi g’oya-shakl paydo bo’lganda, shaklni idroq etiliishini kuchaytiradigan elementlarning o’zaro aloqasi o’xshahlik prinsipi bo’yicha tuziladi. Bu shaklni yaqqol ko’rinishiga olib keladi. Kostyumnig gorizontal va vertikal yo’nalishi bo’yicha ichki chiziqlari, dekorativ-konstruktiv echimlari va material fakturasi shaklni yaxlit idroq etilishiga sabab bo’ladi. 75 Bu bosqichda (3-4 yil) shakl murakkab va yirik detallar bilan yuklanmaydi, materialning tarkibi esa shaklni yaxshi saqlaydi va silliq xira effektli bo’ladi; 76 - modani keyingi bosqichida (3-4 yil) kostyum elementlarning o’zaro aloqasi kontrast prinsipi bo’yicha tuziladi. Rivojlanayotgan g’oya-shakl tasdiqlanadi va murakkab konstrutiv- dekorativ chiziqlar va naqshlar bilan to’ldiriladi. Kontrast bezakli detallar va har xil fakturali material birikmalari shaklda qo’llanadi. Materialning tarkibi qalinlashadi va fakturasi har xil effektlar bilan boyitiladi (to’qilmagan, bo’g’imlar va b.). Detallar va chiziqlar yechimida vertikal va gorizontal yo’nalishlar qatorida diagonal yo’nalishi qo’llanadi. Bular qo’shimcha kompozision imkoniyatlarini yaratadi; - Shaklni rivojlanish uchinchi bosqichi (3-4 yil) ziddiyatlik prinsipi bo’yicha tuziladi. Bu davrda kiyimnig hajmli Shakli faol talqin qilinadi. Tarkibi siyraklashgan materiallar shaklini bo’rttirib ko’rsatadi. Konsentrik tasvirlar, spiral yirik naqshlar shakl ichida yio’nalish hosil qilib, shaklni inqirozga uchratadi. Shaklning hajmi kosnstruktiv usullar bilan kuchaytiriladi (uzoqlashgan va o’zgaradigan detallar, ko’p qavatlik va b.). Lekin turli bichim, nosimmetrik va spiral yo’nalish fonida yangi perspektiv shakl chegarasi seziladi. Rang va shakl. Kostyumning rangli yechimi kompozision g’oyasi bilan chambarchas bog’liq. Kostyumning rangli yechimini bo’yicha G.Petushkovaning tahlili qo’yidagini ko’rsatadi: - Shakl geometriklansa rang quyuqligi kuchayadi, kontrast echimlari paydo bo’ladi; shakl plastikligi kuchaysa - o’xshah ranglar birikmasi ustunlik qiladi; - rang gammasini o’zgarishi rang doirasi bo’yicha ketma-ket, sovuq va iliq ranglar baravariga yoki polixromiya (ko’p ranglik) etakchi bo’lishi mumkin; - moda gammasi xususiyatini o’zgarish indikatori sifatida polixromiyani ustunligi, noxromatik ranglarni ko’pligi bo’ladi; - rang va shakl o’zaro bog’liq. Kostyum rangining tahlili quyidagi hulosaga olib keldi: ranglar muayyan geometrik shaklga intiladi, ya’ni qizil ranglar – to’g’riburchak, ko’k ranglar – oval, yashil ranglar – trapesiya shakliga intiladi. - ranglarni muayyan shaklga intilishi ularni illyuziyalari bilan bog’liq: shakl kichiraysa, kostyum koloritida shaklni moddiyligini va zichligini ko’rsatadigan iliq ranglar, kontrast birikmalar bo’ladi; shakl kattalansa rang gammasi murakkablashib, sovuq tomonga o’tadi, ular shaklni ko’rinish vaznini va kattaligini kamaytiradi; - fakturani roli kuchayganda kostyum gammasida iliq, yuza ranglar ustunlik qilib, faktura elementlrini ko’rsatadi; - shakl inqirozga uchragan payitda rangni sovuq va iliq turlari modaga kiradi, ular tarkibiy illyuziyasini, shakl yuzasini singanligini yoki illyuzor fakturaligini namoyish etadi; - shakl vujudga kelganda, uni yaqqol ko’rsatadigan intensiv, faktura va ichki echimlarini tanglashtiradigan ranglar ustunlik qiladi; - perspektiv shakl ko’pincha qizil va qora rangda beriladi, chunki ular siluetni aniq kursatadi; - ketayotgan shakl sovuq, murakkab gammada beriladi, ular shaklni inqiroziga imkon to’g’diradi, bo’linishlar ko’pligi rangli kontrast birikmalari bilan ta’qidlanadi. Kostyumni shakllantirish asoslari. Ma’lum tarixiy davrni ifodalovchi shakl – bu izlanish jarayonida kelib chiqqan shakl-sxemadir. Uning tashkiliy asoslari shaxsiy ong ichida tug’ilmasdan, ijtimoiy tanlash natijasida paydo bo’ladi. Ular amaliy ehtiyojlardan kelib chiqadi, muhit ularni o’zlashtirib, ichidan eng zarurlarini tanlab oladi. Zamonaviy kiyim shakl turlari quyidagicha taqsimlanadi: klassik, bazoviy va modali. Klassik shakl – bu estetik va utilitar funksiyalari muvozanatga ega shakl. Klassik shakl – bu uzoq vaqt davomida ijtimoiy tanlash natijasida eng barqaror, funksional foydali elementlaridan tuzilgan va rivojlangan shakl. Erkaklar ingliz kostyumi, quloqchini, fetr shlyapasi, ayollar “keama”simon shaklli tuflisi va b. klassik shaklga misol bo’ladi. Ular o’zgarmaydi deb hisoblanmaslik kerak, kostyum tuzilishi dialektik jarayon bo’lgani bois, o’zgarish doimo ro’y beradi. Klassik shakldagi kostyumlar modadan eng oqilona va 77 funksional tomonlarni olib zamonga yarasha o’zgaradi va unga mos bo’ladi. Klassik shakl modadan xech qachon chiqmaydi, ba’zan esa ustunlik qiladi. Klassik shaklning tuzilish asoslari kelajak avlodlariga normativ bo’ladi va uning asosida tuzilgan buyumlar namunali deb hisoblanadi. Klassik shakl demokratik va internasional xususiyatlariga ega. Klassik shakldagi buyumlar barcha yoshdagi va turli gavdali odamlarga va har xil mulajallarga mos keladi. Bazaviy shakl - bu ijtimoiy va moddiy turmushning g’oyaviy-siymoli tamoyili va odamga estetik ta’sir etadigan shakldir. U muayyan badiiy uslub shaklning g’oyasini ifodasidir. Bazaviy shakl asosida barcha keyingi shakl turlarining dastlabki tarkiblari tuziladi. Bu shakl buyumlar seriyasi asosida bo’ladi. Bazaviy shakl quyidagi xususiyatlarga ega: - shakl asosidagi geometrik elementlarning birligi va barqarorlikka asoslangan uyg’un bog’langan yaxlitligi; - uzoq vaqt davomida bo’limlarning deyarli turg’un o’zaro nisbatlari; - ilmiy, texnikaviy va estetik saviyani ifodalaydigan muayyan tarkibni mavjudligi; - ma’lum plastik siymoni (gavda tutish – qomatni) ifodalashi; - bazaviy shakl asosida yotgan tizim bo’limlarning o’zaro aloqasini birligi; shaklning geometrik turi, konstruktiv va siluet chiziqlarni, bo’limlarni proporsional va ritmik tuzilishi, simmetrikligi, ranglar, materialllar, faktura va bezaklarni taqsimlanishi. Agar uslubga oid bazaviy Shakl davrning jiddiy belgilarini o’z elementlarida to’liq to’plansa, u klassik shakl bo’lishi mumkin. Shunday Shakl sifatida ayollar kolgotkalarini misol qilish mumkin. Tez utar zamon talablariga mos shakl modali deb ataladi. Shakl elementlari bilan bemalol foydalanish uchun quyidagi qoidalarni inobatga olish lozim: - kostyumning hilma-xil turlarini tuzish asosi sifatida bazaviy shakl olinadi, chunki u davrga mos. Ularni sinchiklab o’rganish va kiyim loyihalashda ilmiy izlanishlar o’tqazish kerak. Sanoatni talvasaga solmasdan mantiqiy ravshda yangi Shakl va materialni vujudga keltirish uchun talablarni tayyorlash shart; - maksimal utilitar g’oyani ifodalagan shakl estetik shaklgacha o’sishi kerak. shaklning mukammal emasligini yashiradigan tikuvchining quvliklari bo’lmasligi kerak va yomon konstruksiyani bezaksimon “yamoqlar” bilan chalig’itmaslik lozim; - zamonga mos shaklni benihoya plastik ifodalikligi, naqsh va fakturani chuqur ma’noligi, modelni yuksak darajada va aniqlik bilan ijro etilganligi istalgan natijani beradi; - bazaviy shaklni tushunib etish darajasi modaga nisbatan munosabatini aniqlaydi. Moda – bu bazoviy shaklning namoyoni, ammo har doim uni ta’riflamaydi; - barcha modali siluetlari sanoatda ishlab chiqarish shart emas. Faqat kelajagi bor siluetlargina tikilishi lozim. Ko’p fasonlarni yaratishga ham zaruriyat yo’q, chunki ular ishni qiynaltitrib, mahsulotni mukammal emasligiga olib boradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling