Dam olish daqiqasi: O’yin metodidan “Daraxt va barg” harakatli o’yini.
Bu o’yin ko’proq maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kerakli o’yinlardan biridir.Bolalarni diqqatini jamlashga yordam beradi.
O’yin sharti shundan iborat:
Daraxt- talabalar o’rinlaridan turadi.
Barg- talabalar o’rinlariga o’tiradi.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)
Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va texnologiyasi
4-Amaliy
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning nazariy asoslari
Ajiratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi:Talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning nazariy asoslari to’grisida ma’lumot berish hamda yangi metodlardan foydalangan holda mashg’ulot ishlanma tuzishga o’rgatish.
Ishning bajarilish tartibi:
1.Tarbiyachi nutqi.
2. Lug’at ishining asosiy usullari.
3. Ravon nutq va uni leksik – grammatik rasmiylashtirishga nisbatan qo’yiladidan talablar.
Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: Venn diagrammasi hamda o’yin metodining harakatli o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I.Talabalar bilan salomlashib olib kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Xat” kuni.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari sirli ravishda “xat” tayyorlab kelishadi va o’qib berishadi. O’qituvchi esa eng qiziqarli xat egasini taqdirlaydi.
II.Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig’ini eng oddiy anglashini shakillantirish bilan o’zaro bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so’zlar, tovushlar qofiyalar bilan faol o’ynaydilar. Ular so’z jaranglagandagi umumiy va aloxida jihatlarni payqay oladilar, artikulyatsion jihatdan bir biriga yaqin bo’lgan tovushlarni ( S- SH, S- Z ) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so’zda uchragan tovushlarni sezadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |