Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va texnologiyasi
5-Amaliy
Mavzu: Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlar
Ajiratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi:Talabalarga bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlar to’grisida ma’lumot berish hamda yangi metodlardan foydalangan holda mashg’ulot ishlanma tuzishga o’rgatish.
Ishning bajarilish tartibi:
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati.
2. Lug‘atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy o‘yinlarning turlari.
3. Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar.
Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: SWOT-tahlil hamda o’yin metodining harakatli o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I.Talabalar bilan salomlashib olib kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Ertaklar” kuni.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari sirli ravishda “Ertak qahramonlari”bo’lib tayyorlanib kelishadi va ertak qo’yib berishadi. O’qituvchi esa eng qiziqarli ertak egasini taqdirlaydi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati. Ta’limiy o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin maqsadi, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin maqsadi o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Ta’limiy o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |