Seminar mashg’ulotning borishi:
I.Talabalar bilan salomlashib olib kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Xat” kuni.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari sirli ravishda “xat” tayyorlab kelishadi va o’qib berishadi. O’qituvchi esa eng qiziqarli xat egasini taqdirlaydi.
II.Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:Suhbat – ta’limning dialogik metodi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtai nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g’risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va malakalarni paydo qiladi: bir-biirini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish, ularni takrorlamaslik, bildirilgan fikrlarni samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda his-tuyg’ularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-hodisaga munosabatni tarkib toptiradi.
Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mavzudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbatlarni esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.
VENN DIAGRAMMASI
USULI
O’rganilayotgan ob’ektlarni taqqoslash,o’xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo’llaniladi.Diagrammadagi doirachalar alohida ob’ektni, kesishmalar esa ulrning o’xshash va bog’liq jihatlarini bildiradi.
Talabadan ob’ektlarning alohida (1-3), o’zaro bog’liq (4-6), va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi.
Misol uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |