O’tilgan mavzuni mustaxkamlab olish uchun savol-javob o’tqazish.
1.Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi fani qaysi fanlar bilan a’loqador tarzda o’rganiladi?
2. Bolalar nutqini rivojlantirisn metodikasi, fanni tashkil topishi va rivojlanish bosqichlarini izoxlang.
3.Suhbatga o‘rgatish usuli orqali savollar berish qanday amalga oshiriadi?
V. Dam olish daqiqasi: O’yin metodidan “Cha cha cha salom sichqoncha” harakatli o’yini.
Bu o’yin ko’proq maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kerakli o’yinlardan biridir.Bolalarni diqqatini jamlashga yordam beradi.
O’yin sharti shundan iborat:
Cha- cha- cha salom sichqoncha
Chi -chi -chi kel o’ynaylikchi
Chom- chom -chom qilaylik achom
Cha- cha- cha hayr tongacha.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)
Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va texnologiyasi
2-Seminar
Mavzu: Maktabgacha kichik, o‘rta va katta yoshdagi bolalarni nutqini o‘stirishning metodlari va vositalari
Ajiratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi:Talabalarga maktabgacha kichik, o‘rta va katta yoshdagi bolalarni nutqini o‘stirishning metodlari va vositalarito’grisida ma’lumot berish hamda yangi metodlardan foydalangan holda mashg’ulot ishlanma tuzishga o’rgatish.
Ishning bajarilish tartibi:
1.Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari.
2. Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodik masalalari.
3. Ilk yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish
Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: SWOT-tahlil hamda o’yin metodining harakatli o’yin turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |