IV.O’tilgan mavzuni mustaxkamlab olish uchun savol-javob o’tqazish.
1.Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari qanday?
2. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodik masalalarini ayting?
3. Ilk yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish usullari ?
V.Dam olish daqiqasi: O’yin metodidan “Qarsakcha” harakatli o’yini.
Bu o’yin ko’proq maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kerakli o’yinlardan biridir.Bolalarni diqqatini jamlashga yordam beradi.
O’yin sharti shundan iborat:
O’ng qo’limiz chaqqoncha
Chap qo’limiz chaqqoncha
Birga ursak qarsakcha
Ovoz chiqar har qancha
Qizlar aqilli a’lo
Yigitlar esa dono
Hammamiz zo’r bolamiz
Jim o’tirib olamiz.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)
Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va texnologiyasi
3-Seminar
Mavzu:Ravon nutqni rivojlantirish
Ajiratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi:Talabalarga ravon nutqni rivojlantirish
to’grisida ma’lumot berish hamda yangi metodlardan foydalangan holda mashg’ulot ishlanma tuzishga o’rgatish.
Ishning bajarilish tartibi:
Ravon nutq haqida tushuncha.
Ravon nutqni rivojlantirish usullari.
To’g’ri talaffuz jarayonini tashkil etish yo’llari.
Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “Baliq skeleti” hamda o’yin metodining harakatli o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
Talabalar bilan salomlashib olib kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Sovg’alar” kuni.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari sirli ravishda sovg’alar tayyorlab kelishadi va qopga solishadi.O’qituvchi esa
Qop ichidagi sovg’alarni talabalarning oldiga qo’yib chiqadi.Sovg’alar o’z egasini topadi.
Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |