Ajratuvchi bo`lak
Yo`l harakatini tashkil etish
Download 18.79 Kb.
|
Haydovchilar va yo\'lovchilar huquq va majburyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash
- Mehanik transport vositasi
- Ogohlantiruvchi ishoralar
Yo`l harakatini tashkil etish – yo`llarda harakatni boshqarish bo`yicha xuquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
Yo`l harakati xavfsizligi – yo`l harakati qatnashchilarining yo`l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo`l harakati xolati. Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash – yo`l transport hodisalarining yuzaga kelish sabablarining oldini olishga, bunday xodisalar oqibatlarini engillashtirishga qaratilgan faoliyat. Yo`l harakati qatnashchisi – yo`l harakati jarayonida transport vositasi haydovchisi, yo`lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs. Majburiy to`xtash – texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi, yo`lovchining xolati, yo`ldagi biror to`siq tufayli xavf tug`ilganda yoki ob-havo sharoitiga bog`liq holda transport vositasi harakatlanishining to`xtatilishi. Mehanik transport vositasi – yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o`ziyurar moslamalarga ham taalluqlidir. Moped – ish hajmi 50 santimetr kubagacha bo`lgan yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan, eng yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch g`ildirakli transport vositasi. Osma yurgizgichli velosipedlar va yuqoridagi ta`rifga mos keladigan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi. Mototsikl – kajavali yoki kajavasiz ikki g`ildirakli mexanik transport vositasi. Yuksiz vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch g`ildirakli mehanik transport vositalari ham mototsikllarga tenglashtiriladi. Ogohlantiruvchi ishoralar – falokatli holatlarni oldini olish maqsadida, harakatlanish yo`nalishini o`zgartirishda qo`llaniladigan ishoralar. Piyoda – yo`l-transport vositasidan tashqarida bo`lgan va ish bilan band bo`lmagan shaxs (velosiped, moped, mototsikl va chana etaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib kelayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar). Download 18.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling