Ajratuvchi bo`lak


Download 18.79 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi18.79 Kb.
#1613053
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Haydovchilar va yo\'lovchilar huquq va majburyatlari


Haydovchilar va yo’lovchilarning huquq va majburyatlari.
Avtomagistral – transport vositalarining yuqori tezlik va havfsiz harakatlanishini ta`minlovchi yo`l bo`lib, 5.1 (yashil rangdagi) belgi bilan belgilanadi. Avtomagistraldagi barcha ahborot ishora belgilari yashil rangda bo`ladi.
Ajratuvchi bo`lak – yo`lning yonma-yon joylashgan qarama-qarshi qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki to`xtashi uchun mo`ljallanmagan alohida qismi.
Ajratuvchi bo`lak doimo qatnov qismidan baland bo`lgan qurilma bo`lib, chekkasi tosh (beton) hoshiya bilan chegaralanadi. Ajratuvchi bo`lakni ko`kalamzorlashtirish yoki unda tramvay izlarini o`rnatish tez-tez uchrab turadi.
Arava – ot (yoki boshqa hayvonlar) ga qo`shib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan (itarib) harakatga keltiriladigan yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mo`ljallangan qurilma.
Asosiy yo`l – tuproqli yo`lga nisbatan qattiq qoplamali (asphalt,tsement betonli, tosh yotqizilgan va shunga o`xshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yo`lga nisbatan 2.1, 2.3.1, - 2.3.3 yoki 5.1 belgilariga ega yo`l yoki yondosh xududdan chiqadigan yo`lga nisbatan har qanday yo`l. Ikkinchi darajali yo`lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo`lishi unga asosiy yo`l maqomini bermaydi.
Aholi yashaydigan joy – kirish va chiqish yo`llari 5.22 – 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
5.22-5.23 belgilari oralig`idagi hududda harakatlanish qoidalarining aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadi.
5.24-5.25 belgilari oralig`ida aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablarga amal qilinmaydi, balki yuqori tezlik yo`l harakatiqoidalari bilan belgilanadi.
Belgilangan yo`nalishli transport vositasi – belgilangan yo`nalishli va bekatlari bo`lgan, yo`lovchi tashish uchuch mo`ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo`nalishli taksi).

Download 18.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling