Ajratuvchi bo`lak
Download 18.79 Kb.
|
Haydovchilar va yo\'lovchilar huquq va majburyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi
- Trotuar
- To`xtash
- Qorong`i vaqt
- Harakatlanish bo`lagi
Temir yo`l kesishmasi – yo`lning temir yo`l bilan bir sathda kesishgan joyi.
Transport vositasi – odamlarni, yuklarni tashishga yoki mahsus ishlarni bajarishga mo`ljallangan qurilma. Transport vosirasining egasi – transport vositasiga mulk xuquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shahs. Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi – bevosita bir-birining ketidan bitta harakatlanish bo`lagida faralarini doimiy yoqib kelayotgan, oldida yalt-yalt etuvchi ko`k rangli yoki ko`k va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan uch va undan ortiq mehanik transport vositalari guruhi. Trotuar – yo`lning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq mahsus to`siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun ajratilgan qismi. Tirkama – mehanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo`ljallangan yurgizgich bilan jihozlanmagan transport vositasi. Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir. To`xtash – transport vositasining harakatini 10 daqiqadan kam vaqtga to`xtatish (harakatsiz xolatga keltirish). To`xtab turish – transport vositasining harakatini yo`lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog`liq bo`lmagan vaziyatlarda 10 daqiqadan ko`proq vaqtga atayin to`xtatish. Qorong`i vaqt – kechki g`ira-shiraning ohiridan tongi g`ira-shiraning boshlanishi orasidagi vaqt. Qatnov qismi – yo`lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo`ljallangan qismi. Quvib o`tish – egallagan harakatlanish bo`lagidan chiqib, oldinda ketayotgan transport vositasidan o`zib ketish. Chorraha – Yo`lning o`zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burial boshlagan joylarini tutashtiruvchi hayoliy chiziqlar bilan aniqlanadi. Yo`l harakati svetofor va tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishorada harakat boshqarilayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo`lmagan chorraha tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchi – yo`llarda biror bir transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Boshqarishni o`rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni etaklab borayotgan, chorva mollari (poda) ni haydab borayotgan shahslar ham haydovchiga tenglashtiriladi. Harakatlanish bo`lagi – avtomobillarning bir qator bo`lib harakatlanishi uchun kengligi etarlicha bo`lgan, yo`l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo`l qatnov qismining har qanday bo`ylama bo`lagi. Download 18.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling