Ajratuvchi bo`lak


Download 18.79 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi18.79 Kb.
#1613053
1   2   3   4   5
Bog'liq
Haydovchilar va yo\'lovchilar huquq va majburyatlari

Piyodalar o`tish joyi – yo`lning transport qatnovi qismini piyodalar kesib o`tishi uchun mo`ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1-1.14.3 chiziqlar bilan ajratilgan qismi.
Chiziqlar bo`lmasa piyodalar o`tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
Piyodalar yo`lkasi – yo`lning piyodalar harakatlanishi uchun mo`ljallangan va transport vositalarining harakati taqiqlangan qismi. Piyodalar yo`lkasi, trotuardan farqli o`laroq, yo`lga tutash yoki yo`l yoqasida emas, balki yo`l bilan biror bir manzil oralig`ini tutashtirib, 4.6 belgisi bilan belgilanadi. Bazan piyodalar yo`lkasi ikki yo`lni tutashtirishi mumkin.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi – yo`l harakati qoidalarining 5.2 bandi talablariga muvofiq, yo`lda bir yo`nalishda, birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.
Reversiv harakat – yo`l qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35-5.37 yo`l belgilari, 1.9 chiziqlar bilan belgilangan yoki ustida reversiv svetofor o`rnatilgan bo`lagida harakat yo`nalishining qarama-qarshi tomonga o`zgarishi.
Ruhsat etilgan to`la vazn – aslahalangan transport vositasining yuki, haydovchi va yo`lovchilari bilan birga, ishlab chiqaruvchi korhona tomonidan belgilangan eng yuqori vazni (miqdori).
Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruxsat etilgan to`la vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan to`la vaznlari yig`indisi kiradi. To`la vazn o`zgarmas son bo`lib, transport vositasining yuklanganligiga, yukning ko`p-kamligiga bog`liq emas.
Haqiqiy vazn transport vositasining yuklanganligi va yukning hususiyatiga bog`liq.
Tartibga soluvchi – tegishli guvohnomasi va belgisi (maxsus kiyimi yoki taniqlik belgilari: qo`l bog`ichi, jezl, qizil ishorali yorug`lik qaytargich yoki yorug`lik qaytargichsiz gardish, qizil chiroq yoki bayroqcha) bo`lgan militsiya, harbiy avtonazorat xodimi, yo`ldan foydalanish idoralarining hizmatchisi, temir yo`l kesishmasi va sol kechuvlari (parom) navbatchisi, jamoatchi avtonazoratchi hamda militsiyaning shtatdan tashqari hodimi.

Download 18.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling