Akademik intizom vazifalari


Tuproq geografiyasining tarixi


Download 85.94 Kb.
bet2/18
Sana08.03.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1253602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
tuproqshunoslik

Tuproq geografiyasining tarixi. Tuproqshunoslik fan sifatida Rossiyada shakllangan hamda ilmiy asoslari va asosiy tadqiqot metodlari ishlab chiqilgan. Boy va xilma xil tuproq qatlamga ega mamlakat kengliklari, qishloq xo’jaligining keng rivojlanishi tuproqni chuqur o’rganishga katta qiziqish uyg’otdi.


Birinchi tuproqga ilmiy ta’rifni V.V. Dokuchaev (1846-1903) bergan. “Tuproq deganda suv, havo hamda turli tirik va o’lik organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda o’zgargan tog’ jinslarining (qaysi xil bo’lishidan qat’iy nazar) “yuza” yoki tashqi gorizontlariga aytiladi”. U ta’kidlagandek, yer yuzasidagi barcha tuproqlar “mahalliy iqlim, o’simlik va hayvonot organizmlari, ona tog’ jinslarining tarkibi va tuzilishi, maydonning relyefi va nihoyat joyning yoshi kabilarning juda murakkab ta’siri” natijasida paydo bo’ladi.
V.V. Dokuchaevning bu g’oyalari keyinchalik tuproqni tashqi muhit bilan, hamda biologik sikl orqali qisman yopiq holda, doimiy o’zaro moddiy va energetik ta’sir ostida joylashgan biomineral dinamik tizim sifatidagi qarashlarning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Iqlim sharoitlarining xilma xilligi, o’simliklar, tog’ jinslari, relyefi, ayrim hududlarning turli yoshlari va tabiatdagi tuproqlarning xilma xilligi.
Ular tarqalishining geografik qonuniyatlari tuproq hosil bo’lish omillarining uyg’unlashuvi bilan belgilanadi. Yer shari va uning alohida qit’alari uchun bu qonuniyatlar iqlimning mintaqaviy o’zgarishi va rivojlanishi bilan bog’liq hamda tuproqning gorizontal va vertikal rayonlashuvining rivojlanishi bilan ifodalanadi. Uncha katta bo’lmagan hududlar tuproq qatlamining xususiyatlari, avvalambor, tuproq iqlimining relyefi, tarkibi va xususiyati, rivojlanishi va tuproqning vujudga kelishining ta’siri bilan bog’liq. O’zining o’ziga xos xususiyatlari sababli, tuproq organik dunyo hayotida muhim ro’l o’ynaydi. Landshaftniing elementi va mahsuloti-maxsus tabiatning bir qismi sifatida, u yer shari tabiatining rivojlanishida muhim muhit bo’lib xizmat qiladi.
V.V. Dokuchaev va uning o’quvchilari tomonidan tuproq ilmining asosi-genetik tuproqshunoslik yaratilgan. Bu davrga kelib insonlar turli mamlakatlardagi tuproqlarning turlari haqidagi umumiy bilimga ega edilar. Lekin bu bilimlar tarqoq va umumiy prinsip va tushunchaga birlashmagan edi.
Tuproq haqidagi dastlabki geografik tushunchalar уа bilimlar qadimgi davrlardan boshlab, dehqonchilik talabIari asosida Qadimgi Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo hududlarida yuzaga kela boshladi. Tuproqlarning turlari, uning turli xil qishloq xo’jaligidagi o’simliklar uchun unumdorligi haqidagi amaliy bilimlarni antik davr davlatlari bo’lgan Gretsiya va Rimdagi dehqonlar egallagan edi. Bu haqidagi ma’lumotlar bizga qadimgi Rimning Katon, Varron, Kolumell, Pliniya kabi agranom yozuvchilari asarlari orqali yetib kelgan.
Rossiyada tuproq geografiyasiga oid qadimgi ma’lumotlar XV-XVII asrlarda yerlarni hisob kitob qiluvchi amaladorlar tomonidan yuritilgan qaydnomalardan topishimiz mumkin. Bu qaydnomalarda haydaladigan yerlar, yaylovlar, o’rmon va botqoqlar tasvirlangan. Ayniqsa, “unumdor, o’rtacha, unumsiz va unumdor-unumsiz” turlarga ajratilgan haydaladigan yerlar haqida to’liq ma’lumot berilgan. XVIII asr boshlariga kelib Rossiyada turli xil tuproqlar xususiyatlari haqida ko’p miqdorda amaliy ma’lumotlar jamlangan. Bu ma’lumotlar empirik va tarqoq bo’lgan.
Tuproqshunoslik faniga M.V. Lomonosov katta xissa qo’shgan. U o’zining 1763-yilda nashr qilingan “Yer qatlamlari” asarida tuproqlarning o’ziga xos geografik xususiyatlari, kelib chiqishi haqidagi o’zining qarashlarini ifodalagan. Ikki yuz yil avval Lomonosov tuproq organizmlar dunyosining tog’ jinslariga o’zaro ta'siri natijasida hosil bo’lishi haqida mutlaqo to’gri g’oyani ilgari surgan. Shuningdek, tuproq boshqa tabiiy jism kabi yagona va o’zgarmas emas, balki vaqt o’tishi bilan o’zgaradi va rivojlanishi haqidagi fikrni ta’kidlab o’tgan. Lomonosov asosiy e’tiborini qora tuproqning kelib chiqishi va xususiyatlari va unumdorligi muammolariga qaratgan. Uning asarlarida botqoq tuproqlari, ignabargli va bargli o’rmonlar, dashtlar, cho’lning qumli va tuzli tuproqlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Lomonosov tuproqlarning xususiyatlariga qarab geografik hududlarga ajratgan.
1725 -yilda bагро etilgan fanlar Akademiyasining geografiya bo’limida Lomonosov Rossiyaning geografik xariotasini tuzish ishlarini boshqargan. Uning g’oyalari ta’sirida S.G.Gemilin, I.A Guldenshtedt, V.F.Zuyev, I.I. Lepexin, P.S. Pallassa kabilarning ko’plab mashhur ekpeditsiyalari tashkil etilgan. Bu ekspeditsiyalarda tuproqlarning geografik tarqalishi va Rossiyaning ko’pgina rayonlarining tabiiy sharoitlari o’rganilgan. Rosiiya tuproqshunosligi haqidagi qimmatli ma’lumotlar XVIII asrning A.N.Radishava, A.T. Bolotova, V.M. Severgina kabi mashhur olimlari asarlarida keltirilgan. Rossiya tuproqshunosligining keyingi rivojlanish bosqichi 1842-yildan 1856 yilgacha 23 viloyatda olib borilgan yer-kadastr ilmiy ishlari tashkil etadi. Tuproqning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar kadastr nazoratchilari tomonidan o’tkazilgan so’ravnomalar orqali yig’ilgan. Bu ma’lumotlar asosida 1851-yil akademik K.S. Veselovskov boshchiligida g’arbiy Rossiyaning birinchi tuproq xaritasi ishlab chiqildi. Xarita ikki yuz masshtabda yaratilgan. (1:400000). U o’zida atiga 8 ta tuproq nomi va tog’ jinslarini qamrab olgan, umuman, o’zida faqatgina indikativ xarita sxemasini taqdim etgan. Lekin u tuproqshunoslikda yangi yo’nalish tuproq xaritashunosligini kelib chiqishida muhim ilmiy asos bo’lib xizmat qilgan.
Tuproq xaritasini yuaratish XIX asrga kelib G’arbiy Yevropada: Germaniya, Fransiya, Belgiya kabi davlatlarining kadastr ishlarida amaliyotda keng qo’llanilgan. Bu xaritalar qishloq xo’jaligiga oid bo’lsa ham, geologlar tomonidan yaratilgan. Shuning uchun bu xaritalar agrogeologik xarita deb nomlangan. Uning asosida tuproqning petrograf-mineralogik klassifikatsiyasi yotadi. Shu tariqa, XIX asrning 70 yillar oxiri 80-yillari boshlarida tuproq geografiyasi ilmiy yo’nalishi yaratildi va rivojlana boshlandi. Tuproq o'zining kelib chiqish mohiyati bilаn tabiatdagi murakkab biokos (organik уа noorganik moddalardan iborat) jismdir. Shu sababli ilmiy izlanishda maxsus ilmiy tadqiqot metodlarini talab qiladi.
Bu metodlar ilk marotaba V.V. Dokuchaev tomonidan 1878-1879-yillardagi asarlarida, shuningdek, “Rus tuproqlari kartografiyasi” asarida yoritilgan. Tuproq mustaqil tabiiy jism sifatida o'zining kelib chiqishi (genezisi) bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. V.V.Dokuchayey ko'rsatgandek, yer yuzasidagi barcha tuproqlar "mahalliy iqlim, o'simlik уа hayvonot organizmlari, оnа tog' jinslarning tarkibi уа tuzilishi, maydonning relyefi уа nihoyat joyning yoshi kabilarning juda murakkab ta'siri" natijasida paydo bo'ladi. Uning g’oyalari shuni ko’rsatdi-ki, tuproqning yer qatlami bo’yicha tarqalishi tasodifiy emas, balki tuproq shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarning uyg’unlashuviga bog’liq bo’lgan o’ziga xos xarakterga ega. Haqiqatan, agar yer sharining turli hududlari turli iqlimga, hayvonot va o’simlik dunyosiga, turli tog’ jinslariga va mahalliy relyefi, tuproq shakllanishining turli omillaridan iborat bo’lsa, tuproqlar ham bir xil bo’lmaydi.
Tuproq tarkibining o’zgarishi bilan tuproq shakllanishidagi geografik omillar o’zgaruvini solishtirish natijasida har bir omil va ularning genesis va tuproq geografiyasida o’zaro umumiyligining asosiy o’rni aniqlandi.
Shuni takidlash lozimki, Dokuchev tuproqning paydo bo’lishidagi muhim omillar tarkibiga tuproq yoshi va tuproq shakllanish jarayonining vaqti kabi omillarni kiritdi. Tuproq paydo qiluychi omillar deb tuproqqa nisbatan tashqi tabiiy muhitning komponentlari tushuniladi, qaysiki, уеr yuzidagi tuproq qatlami ularning ta'sirida vа ishtirokida shakllanadi. Genetik tuproqshunoslikning asoschisi V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi omillar haqidagi ta'limotga asos soldi. V.V. Dokuchayev tuproqlarning genezisi (kelib chiqishi vа rivojlanishi) vа xossalari bilan tuproq hosil qiluvchi omillar orasida mustahkam o'zaro bog'liqlik mavjudligini aniqladi. Shuning uchun tuproq geografiyasini o’rganish uning genezisini o’rganish bilan uzviy bog’liqdir. Bu prinsipga Dokuchaev Rossiyaning qora tuproqlarini o’rganish uchun bir nechta viloyatlarida o’tkazgan yer-baholash ilmiy ishlarida amal qilgan. Geolog, botanik, agronom, ximik, iqtisodchi, statistik va boshqa mutaxassislar tomonidan olib borilgan bu ilmiy izlanishlar natijasida birinchi qiyosiy-geografik ilmiy izlanish metodi va uning xususiyatini labarator-analitik ilmiy izlanishni o’z ichiga olgan, tuproq kartagrafiyasiga asoslangan, tabiiy-tarixiy tuproq klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari tuproqni va yerning iqtisodiy baholash metod va prinsiplariga asoslangan. Shu davrdan boshlab tuproq geografiyasi tuproq kartografyasi bilan bevosita bog’liq holda rivojlana boshladi.
Huddi shu yillarda Dokuchaev genetik tuproqshunoslik prinsiplarini rivojlantirib va tuproq-geografik ilmiy izlanishlar materiallarini umumiylashtirib, birinchi tuproqning geografik rivojlanish qonuniyatlarini- tuproqlarning gorizantal va vertikal zonallik bo'yicha tarqalish qonunini yaratdi. 1900 -yilda Parijdagi xalqaro ko’rgazmada Dokuchaev tomonidan yaratilgan Dunyo tuproq xaritasi tarixining taqdimoti bo’lib o’tadi. Shu vaqtdan boshlab, yer sharida tuproqning geografik tarqalishi ilmiy ifodasini topdi. Dokuchaev tomonidan yaratilgan ilmiy izlanishlar va uning qonun va metodlari yangi ilmiy yo’nalish-tuproq geografiyasiga asos qilib olindi.
Tuproqshunoslik rivojidagi Dokuchaevning ro’lini tahlil qilgan V.I.Vernadskiy tuproqni o’rganishdagi geografik g’oyalarini belgilab o’tgan. “Tuproqshunoslik tarixidan sahifalar” maqolasida Vernadskiy: “Dokuchaevning Sibirning qoratuprog’i, Rossiyaning shimoliy va janubiy hududlarining tuproqlari ustida olib borilgan barcha ko’p miqdordagi va turli xil ilmiy ishlari asta sekin va sezilarli darajada ilmiy asoslangan ikkita g’oyani ilgari surgan. Bu birinchidan, genesis bilan bog’liq holda tuproqning geografik tarqalishi haqidagi g’oya va ikkinchidsan tuproqni tabiiy jism haqidagi g’oya”. Bu g’oyalarni tushuntirishda, yaratishda va rivojlantirishda rus olimlarining orasidan Dokachevning xizmati katta.
Tuproq geografiyasining barcha mamlakatlarda rivojlanishi yangi yerlarni qishloq xo’jalikda qo’llash, xalq xo’jaligining turli sohalarida tuproq resurslaridan foydalanish bilan uzviy bo’gliq. Tuproqshunoslik geografiyasi rivojlanishining barcha bosqichlarida asosiy ro’lni tuproq ilmi bajargan. Tuproqning melioratsiyasi va iqtisodiy jihatdan foydalanish, rivojlantirish kabi amaliy muammolarni hal qilishda tuproqshunos-kartograflarning bevosita ishtiroki tuproqshunoslikda tuproq geografiyasi va genesis sohasida nazariy umumlashtirish uchun yangi fakt va materillarni yaratishga turtki bo’ldi.
Tuproq geografiyasi tuproqshunoslik bo’limi sifatida, uning vazifasi va metodi. Tuproq geografiyasi- tuproq-geografik rayonlashtirish maqsadida yer qatlamida tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari haqidagi ilm. Umumiy va mahalliy geografiyaga ajratiladi. Umumiy tuproq geografiyasi- tuproq kelib chiqishi omillari va tuproq qatlamining tuzilish tiplari, tuproqning geografik tarqalishining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Mahalliy tuproq geografiyasi rayonlashtirish muammolarini o’rganadi va yer shari, qit’alari, ma’lum bir hudud va davlatlar tuproq qatlamini ta’riflash bilan shug’ullanadi.

Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling