Akademik intizom vazifalari


Tuproq gorizontlarining tusi


Download 85.94 Kb.
bet8/18
Sana08.03.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1253602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
tuproqshunoslik

Tuproq gorizontlarining tusi mineral va gumus moddalarining kombinatsiyasiga bog’liq. Gorizontning to’q rangi gumusning katta miqdordagi zaxirasi mavjudligidan; och, oqish rang podzollashish jarayoni natijasida tuproqni ozuqa moddalari bilan to’yinganligini; qizil rang tuproq tarkibida temir oksidining mavjudligidan dalolat beradi.
Rangni xarakterlashda asosiy fon va asosiy rangni o’zgartiruvchi dog’lar kabi belgilar inobatga olinadi. (masalan, noaniq dog’li sarg’ish-bo’z rangli tuproq)
Tuproq tuzilishi-tuproqning alohida agregat bo’laklariga ajralib ketishiga aytiladi. Shuningdek, agrofizik va morfologik nuqtayi nazardan tuproq strukturasu xar xil ifodalanadi. Agrofizik nuqtayi nazardan strukturaviy tuproq o’z ichiga alohida olganda 0.25 mm dan 7-10 mm gacha o’lchamda bo’lgan mezoagregatlarni oladi, qolgan tuproqlar esa strukturasiz tuproqlar deb ataladi. Shunga mos ravishda tuproq strukturasining koeffitsienti К = а / b kiritilgan. Bunga ko’ra, a- mezoagregatlarning miqdori; b-mikro (0.25mmdan kichikroq) va makroagregatlarning (7-10mmdan kattaroq) 0 qiymati hisoblanadi. Bundan tashqari, agregatlar rost va yolg’on turlarga ajraladi. Rost agregatlar suvga chidamli va g’ovakli bo’lsa, yolg’on agregatlar suvga chidamsiz yoki umuman sementlash sababli umuman suv o’tkazmaydigan bo’ladi.
Morfologik nuqtayi nazardan tuproq strukturasi uchta tipga ajratiladi (S.A.Zaxarov): kubsimon, prizmasimon va plitasimon.
Kubsimon strukturada alohida tarzda teng ravishda uchta o’qda rivojlangan. Bu tip ichidan palaxsasimon, yong’oqsimon, urug’simon, changsimon, bo’laksimon va donador tuproq sturkturalari ajratib olingan.
Prizmasimon tipda vertical o’q bo’yicha alohida rivojlangan. Bu strukturaning uch xil ko’rinishi ajratiladi: ustunsimon, yirik prizmasimon va prizmasimon.
Plitasimon strukturada gorizontal bo’yicha alohida rivojlangan tuproqlar kiradi. U plitasimon, plastinkasimon, yaproqsimon, tangachasimon turlarga ajratiladi. Kubsimon struktura gumusli va illuvial gorizontlarning tepa qismi uchun, prizmasimon- illyuvial uchun, plitasimon esa elyuvial gorizontlar uchun xarakterli.
Tabiatda odatda strukturaning aralashma tiplari uchraydi: donador-yong’oqsimon, changsimon-donador va boshqalar. Belarussiyaning tuproqlari asosan haydaladigan va gumusli gorizontlarda donador va urug’simon strukturali, podzol gorizonlarda- plitasimon va plastinasimon, illyuvial gorizontlarningtyuqori qismida yong’oqsimon, illyuvial gorizonlarning quyi qismida prizmasimon strukturali tuproqlarni uchratish mumkin.
Haydaladigan gorizontlar uchun agronomik qiymatga ega struktura tiplariga urug’simon, o’rta va mayda yong’oqsimon, o’rtacha donador strukturalarning barchasi kiradi.

Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling