Akademik intizom vazifalari
Tuproq qatlamining strukturasi
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
2.4 Tuproq qatlamining strukturasi
Tuproq qatlamining gorizontal va vertikal zonalligi yetarlicha nam bo'lmagan hududlarda namlik darajasi va butun quruqlikdagi termik sharoitlarning o'zgarishini aks ettiradi. Tuproq fatsionallik va provinsiyallik birinchi navbatda, tuproq zonalari doirasida iqlimning kontinental o'zgarishi, hamda relyefning mahalliy xususiyatlari va tuproq hosil qiluvchi jinslarning o'zgarishlariga asoslangan. Zonallik analogik topografik qonuniga (S.A. Zaxarova) bo'ysunadi. Unga ko'ra relyefning yuqori elementlaridagi barcha tuproq zonalarida genetik mustaqil tuproqlar (avtomorf), botiqlarda- genetik bo'ysunuvchi (gidromorf va yarim gidromorf), relyef yonbag'ir elementlarida- relyefning pastlashgan qismiga yaqinlashgan sari harakatchan moddalarning akkumulyatsiyasi kuchayuvchi o'tuvchi tuproqlar mavjud. Tuproq qatlamining rang barangligini o'rganish barchaga umumiy xarakterga ega ekanligini isbotladi. Unda turli shakllarning namoyon bo'lishi va ular o'rtasidagi aloqa yuzaga kelishi tufayli " tuproq qatlami strukturasi" g'oyasi kelib chiqdi. (V.M.Frinland,1965) Tuproq qatlamining strukturasi -tuproq qatlami strukturasining ma'lum bir tipi, shuningdek uning tarikiga kiruvchi tuproqlarning tarkibiy va miqdoriy aloqasi, uning kontrastlik va rang baranglik darajasi. Boshlang'ich tuproq areali asosiy tushuncha hisoblanib, aynan ma'lum bir tuproq razryadi bilan band bo'lgan hudud. Uning xususiyatlari quyidagilar: 1) klassifikatsiyasiga mos holda tuproqning nomlanishi; 2) morfologik areal xarakteristikasi: uning maydoni, shakli, chegara xususiyatlari; 3) tuproq hosil qiluvchi jarayoni omillari, shakllanishi va inson omili ta'sirida o'zgarishlari bilan boshlang'ich tuproq areali aloqasining ta'rifi; Boshlang'ich tuproq arealining o'lchami kengliklar bo'ylab turlicha: 1ga dan kam- mayda konturli, 1-20 ga - o'rtacha kontur, 20 ga dan yuqori- katta kontur. Shakli bo'yicha cho'zilgan, chiziqli, dumaloq. Cho'zilgan boshlang'ich tuproq areali uchun kontur uzunligining kemgligiga nisbati 2-5, dumaloq shakl uchun 2, chiziqli uchun - 5 dan ko'p. Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling