Akademik intizom vazifalari
Tuproqning nomenklaturasi va diagnostikasi
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
1.5. Tuproqning nomenklaturasi va diagnostikasi
Tuproqshunoslikda nomenklatura deganda tuproqlarning xossalari vа klassifikasiyadagi turgan o’rniga qarab nomlanishi tushuniladi. Dunyo tuproqshunosligida tuproqning nomenklaturasida uchta asosiy yo’nalish mavjud, ularning har biri o’zining klassifikatsiyasi va diagnostika tizimiga bo’ysunadi. V.V.Dokuchaev tomonidan asos solingan rus yo’nalishi, ilmiy terminologiyaning umumiy prinsiplaridan foydalanib, tuproqlarga mahalliy, bir ma’noli, asosan, milliy leksikadan foydalanib, ramziy nomlar (podzol, oqtuproq, kulrang tuproq, qora tuproq, jigarrang tuproq va b. asosi tuproqning rangidan kelib chiqib nomlangan) bergan. Keyinchalik N.M.Sibirsev tuproqning nomenklaturasini murakkablashtirdi. U tuproq xususiyatlarining o’ziga xosligi va tuproq hosil bo’lish jarayonini ko’rsatib bergan: shokolad rangli qora tuproq, yorqin kulrang o’rmon tuprog’i, to’q kashtang rangli, jigarrang o’rmon tuprog’i, jigarrang yarimcho’l va b. Geografik terminlardan- janubiy, shimoliy qoratuproq; ekologik terminlardan botqoq, tundra, arktik, o’tloq tuproqlari keng qo’llanilgan. Belarrus tuproqshunosligida tuproq nomeklaturasi tuproqlarning to’liq nomlarini o’z ichiga oladi. Unda tuproqning tipi, podtipi, rodi, tusi, turlari va razryadlarining nomlari ketma ketlikda keltirilgan, shuningdek, tuproqning nomidan uning asosiy belgisini bilib olish mumkin. Masalan, chimli-podzol (tip), oq tusli (podtip), qoldiq-karbonatli (jins), kuchsiz podzol (tur) yengil loyli (xil) va b. FAOning tuproqlarining xalqaro nomeklaturasi tuproq birliklarining an’anaviy xalqaro nomlarini yoki grek, lotin, rus tillarini o’zak sifatida olib zem va sol (qorazem, podzol, kashtanzem) qo’shimchlarini qo’shgan holda nomlar yaratilgan. Ularga qo’shimcha tarzda kichik birliklar qo’siladi: boy, kambag’al, karbonatli yoki oltingugurtli fluvisollar (Thionic fluvisols) va boshqalar. Tuproq diagnostikasi-tuproq xusisiyatlarining uyg’unlashuvi orqali u yoki bu klassifikatsion bo’limlarga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida tavsiflash jarayoni tushuniladi. Klassifikasiyalashdagi muaууan bo'limga kiritish imkonini beradigan tuproqning alohida belgilari yig'indisi hisoblanadi. Asosiy diagnostik metodlar profil- morfologik va geografik taqqoslash tahlili hisoblanadi va ular asosida tuproq tiplarini aniqlash mumkin. Tuproqshunoslikda qo’llaniladigan qolgan barcha metodlar kompleks yondashuv orqali eng quyi taksonomik darajaga borish imkonini beradi (xil, podtur, tur, razryad). Haydaladigan tuproqlarni xarakterlashda ularning agronomic, agrofizik, biologik xususiyatlari va hosil natijasining ko’rsatkichlari asosiy ma’noni aks ettiradi. Agronom uchun diagnostik ko’rsatkichlar- unumdorlikni boshqarishdagi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Masalan, tuproq tarkibida gumusning miqdori olish mumkin bo’lgan hosilni tahmin qilishga, ozuqa moddalarining harakatchan birikmalari mikro va makro o’g’itlashdan tejamkor foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, pHKC1 ko’rsatkichi ohaklash zaruriyatini ko’rsatadi va granulometrik tarkib esa suv-havo xususiyatlarining uyg’unlashuvi haqida ma’lumot beradi. Ularning asosida ekin maydonlari strukturasini aniqlashga yordam beradigan tuproqning agrosanoatlashgan guruhlar ishlab chiqiladi. Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling