Akademik litsey oquvchisining ijtimoiy-psixologik moslashuv daftari
Download 135.5 Kb.
|
2 5465547618773898335
- Bu sahifa navigatsiya:
- .Oquvchisining kasbga ijtimoiy psixologik moslashuv daftarini yuritishga qo`yiladigan talablar
H.F.Rashidov Pedagogika fanlari doktori , professor.
I.M.Asadov psixologiya fanlari nomzodi. A.A.Zakirov Psixologiya fanlari nomzodi. < 2.Oquvchisining kasbga ijtimoiy psixologik moslashuv daftarini yuritishga qo`yiladigan talablar 1.” Oquvchisining kasbga ijtimoiy psixologik moslashuv daftarini” akademik litseyning xar bir oquvchisi uchun alohida yuritiladi. Unga shu oquvchi bilan yil davomida otkazilgan psixologik pedagogik tashxis natijalari, xulosalari hamda uning davlat ta`lim standartlari talablari asosida ozlashtirgan bilim, konikma, malakalarining ko`rsatkichlari uzliksiz qayd etib boriladi. 2. Akademik litsey oquvchisining kasbga ijtimoiy psixologik moslashuv daftarini togri yuritishga guruh rahbari va akademik litsey psixologi ma’sul xisoblanadi. 3.Daftarga malumot yozma shaklda qayd etib boriladi.Oquv yili yakunida barcha davriy jarayonlar boyicha kasbiy, pedagogik-psixologik xulosa va tavsiyalar chiqariladi. Xulosalar daftarda batafsil yoziladi va guruh rahbari hamda akademik litsey psixologi tamonidan imzolanadi. 4.Daftarga malumotlarni qayd etishda quydagilarga e`tibor berish zarur. * Psixologik-pedagogik tashxis metodikalarning oquvchining yosh xususiyatlariga ega bo`lishiga ; * Xar bir tashxis xulosalarning korreksiyon-rivojlantiruvchanlik va tavsiyaviy xususiyatiga ega bolishiga; * Tashxis natijalarining korreksiyon-tahliliy xulosalarning ishlab chiqilganligi va dinamik ozgarishlarning aniq ifodalanganligiga . 5. Daftarga uzluksiz psixologik- pedogogik tashxis xulosalari quydagi tartibda qayd etib boriladi: * Oquvchi togrisida umumiy malumot; * Oquvchining bilish psixik jarayonlar va individual-psixologik xulosalari togrisidagi psixologik pedagogik tashxis malumotlari, psixologik korreksiyani talab qiladigan jihatlari hamda akadimik letsiyda oqishi davomida u bilan amalga oshirilgan korreksiyon-rivojlantirish ishlarining natijalari; * Oquvchining akademik litseyda oqishi davomida ijtimoiy ma`naviy sifatlarning shakllanganlik darajasi va namoyonligini izohlovchi ijtimoiy psixologik va pedogogik tashxis malumotlari, shu asosida belgilangan pedogogik korreksiyani talab etadigan jihatlari hamda amalga oshirilgan korreksiyon rivojlantirish ishlarning natijalari; * oquvchining oquv motivatsiyasi ,umumtalim va ixtisoslashtirilgan fanlarni ozlashtirish togrisidagi malumotlar, ozlashtirishi qiyin bolgan fanlar bo`yicha oquvchi va uning oqituvchisiga belgilangan tavsiyalar, shuningdek, tanlov fanlarni tanlash motivlari hamda uning oqtuvchisiga belgilangan tavsiyalar, shuningdek, tanlov fanlarni,tanlash motivlari hamda uning keyingi talim bosqichiga yonalganligi; * oquvchining ijtimoiy muhitga, tanlagan talim yo`nalishiga ijtimoiy psixologik moslashuv natijalari, uninng oqish davomida otkazilgan ijtimoiy-psixologik tadbirlar hamda unga berilgan umumiy psixologik-pedogogik tavsiyalar ; * oquvchida shakllangan ijtimoiy-psixologik, talimiy-kasbiy (egallagan talim yonalishiga oid) hususiyatlari, keyingi talim bosqichiga borish bo`yicha rejalarni hamda unga berilgan umumkasbiy, pedagogik-psixologik tavsiyalar ; Akademik litseyning bitiruvchisining keyingi faoliyat togrisidagi malumotlar. Izoh: Xar bir yo`nalish bo`yicha natijalar umumlashtirib, oquvchining umumiy aqliy va manaviy-ruhiy rivojlanish dinamikasining tahlili asosida xulosalar chiqarilishi va korreksiyon-rivojlantirish tadbirlarni amalga oshirish lozim. Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling