“akademik litsey va kollejlarda ingliz tili fanini o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish”
5.Ingliz tilini o’qitishda yangi pedagogik uslublar ahamiyati
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Itolmasova Umida kurs ishi
24 5.Ingliz tilini o’qitishda yangi pedagogik uslublar ahamiyati Ta’lim jarayonida o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanish, bunda o‘quvchilarning yosh-psixologik xususiyatlarini hisobga olish shu kunning asosiy talabidir. Biz quyida maktabda boshlang‘ich davrda ingliz tili o‘qitishning ba’zi jihatlari to‘g‘risida to‘xtalmoqchimiz. Zero, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan usullar, yondashuvlar maktablarda endigina ish boshlagan yosh mutaxassislar uchun amaliy yordam vazifasini o‘tishiga ishonamiz. Amaliyot ko‘rsatdiki, til o‘rganish jarayoni sinf o‘quvchilarni guruhlarga ajratib tashkil etilganda samaliroq bo‘ladi. chunki bu o‘quvchiga dars jarayonida guruhlarga zaruratdan kelib chiqqan holda turli yondashish, takrorlashga ko‘proq e’tibor berish tez o‘zlashtirayotgan o‘quvchiga esa qo‘shimcha topshiriqlar berish imkonini beradi. O‘tiladigan darslar bir qator-ta’limiy, tarbiyaviy maqsadlarni o‘zida mujasamlashtirgan bo‘ladi. ushbu maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchi qator mashqlardan foydalanishi mumkin. O‘quvchilar sinfxonadagi bor jihozlarning inglizcha nomini yozishadi. Bu birinchi bosqich bo‘lib, unga 2 daqiqa vaqt beriladi. O‘qituvchi guruhlar yozgan so‘zlarni tinglaydi. Har bir guruh o‘quvchilari yozgan so‘zlarning miqdoriga qarab, guruhlar baholab boradi. Agar guruh ishtirokchilari rasmda tasvirlab yozgan so‘zlarida bir xillik holatlari uchrab qolsa, bunday holatda so‘zlar hisobga olinmaydi va baholanmaydi. Ikkinchi bosqichda guruh a’zolari o‘zlari yozgan so‘zlari orqali matn tuzishadi. Masalan, this is our classroom our classroom is large and light there are a lot of maps, flags in our classroom. There are 8 desks and chairs in it we like our room. There are a lot of books on the shelves. Ikkinchi bosqich jarayoniga 3 daqiqa vaqt beriladi. O‘qituvchi har bir guruhning yozgan matnini tinglaydi. Uchinchi bosqichda matn tuzishda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlanadi. Bunda guruhlar yozgan matnlarini bir-birlari bilan almashinishadi va guruhlar bir- birlarining yo‘l qo‘ygan xatolarini topishadi. Albatta, o‘qituvchi ham guruhlar yo‘l qo‘yyotgan xatolarni eslab qolishiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli o‘qituvchi 25 sinfxonani aylanib yurar ekan, ularni o‘zida qayd qilib borishi zarur. Mashq oxirida qayd etib qo‘yilgan ba’zi odatiy yoki muhim xatolarni o‘qituvchi aytib o‘tishi lozim. O‘quvchilarni juftlik yoki guruh ishlari davomida shovqin solmasdan va xushmuomalalik bilan gapirishga hamda vazifani bajargandan so‘ng, qo‘shimcha vazifa olishga tayyor turishga o‘rgatish kerak. Agar mashqni bajarishdan oldin aniq ko‘rsatmalar berilsa, o‘quvchilar vazifani adashmasdan va ortiqcha shovqinlarsiz bajara oladilar. Rasmlarga munosabat mashqini bajarish yuzasidan xulosa shuki, bunday mashqdan foydalanish o‘quvchilarning tekshirish, og‘zaki tasvirlash, muhokama qilish, fikr yuritish, qobilyatlarini rivojlantiradi. Bir-biriga do‘stona munosabatda bo‘lish, birgalikda faoliyat yuritishi muxiti yaratiladi. Bu mashqni bajarish rivojlantiruvchi maqsadga erishish uchun imkon ham beradi, ya’ni o‘quvchining fikrlash, tasavvur qilish, diqqat e’tibor, xotira ko‘nikmalarini rivojlantiradi, mustahkamlaydi. Darsni yanada samaliroq olib borish uchun turli mashqlardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Og‘zaki va yozma nutqning semantik va ekspressiv, stilistik, leksik va sintaktik farqlari; og‘zaki va yozma nutqning aralash shakllari sifatida monologik va dialog nutq. Ijtimoiy aloqa muammosida dialog eng ko‘p ishlatiladigan shakl ekanligi mualliflar uslubining yagonalik muammolarini o‘rganadi. “Ingliz tili leksikasi” 13 o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari kerak. - Leksikalogiya – zamonaviy ingliz tili lug‘at sistemasini o‘rganuvchi fan ekanligi haqida tasavurga ega bo‘lish; - Ingliz tili so‘zlarining morfologik tuzilishi va so‘z yasalishi; - So‘z yasash usullari va ularning ishlatish o‘rni; - ingliz tili so‘zlarning semantik tuzilishi va undagi muhim ahamiyatlari: - zamonaviy ingliz tilidagi sinonim omonim va antonim so‘zlar haqida: - ingliz tilida so‘z birikmalari va ularning qo‘llanishi; 13 Temirov Y., Suyarova N. “Chet tili o‘qitish metodikasi”-B156-158 26 - ingliz tili frazeologizmlari va ularning asosiy xususiyatlari; iboralar, so‘z birikmalari; va ularning ma’nosiga putur yetkazmay tarjimada aks ettira olishi; - Frazeologizmlarning stilistik usulda ishlata olishi; - ingliz zabon mamlakatlar ingliz tilining o‘ziga xos xususiyatlari; - ingliz tili lug‘at sistemasi va ularning rivojlanishi; - lug‘at turlari va ulardan to‘g‘ri foydalanish; O‘quv jarayonida tinglovchilarga mavzularning mazmunini kengroq yoritib berish ish uslublarini to‘g‘ri bajarish maqsadida texnik vositalar qo‘llaniladi Tinglovchilarning o‘zlashtirish mezoni ham pyuter orqali, test va reyting usulida aniqlandi. Leksikologiya fan bo‘yicha o‘tiladigan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilarda ilmiy-ijodiy yondashuv, tanqidiy tahlil, muammoli munozara, sintez, o‘zi va o‘zgalar qarashlarini to‘g‘ri baholash, olingan axborotni to‘g‘ri yetkaza bilish, axborotni ixchamlashtirish va kengaytirish malakalarini egallashga qaratilgan noananaviy usullarda; Nutqiy modullarni chuqur o‘rganish va mashq qilish hamda vaziyatli va rolli o‘yinlar baxs munozara, debatlar, loyihalash usuli; taqdimot, kichik himoya. Ta’lim jarayonida quyidagi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq: • Aqliy hujum; • Guruhlarga bo‘lish; • “Skrabey” texnologiyasi; • “Veyer” texnologiyasi; • Loyihalash usulini qo‘llab ta’lim berish; • O‘yinlar orqali o‘rgatish texnologiyasi; Ko‘rgazmali qurollar; Plakatlar; Tablitsalar; Slay; Tarqatmalar; 27 Tinglovchilarning ishlaridan namunalar. Pedagogikaning muhim muammolaridan biri o‘qituvchining mutaxassisligi va faoliyatining asosini tashkil etish shart bo‘lgan pedagogik jarayon nazariyasini ishlab chiqishdir. Ana shularni e’tiborga olgan holda, yosh pedagoglarning malakasini oshirishda asosiy masalalar quyidagicha belgilanadi: - o‘qitish jarayoning samaradorligini oshirishda pedagogik malakalarini shakllantirish; - ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish; - o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini rivojlantirish maqsadga muvofiq egallash; - o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash; Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, qaratilgan. Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunga ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilar; Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur” 14 da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 14 www.wikipedia.org 28 Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonida tizimli faoliyat yondashuvchi keng joriy etish imkoniyatini o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishi ta’minlaydi; O‘quv – tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda zamonaviy o‘qitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rnida ahamityai beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi. Bunday pedagog va talaba (yoki o‘quvchi) larning birgalikda o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lib, ularga; - talaba (yoki o‘quvchi) tshtp dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi; - talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari doimiyligini ta’minlanishi; - talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; - pedagog va talaba (yoki o‘quvchi) larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. 29 XULOSA So’nggi yillarda chet tillarini o’rganishga va o’qitishga bo’lgan e’tibor sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu esa chet tili darslarini, xususan, ingliz tili fanini qiziqarli qilib o’tishni ya’ni turli innovatsion metodlardan, texnik vositalardan, turli xil o’quvchini jalb qiluvchi, interfaol texnologiyalardan foydalanishni taqozo etmoqda. 10-11 sinflarga chet tilini o’qitishni o’rgatishda bunday usullardan foydalanish o’quvchining fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini yanada oshiradi . Darhaqiqat,10-11 sinf o’quvchilariga dars berishda grammatik tushunchalar ham o’rgatiladi, chunki o’qituvchilarning dars rejalarida bu ko’rsatilgan. Ammo, bu jarayonni osonlashtirish va qiziqarli o’tkazish uchun ham texnologiyalar mavjud. Masalan mavzu so’z turkulari (parts of speech). Ular so’z turkumlarini yaxshi o’rganishlari va bir-biridan ajrata olishi kerak. O’quvchilarga ingliz tilida musiqa qo’yib berilib qo’shiq ichidan tinglash paytida faqat ot (noun) so’z turkumiga oid so’zlarni yozish topshirig’i berilishi va keying o’quvchiga boshqa so’z turkumi berilishi mumkin. Shunday qilib mavzu mustahkamlanadi, bu usulni boshqa mavzularni o’tish jarayonida ham qo’llash mumkin. Buni o’quvchilar uchun madaniy hordiq sifatida tashkillashtirish ham mumkin.. Ushbu yuqorida keltirilga rexnologiyalarning maqsadi o’quvchilarning xotirasini kuchaytirish, aqliy salohiyatini oshirish, tezkorlik, ziyraklik, yangi so’zlarni oson esda saqlash va eng asosiysi darsni mazmunli tashkil qilishdir. Bugungi kunda ta’lim jarayoni asosan an’anaviy tarzda olib borilayotgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini uzluksiz o’rganishni tashki qilish, shuningdek, o’qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirlishni taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiyalari bilan ta’lim berishning ilg’or uslublarni joriy etish yo’li bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni shu o’rganayotgan tillarining mutaxasisi bulishi va buning negzida ular shu tillarda bemalol so’zlash olishlari maqsadga muvofiqdir. Zero, barchasi yoshlarimizning buyuk kelajagi, yurtimiz ravnaqi uchundir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling