“akademik litsey va kollejlarda ingliz tili fanini o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish”


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1359054
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Itolmasova Umida kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4
Hoshimov O‘.H. Yoqubov I.Y. “Ingliz tili o‘qitish metodikasi” Toshkent 1993.-B.56-59 


11 
2.Akademik litsey va kollejlard chet tilini o’qitishda interfaollik muammosi 
Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarni o’zgarishlar ro’y berayotganligi kun 
sayin yaqqol ko’rinib bormoqda. Turli ta’lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan 
o’qitish keng qo’llanilayotganligi ham quvonchli hol. Masalan, muammoli o’qitish 
jarayonini tashkil etishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Tinglovchini yetuk 
mutaxasis qilib tayyorlashda muammoli o’qitishni tashkil etish muloqotni 
telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni hal 
etish uchun qo’shimcha o’quv materiallarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bular 
qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi 
ko’rsatmalar va hakozalar bo’lishi maqsadga muofiq. 
Ta’lim jarayonida yuqori malakali, fan asoslarini puxta egallagan, har 
tamonlama yetuk mutaxasislarni tayyorlash asosiy maqsad qilib qo’yilgan. 
Shuning uchun hozirgi zamon talablariga muofiq xorijiy tillarni o’rganishda 
zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. 
10-11 sinflarda chet tili darslarida zamonaviy o’quv – texnik vositalari, lingafon 
xonalari, multimedia, maxsus dasturlashtirilgan mavzular, ko’p tilli elektron 
lug’atlardan bevosita foydalanish maqsadga muofiqdir.
Chet 
tillarini o’rgatishda masofaviy ta’lim usullaridan, matbuot, 
telekommunikatsiya va internet materiallaridan foydalanish o’quvchi – 
talabalarning faqat chet tillarini o’rganibgina qolmay, balki intelektual darajasini 
oshirish uchun axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
5
Chet tilini o’qitishda eng 
samarali yondashuvlar qatorida axborot – kommunikatsiya texnologiyalari 
vositasida, masofaviy ta’limda til o’rgatish metodikalarini ko’rsatish mumkin. 
Komyutar texnologiyalari, ayniqsa, internetdan foydalanib til o’rganishda juda 
keng imkoniyatlar mavjud.
5
www.Britannica.com 


12 
Ular quyidagilarga namoyon bo’ladi: 
1) chet tilida og’zaki munosabatlar bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlari va 
malakalaridan amaliyotda faol foydalanib, olgan til materiallaridan faqat o’zining 
nutqida emas, balki internet orqali tanishgan suhbatdoshi nutqini tushunishda ham 
foydalanishda o’rganish; 
2) o’zlashtirgan nutqiy bilimlarini munosabatning o’zgaruvchan vaziyatlariga 
ko’chirish moslashuvchan ko’nikmasini shakllantirish; 
3) norasmiy muloqat shaklida amalga oshiriladigan suhbatni uyushtirishga, 
so’zlashishni o’rganishga nisbatan kuchli, darhol yuzaga keladigan motivatsiyani 
va haqiqatga yaqin munosabat motivatsiyasini yaratish; 
4) psixologik to’sqinlarni yengish, xususan, chet tilida so’zlashishdan va xatoga 
yo’l qo’yishdan cho’chish, to’sig’ini hamda ichki va tashqi tortinish hamda uyalish 
hissini yo’qotish; 
5) ta’lim sifatining yuqori darajaga ko’tarilishi va darxol natijaliligi; mashg’ulotlar 
ikkinchi mashqidayoq, foydalanuvchilar asosiy o’quv matnida berilgan nutqiy 
qolipda o’rganayotgan chet tilida so’zlasha boshlaydilar; matn ta’sir ko’rsatish 
suggestiv vositalaridan (shu jumladan, xotiraga kiritish) foydalanib, mashg’ulotlar 
birinchi mashqdayoq etiborga olinadi; 
6) ko’p sonly nutqiy, yuksak va grammatik birliklarni taqdim etish va o’zlashtirish; 
bir taqdim etishda 150 – 200 yangi so’zlar, 30 – 50 nutqiy namunalar va bir nechta 
odatiy nutqiy hodisalar kiritiladi va o’zlashtiriladi
6

Internet materiallarida so’zlashish ko’nikmalarini amalga oshirilishi sharti 
sifatida so’z boyligiga, til materiallari hajmiga unchalik katta talablar qo’yilmaydi. 
Biroq so’zlashish muloqot jarayonida shaxs sifatida to’laqonli ishtirik etish uchun 
foydalanuvchi egallab olishi kerak bo’lgan so’z va umuman, til materiallari hajmi 
zarur minimumini belgilaydi. 
10-11 sinflarga o’qitish kursining maqsadi eng umumiy ko’rinishda birinchi 
navbatda, o’rganilayotgan tilda muloqat og’zaki shakliga tinglash va gapirishga 
6
.. M.X.To`xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida ‘‘O‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati‖ nashriyoti, 2010. 
-B 32-33 


13 
o’rgatish bilan belgilanadi. Bundan tashqari, kurs uzaytirilishi muloqat yozma 
shakllariga jiddiy e’tibor qaratish imkonini beradi. Yozma muloqat nutqiy 
faoliyatning o’qish va yozish (yozma nutq) kabi turlarini o’zlashtirishni ko’zda 
tutadi. Masofadan o’qitish kursida ta’lim maqsadlarini kengaytirish ilgari egallagan 
nutqiy malakalarini faollashtirishni, kommunikativ malakani yanada yuqori 
darajasini shakllantirish hamda foydalanuvchilarning Grammatik bilimlarini 
yanada chuqurroq tizimlashtirishni ko’zda tutadi. Masofaviy ta’limning 
samaradorligi tinglovchilarga xotiralarida ko’proq axborotni saqlab turish, 
o’zlarining xabardorliklarini kengaytirish, ishlarida yaxshiroq natijalarga erish ish 
imkoniyatini beradigan omillardan biri interfaollik omilidir. 
Avvalambor 10-11 sinflar uchun ta’lim jarayoniga mos va xos bo’lgan metod 
tanlab olishimiz maqsadga muofiq bo’ladi. Chunki har bir ta’lim tizimining 
samarali va muvaffaqiyatli bo’lishi unda qo’llanilgan metodlarga bog’liq albatta. 
Shu o’rinda ta’lim metodi tushunchasiga ta’rif berib o’tsak. Ta’lim metodi bu – 
zamonaviy darajada o’quv tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan 
pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir
7
.
Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol ta’lim metodini tanlash bu ayni 
maqsadga muofiq ish. Chunki interfaol ta’lim metodi ta’lim jarayonida 
o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning 
bilimlarini o’zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga 
xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam 
beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs munozaralar 
o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon qilish va ifodalash imkoniyati, maruzalar 
soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishga 
imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh , sinf jamoasi bo’lib ishlash 
uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat 
bo’lib, ular ta’lim – tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos 
ahamiyatga ega. Ana shularni inobatga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki. 
7
.“
Innovatsion darslarda o‘quvchilarning inglizcha fikrlash qobilyatini rivojlantirish” Qashqadaryo ziyokori yil 13-son -B.87-89


14 
Interfaol metod chet tillarini masofaviy o’qitish jarayonida ko’plab ijobiy 
natijalarga olib keladi.
Chet tillarini 11-sinflarga o’qitish jarayonida interfaol metodlardan
foydalanish o’quvchilarning ishtirokini faollashtiradi, ularni maksimal natijaga 
samaraga erishishga undaydi. Shuningdek , interfaollik, o’qituvchilarga kursga
murakkabroq materiallarni kiritishga yordam beradi. Interfaollikni ta’lim 
jarayonida o’quvchilar tanishishi kerak bo’lgan muhitni imitatsiya qilish bilan 
qo’shib olib borish mumkin. Masalan, agar kurs kompyuter dasturidan 
foydalanishni nazarda tutgan bo’lsa, ekrandagi tasvirlar, ushbu dasturni ishlashda 
tasvirlanishi kerak bo’lgan rasmlarga mos kelishi kerak. O’quvchilarga esa, 
o’rganilayotgan masalalardan biriga mos keladigan amalni bajarish vazifasini 
berish lozim. Bu masalaga oid murakkabroq mavzular uchun tijorat jarayonini 
modellashtirish va o’quvchiga undan o’tishni tavsiya etish mumkin. 
Chet tillarini o’qitishda interfaol metodlarni qo’llashning asosiy maqsadi 
o’quvchilarni faol ta’lim olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish 
malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Interfaol metodlar 
o’qituvchi va o’quvchining faol munosabati, bir – birini to’liq tushunishga 
asoslanadi. Interfaol metodlarni o’quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – 
dars qaysi shaklda bo’lmasin, qayerda o’qitilmasin darsda o’qituvchi bilan 
o’quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O’qituvchi darsiga tegishli 
muommolarga o’quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va 
natijada o’zlashtirishlarni ta’limlashi lozim.
Masofaviy o’qitishda interfaol metod bugungi kun nuqtai – nazaridan eng lozim 
bo’lgan metodga aylanmoqda. Misol uchun men ma’lum mavzu yuzasidan o’z 
fikrimni bildiraman. Unga munosabat, boshqalarning fikri menga qiziq bunday 
vaziyatda aynan tarmoq orqali tarmoq orqali fikr almashish, nafaqat tanishlardan 
balki, internet orqali tanish yoki notanish bo’lgan boshqa foydalanuvchining fikrini 
bilish ham qiziq. Turli millat vakili turlicha fikr bildirishi mumkin. Ana o’shanda 
umumiy xulosani chiqarib olish imkoniyati yuzaga keladi. Interfaol metod 
o’qitilayotgan mavzuning ham tushunarliroq holda yetib borishi uchun xizmat 


15 
qilishi mumkin. Fikr so’ralishi shunga binoan ma’lum mavzu tanlanishi. Oddiy 
misol ham mana shu ko’targan mavzuimizga bildirilayotgan fikrlarda ham 
mujassam.
Endi esa chet tilini o’rgatishdagi kamchiliklar haqida to’xtalib o’tsak; Birinchi 
muammo bu – masofali o’qish odamlar bilan muloqat qilishni chegaralaydi. 
Masofali ta’lim ishtirokchilarning turli hududlarda (joylarda) bo’lishi mumkinligini 
e’tiborga olgan holda, ko’pchilik tinglovchilar an’anaviy ta’limga qaraganda, 
tyutor – maslahatchi va kursdoshlari tamonidan ko’proq shaxsiy e’tibor hamda ular 
bilan muloqat qilish imkoniyatlariga ega deb hisoblaydilar. Sifatli masofali 
dasturlar talabalarni guruh bo’lib bajaradigan loyihalar va on – line munozaralar 
yordamida o’ziga tortadi. Bunda o’qituvchilar talabalar savollariga o’z vaqtida 
javob beradilar va ularning ishlarini doimiy ravishda baholaydilar, talabalar esa 
ko’proq o’zaro muloqot qilish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Keying muammodan biri bu –10-11 sinfda oqiyotgan o’quvchilarning bilimini 
baholashda aniqlik bularmikan? Olisda turib istalgan shpargalkadan foydalanish
mumkin. Uning uchun hech qanday cheklovlar yo’q.
Navbatdagi muammolardan biri bu – vaqt. Ta’lim olish vaqti sizning 
qo’lingizda bo’lmaydi. Maxsus tayinlangan vaqtlardagini siz ta’lim olish imkoniga 
ega bo’lasiz. 
Galdagi muammo bu – siz foydalanayotgan texnologiya bilan bog’liq bo’lishi 
mumkin. Aytaylik texnikaning buzilib qolishi, yoki internet tezligining kam 
bo’lishi sizga noqulayliklar olib kelishi mumkin. 
Ta’lim tizimida interfaol usulni qo’llaganda o’qituvchi o’quvchini faol ishtirok 
etishga chorlaydi. Ba’zi hollarda o’quvchining kamgapligi yoki uyatchanligi, o’z 
fikrini ochiq ifoda etishda tortinchoqligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. 
Bu hol albatta ta’lim samaradorligini tushurishga xizmat qilishi mumkin. Aynan 
ana shunday holatlarga duch kelmaslik va bunday holatlarni bartaraf etish 
maqsadida aynan masofaviy ta’limda boshqa ta’lim metodlarida nisbatan ko’proq 
interfaol metodni tanlash va amalda qo’llash ko’zlangan maqsadga tezroq va 
samaraliroq yetib olishga yordam beradi. Interfaol asosda dars jarayonini tashkil 


16 
etilganda, o’quvchining o’zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash 
ko’nikmalari shakllanadi. O’quv re’ja, dastur, darslik, standart me’yor, 
qo’llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi. Ta’lim 
mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o’zlashtirish kundalik 
shaxsiy ishlariga aylanadi. O’quvchi erkin fikr bildirish, o’z fikrini himoya qilish, 
isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi. Eng muhimi o’quv jarayonida didaktik 
motivlar vujudga keladi. Ya’ni o’quvchining ehtiyoj, xohish, istagi qondiriladi. 
O’quv – biluv jarayonida o’quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o’quvchini 
o’quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko’taradi. 
Endi esa chet tillarini o’qitishda interfaol usullardan foydalanishning afzalliklari 
haqida to’xtalsak, bunda birinchi galda o’qitish mazmuni yaxshi o’zlashtirishga 
olib keladi. O’z vaqtida o’quvchi – o’qituvchi – o’quvchi orasida ta’limiy aloqalar 
o’rnatiladi. o’zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o’quv materiali yaxshi 
esda qoladi. O’quvchida o’zaro muloqatga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish 
ko’nikmalari shakllanadi. Har bir o’quvchining o’zi mustaqil fikr yurita olishga, 
ishlanishga, mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o’tilgan darslarda 
o’quvchi faqat ta’lim mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki o’zining tanqidiy 
va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi
8

Albatta interfaol darslarni tashkil etishning ham o’ziga yarasha kamchiliklari 
mavjud. Bular, o’quv – biluv jarayoni ko’plab vaqt sarflashni talab qiladi. Interfaol 
mashg’ulotlarida barcha o’quvchilarni keraklicha nazorat etib borishning 
imkoniyati bo’lavermaydi. Juda murakkab materiallar o’rganilayotganda 
o’quvchilar muammoni to’laqonli, aniq yecha olmaydilar, bunday sharoitlarda 
o’qituvchining ro’li past bo’lishi hollari kuzatiladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling