“akademik litsey va kollejlarda ingliz tili fanini o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish”
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Itolmasova Umida kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH” mavzusidagi KURS ISHI 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
- 1.Ingliz tilini o’qitishda informatsion va kammunikatsion texnologiyalarning o’rni
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI 11-23-CHI-20-guruh talabasi Itolmasova Umidaning “AKADEMIK LITSEY VA KOLLEJLARDA INGLIZ TILI FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH” mavzusidagi KURS ISHI 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) Ilmiy rahbar:Z.X.Saidova Buxoro 2022 ка 2 MUNDARIJA 1.INGLIZ TILINI O’QITISHDA INFORMATSION VA KAMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI……….…….....3-9 2.AKADEMIK LITSEY VA KOLLEJLARD CHET TILINI O’QITISHDA INTERFAOLLIK MUAMMOSI…………….……………………………..10-16 3.INGLIZ TILINI O’QISHNI O’RGATISHDA TALAFFUZNING AHAMIYATI VA SAMARADORLIGI……………….……………...…...17-19 4.CHET TILINI O’QITISHDA O’YIN METODIDAN FOYDALANISH..20-23 5.INGLIZ TILINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK USLUBLAR AHAMIYATI…………………………………………………………….....24-28 XULOSA…………………………………………………………………........29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………...…….…30 3 1.Ingliz tilini o’qitishda informatsion va kammunikatsion texnologiyalarning o’rni Chеt tilini bilish har qanday kasb sirlarini o‘zlashtirishda, malaka va mahoratga ega bo‘lishda muhim omil hisoblanadi. Chet tilini bilish xalq xo‘jaligining har qanday sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassisning yuqori darajali malakasini ifoda etadi. Chet tilini hozirda turli sohalarda ham ko`rish mumkin, uni ta`lim jarayonidagi o`rni esa beqiyosdir. Shu sababli ham agar o‘rta umumta’lim maktablari bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish maqsadini o‘z oldilariga qo‘ymagan bo‘lsalar ham, chеt tilini chuqur o‘rganishlari va erkin so‘zlashuv ko‘nikmalarini egallashlari xalq xo‘jaligi turli sohalarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan bo‘lajak mutaxassislar uchun juda zarurdir. Chet tillar bo`yicha ta`lim muassasalar uchun yaratilayotgan elektron darsliklarning aksariyati umum ta`lim maktablari va litsey kollejlarning o`quv rejasidagi predmetlarni qamrab olga. Ma`lumki chet tilini o`rganish hozirda 1- sinfdan amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan chet tiliga bo`lgan e`tibor kuchayib ketdi. O`quv jarayonlarini faollashtirish maqsadida turli kitoblar qiziqarli interaktiv dars xaritalari tuzildi. Vaholanki, bunday ishlar bilan bir qatorda darslarda vertual resurslarga bo`lgan ehtiyoj ham sezila boshladi. Xalq ta`limi vazirligi tomonidan har xil tanlivlarni amalga oshirish orqali chet tiliga bo`lgan e`tiborni kuchayishi, kompyuter imitatsion modellar orqali dars jarayonlarini qiziqarli o`tish muammolari o`rtaga tashlandi. Hozirda ushbu yo`nalish juda keng ommalashib bormoqda. Masalan: Kollejlarda mavjud chet tilllarini o`qitish fakultetlarining o`quv rejasida rejalashtirilgan predmetlardan elektron darsliklar yaratish va ularni ishlab chiqishda Kompyuter imitatsion modellardan foydalanish masasalari hozirda tatqiqodchilar tomonidan o`rganilmoqda. Shuning uchun oliy ta`lim muassasalarida chet tillarini o`qitish fakultetlarining o`quv rejasida ko`zda tutilgan predmetlardan kompyuter imitatsion modellari asosida vertual resurslar yaratish va o`quv jarayonida joriy etish masalasi yechishga qaratilmoqda. Chet tillarini o`qitishni samaradorligiga erishish, o`qitilayotgan predmetni mazmunini ochib berish maqsadida oliy ta`lim muassasalarida vertual resurslar yaratish va ulardan 4 samarali foydalanishni amalga oshirish jarayonini belgilanadi. Chet tilini o`rganishda yana bir omillardan biri bu internet orqali o`rganishdir. Chunki IKT orqali o`rganilayotgan har bir chet tili ham visual ham audio orqali o`rganuvchiga ta`sir qiladi. Bugungi kunda chet tilini o‘rganish imkoniyatini taqdim etuvchi veb-servislar talaygina. Onlayn-servisda, avvalambor, o‘rganiladigan til, undan keyin sizga mos bo‘lgan daraja va o‘rganish usuli tanlanadi. Usullar orasida lug‘at, dialog, yozish, gapirish, podcast tinglash kabi tanlovlar mavjud. Ulardan istaganingizni tanlab, til o‘rganish jarayoniga kirishishingiz mumkin. Ta’lim jarayoniga komputer texnologiyalarining kirib kelishi o’quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirmoqda. Komputer va uning bir qator dasturlari talabalar uchun obyekt xarakterini yaxshiroq anglash, uni o‘rganish jarayonida faol ishtirok etib, natijalarini dasturlarda qayd qilib borish, mustaqil ravishda ham uning ko‘rsatkichlarini, ham vazifa shartlarini o‘zgartira olish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o‘qituvchining guruh bilan muloqot jarayonida asosiy bilimlarni uzatish emas, aksincha, laboratoriya ishlari hamda amaliy mashg‘ulotlar natijalarini elektron holda qayd etib borish, mustaqil ishlash va tadqiqot ishlarini olib borishga o‘rganish faoliyatini takomillashtirishdan iborat 1 . Hozirgi kunda talabalar dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan berib borilayotgan ko‘rsatma va tushunchalarni elektron tarzda qayd etib borishga o‘rganmoqda. Bunda qayd qilish dasturlarining ahamiyati katta. Ular har qanaqangi qaydni o‘zida saqlash hamda kerakli vaqtda o‘zgartirish imkoniyatini beradi va talabalarni amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarida natijalarni yozib borishda, komputerga kiritishda qulaylik yaratadi. Shuni ta`kidlash joizki, kompyuter vositalari bilan fanni o`rganish juda oson ravishda amalga oshirilishi munosabati tufayli hozirda ushbu texnik vositalar hamda dasturlarga bo`lgan e`tibor kuchayib bormoqda. “Hozirda kompyuter texnologiyalar bilan ta`lim jarayonida samarali natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa chet tilini o`rgatishda KIM o`rni beqiyosdir. Shuni aytib o`tish joizki, chet tilini ayniqsa ingliz tilini o`rganishda samarali natija berayotgan 1 .Passov Ye.I. Коммуникативний метод обучения иноязичному говорению. М.: Просвещение,1991,-С.14-22 5 imitatsion modellar asosiy chet tilini rivojlanitishda oson qulay hamda ko`p qirrali imkoniyatlar berilayotganligi ta`lim sifatini rivojlantirishi mumkin” 2 . Albatta bu narsalar ustida ko`plab tatqiqotchilar ish olib borilmoqda. Hozirda nafaqat Yevropa davlatlarida vertual resurslar orqali chet tili o`rganilmoqda balki, mamlakatimizda ham shu kabi tatqiqodlar olib borilmoqda. Bevosita ta`limda ilmiy yangilik kiritish bo`yicha chet tili predmetlaridan maxsus imitatsion modellar yordamida vertual resurslar yaratish va uni o’quv jarayonida qo`llash kabi nazariyalarini ishlab chiqarib amaliyot sifatida maxsus verual resurslar ishlab chiqarishda faoliyat ko`rsatilmoqda. Bunday samarali ishlar ta`limda chet tiliga bo`lgan e`tiborni yanada oshib borishin hamda uni sifat darajasini oshirishga yana bir bor turtki bo`lishini ta`minlayid. Vaholanki, bunday qilinayotgan ishlar ingliz tiliga bo`lgan e`tiborni kuchaytiradi. Yosh avlod uchun uni barkamol komillikka erishishi yo`lida unda chet tiliga bo`lgan e`tiborini kuchaytirishni yangi metodlarni qo`llagan holda chet tiliga ayniqsa ingliz tiliga qiziqishi o`rganishiga zamin yaratish kabi ishlar hozirda nafaqat mamlakatimizda balki, turli davlatlarda ham amalga oshirilmoqda. Ingliz tilini KIM asosida o`qitish dars jarayonida interfaollikni yuksaltiradi, darsni interaktivlikni ta`minlab beradi. O`quv jarayonlarni tashkil qilishda vertual resurslarning ishlatilishi darsni jonli tarzda o`tishini ta`minlaydi, bu esa dinamik jarayonlarni olib keladi. Ushbu darslarni o`tishda mavzulashtirilgan vertual resurslarni qayta ko`rish hamda takror ravishda uni amalga oshirish imkoniyati kengayadi. Ingliz tilida yaratilayotgan vertual resurslar tilni tushunishga hamda yangi ma`lumotlarini ko`rish hamda eshitish orqali qabul qilishni ta`minlashga xizmat qiladi. OTM da chet tillarni KIM asosida o`qitishda hozirda juda katta ishlar olib borilmoqda. Xususan Toshkent axborot texnologiyalari instituti Qarshi filialida KIM asosida maxsus lug`atlar joriy etilgan bo`lib, ushbu lug`atlar jamlanmaisda o`zbek hamda ingliz so`zlarni qanday holatlarda qo`llanilishi haqida aytib o`tilgan. Ma`lumki chet tilini o`rganish uchun ruscha adabiyotlar orqali tilni o`rganish 2 Bo‘ronov J. “Chet tili o‘qitish metodikasi” Toshkent 1996.-B.132 6 mumkin xolos. Uning grammatikasi so`zlashuvda ishlatiladigan qoidalari majmuasi faqatgina rus tilida. Bu esa til o`rnganishni murakkablashtiradi. Yaratilyotgan modellarda esa milliy qadriyatlarga asoslanib uning izohini o`zbek tilida bayon qilish hozirda ilmiy tatqiqotchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Ingliz tilida yaratilayotgan vertual resurslar orqali o`rganuvchi o`ziga oson ravishda qabul qiladi, va unga yetarli darajada AKT vositalari bilan ishlash ko`nikmasi hosil bo`ladi. AKT vositalari bilan o`rganiladigan har bir fan oson va tez ravishda qabul qiluvchiga yetkazildai. Undagi vertual baza esa oson ravishda ma`lumotlarni tezkor xotiralarga saqlashni ta`minlaydi. Hozirgi kunda talabalar dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan berib borilayotgan ko‘rsatma va tushunchalarni elektron tarzda qayd etib borishga o‘rganmoqda. Bunda qayd qilish dasturlarining ahamiyati katta. Ular har qanaqangi qaydni o‘zida saqlash hamda kerakli vaqtda o‘zgartirish imkoniyatini beradi va talabalarni amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarida natijalarni yozib borishda, komputerga kiritishda qulaylik yaratadi. Ma`lumki chet tilini o`rganishda ham shunday qaydlar mavjud bo`lib, buni kompyuter vositasi orqali har xil obrazli ko`rinishlar hamda taqdimotlar orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Mustaqilligimizda so`ng ta`lim jarayonida ko`pgina islohotlar amalga oshirildi shulardan ta`limda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, ta`lim sifatini oshirishda har xil iteraktiv o`yinlar joriy qilish vaho kazo. Ushbu tizimlar hammasi faqatgina chet tilini o`qitishda hamda samarali dars jarayonlarini tuzishga qaratilgan hisoblanadi. Chеt tilini bilish har qanday kasb sirlarini o‘zlashtirishda, malaka va mahoratga ega bo‘lishda muhim omil hisoblanadi. Chet tilini bilish xalq xo‘jaligining har qanday sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassisning yuqori darajali malakasini ifoda etadi. Shu sababli ham agar o‘rta umumta’lim maktablari bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish maqsadini o‘z oldilariga qo‘ymagan bo‘lsalar ham, chеt tilini chuqur o‘rganishlari va erkin so‘zlashuv ko‘nikmalarini egallashlari xalq xo‘jaligi turli sohalarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan bo‘lajak mutaxassislar uchun juda zarurdir. 7 Chеt tilini o‘qitishda eng samarali yondashuvlar qatorida axborotkommunikatsiya tеxnologiyalari vositasida, masofaviy ta’limda til o‘rgatish mеtodikalarini ko‘rsatish mumkin. Kompyutеr tеxnologiyalari, ayniqsa, Intеrnеtdan foydalanib, til o‘rganishda juda kеng imkoniyatlar mavjud. Ular quyiidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) chеt tilida og‘zaki munosabatlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlari va malakalaridan amaliyotda faol foydalanib, olgan til matеriallaridan faqat o‘zining nutqida emas, balki Intеrnеt orqali tanishgan suhbatdoshi nutqini tushunishda ham foydalanishga o‘rganish; 2) o‘zlashtirgan nutqiy bilimlarini munosabatning o‘zgaruvchan vaziyatlariga ko‘chirish moslashuvchan ko‘nikmasini shakllantirish; 3) norasmiy muloqot shaklida amalga oshiriladigan suhbatni uyushtirishga, so‘zlashishni o‘rganishga nisbatan kuchli, darhol yuzaga kеladigan motivatsiyani va haqiqatga yaqin munosabat motivatsiyasini yaratish; 4) psixologik to‘siqlarni yеngish, xususan, chеt tilida so‘zlashishdan va xatoga yo‘l qo‘yishdan cho‘chish, to‘sig‘ini hamda ichki va tashqi tortinish hamda uyalish hissini yo‘qotish; 5) ta’lim sifatining yuqori darajaga ko‘tarilishi va darhol natijaliligi; mashg‘ulotlar ikkinchi mashqidayoq, foydalanuvchilar asosiy o‘quv matnida bеrilgan nutqiy qolipda o‘rganayotgan chеt tilida so‘zlasha boshlaydilar; matn ta’sir ko‘rsatish suggеstiv vositalaridan (shu jumladan, xotiraga kiritish) foydalanilib, mashg‘ulotlar birinchi mashqdayoq e’tiborga olinadi; 6) ko‘p sonli nutqiy, yuksak va grammatik birliklarni taqdim etish va o‘zlashtirish; bir taqdim etishda 150-200 yangi so‘zlar, 30-50 nutqiy namunalar va bir nеcha odatiy nutqiy hodisalar kiritiladi va o‘zlashtiriladi. Chеt tilini jadal o‘qitish mеtodikasi o‘rta umumta’lim maktablarida o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida boshlang‘ich, o‘rta, yuqori bosqichlarida o‘z o‘rnini topgan. Suggеstopеdik tеxnologiya so‘nggi paytlarda paydo bo‘lgan chеt tillariga o‘qitish yangi modеllarini yangi mazmun bilan to‘ldirishi mumkin, ular orasida: sohali o‘qitish modеli, ikkinchi chеt tiliga o‘qitish modеli, boshlang‘ich ta’lim modеli 8 mavjud. O‘rta maktab sharoiti uchun jadal mеtodikani ishlab chiqish quyidagi jihatlar • ta’lim ko‘rsatkichlarining miqdorlidan sifatliga o‘sishi • suggеstopеdik tеxnologiya yordamida nutqiy faoliyat barcha turlariga o‘qitishning uy va sinf ishlari o‘rtasidagi nisbatlarni sinf ishlari foydasiga qayta ko‘rib chiqish va foydalanuvchi hamda foydalanuvchilarning bir-birlari bilan o‘zaro aloqalari yangi xususiyatlarini qurishdan iborat. • vaqtni taqsimlash, jadal mеtodning an’anaviy mеtoddan asosiy muhim farqi hisoblanadi • chеt tili bo‘yicha maktab dasturini o‘rganish uchun jadal mеtod to‘la hajmda qo‘llanilishi mumkin emas. • jadal mеtodning alohida uslublaridan maktabda chеt tili darslarida muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Ma’lumki, o‘tgan asr 60-70 yillari chеt tilllariga o‘qitish mеtodikasi tarixiga “jadal o‘qitish mеtodi” umumiy nomi ostida ma’lum bo‘lgan qator o‘qitishning yangi mеtodlari yuzaga kеlishi va ishlab chiqilishi davri sifatida qaraladi. Dastavval turli mamlakatlarda va shu davrning turli yillarida yuzaga kеlgan mazkur barcha mеtodlar, shunga qaramay, zamonaviy jamiyat ijtimoiy buyurtmasiga mеtodikaning umumiy javobi hisoblanadi. Shu davrning xalqaro vaziyati, axborot “portlashini” kеltirib chiqargan ilmiy-tеxnik inqilob hamda madaniy hamda amaliy aloqalar doirasining kеngayishi bilan sodir bo‘ladigan xalqaro ilmiy-tеxnik aloqalarni bеvosita amalga oshiruvchi fan va tеxnika turli sohalarida mutaxassislarning soni o‘sib borishi bularning barchasi chеt tilini bilish zarurati, xususan, chеt tillarini bilish xususiyatiga o‘z talablarini qo‘ydi va bu bilan ta’limda yangi mеtodlarning ba’zi tamoyillari va ko‘rsatmalarini birlashtirdi. Chеt tili muloqot, bilish, axborot olish va to‘plash vositasi hisoblangan chеt tilida munosabatlar shartlari nutq faoliyati barcha turlarini bilish zarurligini bеlgilab bеradi 3 : ushbu chеt tilida gapirish va nutqni tushunish hamda o‘qish, yozish, nutqiy faoliyat u yoki bu turini bilish darajasi, bеvosita chеt tilida muloqot amaliyotida, ixtisosligi bo‘yicha autеptik va yuksak mazmunli adabiyotlarni 3 Xoshimov O.Yoqubov I. Ingliz tili o’qitish metodikasi. T2002.-B.66-68 9 o‘qishda, kitob, ularga annotatsiyalar, konfеrеntsiyalar uchun tеzislar, amaliy yozmalar ko‘rinishida yozma axborot almashishda namoyon bo‘ladi. Amerikalik olim Lakening fikriga ko`ra “til o`rganishda aralash usuldan foydalanish an`anaviy dars o`tish metodlarini rivojlantirishni ta`minlaydi”. Vaholanki, aralash metod tushunchasi o`qituvchiga berilgan qiyin amallar hisloblanadi. Ushbu amallarni yechish uchun esa KIM yordamga keladi. O`qituvchi dars o`tishda turli xil dars o`tish vositalari bilan foydalanishi mumkin, biroq talabalarni o`rganishi uchun bu yetarli emas. Talabalar ta`limda qo`shimcha ma`lumot olish hamda darslarni jonli tarzda olib borishni ta`minlash uchun albatta, imitatsion modellarning roli beqiyos. Olim Lake ning “biz darslarni o`zaro turli sohalar bilan bog`lab o`tamiz, ta`limni sifatini oshirishda o`zaro takomillashtirishga yordam beramiz” degan fikri shuni anglatadiki til o`rganishda nafaqat yo`naltirilgan soha orqali balki, unga bog`liq ravishda kompyuter imitatsion vositalarni ham o`rganishni aytib o`tilgan. Hozirda ingliz tilini AKT vositalari bilan o`qitish uchun albatta o`qituvchilarda ham yetarlicha malakada ega bo`lgan AKT mutaxasslari bo`lishi kerak. KIM vositalari orqali darslarni o`tishda o`qituvchi boshqaruvchi vazifasida bo`lishi kerak. Bu narsa dars o`tishda rejalashtirilgan o`quv metodik qo`llanma orqali dars jarayonini faollashtirishni ta`minlaydi. Keying jarayon darslarni planlashtirish jarayoni hisoblanib unda dasturlarni tayyorlash hamda internet vositalarni faollashtirish hisoblanadi. Ingliz tili o`rganishda hozirda Yevroppa mamlakatlarida juda keng tarqalgan AKT vositalaridan biri bu internet hisoblanadi. Ular modul orqali talabalarga masofaviy ta`limni yo`lga qo`yishni ta`minlashmoqda. Dars jarayonini oson hamda tushunarli qilib tinglivchiga havola qilish ham ular oldiga qo`yilgan maqsadlardan biri hisoblanadi. Ingliz tili darslarini darajalarga qarab ularga mos ravishda vertual resurslar yaratish chet tilini rivojlanishni ta`minlaydi. O`zbekistonda ham modul tizimini rivojlantirish amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimni joriy qilishdan maqsad esa chet tilini nafaqat dars jarayonida balki uyda turib ham ishlash imkoniyatini yaratishdir. Buda faqatgina internet tarmog`iga ulanish orqali ishlash mumkin. Ushbu yo`nalsih ham AKT sohasining tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Chet tilini o`qitishda unda AKT vositalarni qanday 10 tanlashga ham bog`liq. Dasturni to`gri tanlash hamda unda ishlash ko`nikmasiga ega bo`lish bilan birga, ma`lumotlarni aniq ravshan ekanligi ham muhim o`rin tutadi 4 . Shuning uchun ham ingliz tilini o`rganishda dasturiy ta`minot tushunchasi muhim o`rin egallaydi. Ingliz tilini o`rganishda birinchi navbatda dasturiy ta`minot deganda unda asosan tasviriy harakatni amalga oshirdadigan maxsus dasturlar tushuniladi. Unda obrazliylik hamda jarayonni ko`rsatish orqali ma`lumotni yetkazish asosiy maqsad hisobga olinadi. Maxsus dasturlardan foydalanishdan tashqari, har bir mobil telefon va planshet apparatlarining o‘zidagi qayd qilish dasturlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Ular sodda dizaynga ega va har doim sizning uskunangiz ichida saqlanadi. Ammo, ularda qo‘shimcha funksiyalar berilmagan va qisman qoloq dastur hisoblanadi. Shuning uchun ham yuqorida nomlari sanalgan dasturlardan foydalanish samaraliroqdir. Umuman olganda, bu kabi dasturlar juda ko‘p, ularni har tomonlama o‘rganib chiqishingiz mumkin, ammo eng asosiysi, o‘zingizga eng qulay va mos dasturni tanlashingiz siz uchun asosiy mezondir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling