Test topshiriqlari
Akademik litsey va kasb-hunar kolejlarining 2-3 kurs (umumta’lim maktablarining 9-11 sinf) o‘quvchilari olimpiadaning birinchi bosqichida 25 ta test harbiri 4 ball, ikkinchi bosqichida 25 ta (17 ta javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan) test topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 balldan, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa ball qo‘yilmaydi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika) olimpiadasidaesao‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 80 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Test topshiriqlaridan namuna:
1. Javobi tanlanadigan test
Davlatni huquqqa bo‘lgan munosabatiga qarab...
A. Etatik, qonuniy va huquqiy; V. Huquqiy, fuqarolik va yetatik;
S.Etatik, huquqiy va oraliq:
D.Fuqarolik, etatik va oraliq ... turlariga ajratish mumkin.
2. Javobi yoziladigan testlar
Davlatning qonun chiqaruvchi organi qaysi?
-----------------------
Barcha bosqichlarda umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil qiladi.
Tarix fanidan
olimpiada yozma ish masalalari va testni baholash mezoni
Tarix fanidan olimpiadaning birinchi, ikinchi va uchinchi, to‘rtinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinflari o‘rtasida o‘tkaziladi. Olimpiadaning birinchi bosqichi 1 turda (test sinovlari), ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi bosqichlari 2 turda (yozma ish va test sinovlari) o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |