Iqtisodiy bilim asoslari fanidan olimpiada yozma ish masalalari va testni baholash mezoni
Iqtisodiy bilim asoslari fanidan olimpiada umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 turda (yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi.
Olimpiada sinovlarini quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Yozma ish.
Yozma ish topshiriqlari 5 topshiriqdan iborat bo‘ladi. Yozma ish uchun
3 soat (180 minut) vaqtberiladi.
1-2-topshiriqdagi yozma ish topshiriqlari quyidagi mezon asosida baholanadi:
№
|
Mezon
|
Ball
|
1.
|
O‘quvchi iqtisodiy vaziyat bo‘yicha muammoni aniqlasa, masalan yuqorida berilgan masalada qabul qilingan qarorning to‘g‘ri ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab bersa –3 ball;
O‘quvchi iqtisodiy vaziyat bo‘yicha muammoni aniqlasa, masalan yuqorida berilgan masalada qabul qilingan qarorning to‘g‘ri ekanligini faqat nazariy jihatdan isbotlab bersa –2 ball;
O‘quvchi iqtisodiy vaziyat bo‘yicha muammoni aniqlasa, maqbul qaror qabul qila olmasa –1 ball.
|
3
|
2.
|
Muammoning murakkablik darajasini, misollar orqali baholay olsa fikrini misollar bilan dalillasa, masalan nima uchun foydaning 25% aksiyalar uchun divident to‘lashga; 30% xo‘jalikni rivojlantirish fondiga;
25% ishchi va xodimlarni mukofotlashga; 20% yangi texnika va uskunalarni sotib olishga sarflanganligini ahamiyatini tushuntirib bera olsa – 4 ball;
Masalan nima uchun foydaning 25% aksiyalar uchun divident to‘lashga; 30% xo‘jalikni rivojlantirish fondiga 25% larni sarf etilishini hisoblashga harakat qilsa – 3 ball;
Agar o‘quvchi muammoning murakkablik darajasini tushuntirib bera olmasa o‘z fikrini misollar bilan isbotlay olsa –2 ball;
Agar o‘quvchi muammoning murakkablik darajasini tushuntirib bera olsa o‘z fikrini misollar bilan isbotlay olmasa –1 ball.
|
4
|
3.
|
Muammoni yechish yo‘llarini to‘g‘ri belgilay olsa, masalan, foydani taqsimlashning va qayta taqsimlashning ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan asoslay olsa – 3 ball;
Foydani taqsimlashning va qayta taqsimlashning ahamiyatini tushunib yetsa – 2 ball;
qayta taqsimlashning ahamiyatini asoslay olsa - 1 ball.
|
3
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |