Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasini III (viloyat) bosqichi uchun baholash mezoni


Download 1.19 Mb.
bet31/36
Sana16.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1360242
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
olimpiada baholash mezoni sadikov uz

Jami:

10

Har bir topshiriq 10 ball bilan baholanadi. Jami 50 ball.
Test topshiriqlari.
Fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichida o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 minut vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Barcha bosqichlarda umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil kiladi.

Ona tili va adabiyot (maxsus maktablar uchun)


Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlari uchun ona tili va adabiyot fani bo‘yicha Respublika olimpiadasining III (viloyat) va IV (Respublika)bosqichi uchun baholash mezonlari

Ona tili va adabiyot(10-12sinflar uchun )




Yozma ish
Fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) va IV (Respublika) bosqichida o‘quvchilar adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzularning biridan insho yozadilar.
Mazkur turda o‘quvchining yozma nutq qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda savodxonlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi. Insho yozish uchun 4 soat (240 daqiqa) vaqt ajratiladi.
Yozma ish mavzulari o‘quvchilarningmavzu haqidagi bilimlarini yoritishi, shaxsiy fikr-mulohazalari asosidaijodiy yondosha olishi, manbalarda ifodalangan fikrlardan umumlashma xulosalar chiqara olishi e’tiborga olingan bo‘lishi kerak.
Bunda o‘quvchi mavzu bo‘yicha fikrlarini manbalardan shunchaki bayon qilib yozmasdan, o‘z bilimlari asosida ijodiy yondashishi, grammatik qoidalarga rioya qilgan holda mazmunan to‘g‘ri yoritishi lozim.

Yozma ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi


T/r

Mazmuni

Ball

1

Mavzuga mos reja tuzilgan bo‘lsa

2

2

Insho bayonida tilning tasviriy ifoda vositalaridan o‘rinli foydalangan bo‘lsa

2

3

Inshoni yozishda qo‘shimcha manbalardan foydalanilgan bo‘lsa

2

4

Mavzuni yoritishda mustaqil fikrlab ijodiy yondashgan bo‘lsa

2

5

Insho matnida uslubiykamchiliklar bo‘lmasa

2

6

Mavzuda keltirilgan ma’lumotlar aniq, mantiqan to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa

2

7

Matn mazmunida izchillik ta’minlansa

1

8

Fikrlari asosli bo‘lsa

1

9

Inshoda fikrlar takrorlanishi bo‘lmasa

1

10

Inshoda umuminsoniy, milliy qadriyatlar ruhi sezilib tursa

1

11

Mavzuga mos sitata(ko‘chirma)larni to‘g‘ri tanlasa

1

12

Mavzu mazmuni hozirgi davr bilan bog‘langan bo‘lsa

1

13

Keltirilgan fikrlar manbadan ko‘chirilmagan bo‘lsa

1

14

Mavzu reja asosida to‘liq va batafsil yoritilgan bo‘lsa

2

15

Insho yozish uslubi o‘ziga xos bo‘lsa

2

16

Inshoni mavzuga mos xulosalay olsa

2





Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling