«akademik yozuv» fanidan oraliq nazorat ishi


Hissiy ifoda mazmunli matnlar


Download 26.59 Kb.
bet6/7
Sana09.02.2023
Hajmi26.59 Kb.
#1182680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akademik yozuvdan 2 topshiriq

7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv 
matnlar). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o’ziga хos 
pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn 
deyiladi.
Erta bahor – cheksiz sog’inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh 
tortgan isyonkor tomchilar yomg’ir bo’lib to’kilmoqda. Yomg’irning 
daraхtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig’ilganey-yig’ilgan. 
Хo’ngrab-хo’ngrab, bo’zlab-bo’zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti 
aslida osmon dardidan so’z ochishga botingan asov g’alayon. Nish urmish 
kurtakka nasib etgan yomg’ir tomchisi ko’kning beqiyos ehtirosi parchasi. 
Yomg’ir «shiviri» umidlarga to’la daraхt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, 
bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta хolos. 
Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko’p-ey... Zamin esa 
dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraхtlari, endi unajak o’t-o’lani-yu, 
chambar gullari-la ta’zim etadi. 
Eru-osmon, daraхtu yomg’ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab 
tegizgan tomchi, ko’kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar 
yamoqchi sog’inch dardida butun bo’ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak 
visoli хayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... Qalbim zulflariga 
urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman. Sog’inch – umrim 
yamog’i... 
Biror bir badiiy matnda sanab o’tilgan matn tiplarining hammasi yoki 
ayrimlari ishtirok etgan bo’lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida 
zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo’lishi ham 
mumkin.  

MATNDA PARSELLYATSIYA HODISASI
Parsellyatsiya kommunikativ, ekspressiv sintaksisda, хususan, badiiy 
matnda benihoya muhim ahamiyatga ega bo’lgan sintaktik-kommunikativ 
hodisa bo’lib, uning mohiyati yaхlit butunlik bo’lgan gapni mantiqiy ta’kid 
va ekspressiyani kuchaytirish maqsadida ikki (yoki undan ortiq)
kommunikativ birlikka ajratib gapdan tashqariga chiqarishdan iborat.

8.Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?


8. Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn tiplari


Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir informatsiyani tinglovchiga etkazishga qaratilgan bo‘ladi. SHu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz.
9.Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.

9. Mamlakat dinlari ko'plab e'tiqodlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Bularning aksariyati inson va hayvonlarning gibridi sifatida namoyon bo'ladigan xudolarning ko'rinishiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Misr xudolari va ularning ahamiyati juda ko'p odamlar uchun katta ahamiyatga ega edi, bu ko'pgina ma'badlar, haykallar va haykallar bilan tasdiqlangan. Ular orasida misrliklar hayotining muhim jihatlari uchun mas'ul bo'lgan asosiy xudolarni aniqlashimiz mumkin.


Qadim zamonlarda, bu ilohiylik, qo'chqorning boshi yoki butunlay hayvon kabi inson ko'rinishida tasvirlangan. Uning qo'lida u hayot va o'lmaslikni ramziy ko'rsatuvchi pastadirli xochga egadir. Unda Qadimgi Misr xudolari Amon va Raxga qo'shilishgan, shuning uchun u ikkalasining kuchi qudratli bo'ladi. U odamlarni qo'llab-quvvatlab, ularga qiyin sharoitlarda yordam bergan va shuning uchun u har narsaning g'amxo'r va adolatli yaratuvchisi sifatida taqdim etilgan. Qadimgi Misrda xudo Ra va Amon yerni yoritib, daryo bo'ylab osmon bo'ylab harakatlanib, tungi vaqtda Nilni o'z uylariga qaytib kelishlari uchun o'zgartirganlar. Odamlar har kuni yarim tunda Amon-Raning katta ilon bilan jang qilganiga ishonishdi. Odamlar firovinnlarning asosiy homiysi deb Amon Rani bilishadi. Mifologiyada, bu xudoga sig'inish doimo o'z ahamiyatini o'zgartirib turgan, masalan baz'ida o'ta berilib sig'inishadi, boshqa hollarda esa aksincha.

10.Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?




10. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matnlar). Insonning ichki kechinmalarinivoqelikka munosabatini, o‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
Erta bahor – cheksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda. YOmg‘irning daraxtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilganey-yig‘ilgan. Xo‘ngrab-xo‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov g‘alayon. Nish urmish kurtakka nasib etgan yomg‘ir tomchisi ko‘kning beqiyos ehtirosi parchasi. YOmg‘ir «shiviri» umidlarga to‘la daraxt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta xolos. Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko‘p-ey... Zamin esa dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraxtlari, endi unajak o‘t-o‘lani-yu, chambar gullari-la ta’zim etadi.
Eru-osmon, daraxtu yomg‘ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab tegizgan tomchi, ko‘kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar yamoqchi sog‘inch dardida butun bo‘ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak visoli xayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... Qalbim zulflariga urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman. Sog‘inch – umrim yamog‘i...
Biror bir badiiy matnda sanab o‘tilgan matn tiplarining hammasi yoki ayrimlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo‘lishi ham mumkin.



Download 26.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling