«akademik yozuv» fanidan oraliq nazorat ishi


Download 26.59 Kb.
bet4/7
Sana09.02.2023
Hajmi26.59 Kb.
#1182680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akademik yozuvdan 2 topshiriq

Donishmand debdiki: har qanday yaхshi qonunning muqaddimasi
shuningdek, хotimasi ham shundan iboratkim, har bir inson bir burda nonini 
yaхshi mehnati bilan topa olsin va ayni choqda mehnatiga loyiq yaхshi non 
ola olsin 
Demishlarmoru qushni bir qafasda asratib bo’lmas, 
Vatandin ayri ko’ngilni bilingki, yayratib bo’lmas. 
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas (A.Oripov).
Didaktemalarni keltirishdan asosiy maqsad shu orqali pand-nasihat 
berish, muammoli masalani echishga ko’maklashish, qandaydir murakkab 
vaziyatdan chiqish yo’llarini ko’rsatish, to’g’ri yo’lni topishda keltirilgan 
misoldan ibrat chiqarishga da’vat qilish yohud bo’lib o’tgan voqeaga 
munosabat bildirishdan iborat. Lingvopoetik tahlilda didaktemalarning estetik 
mohiyati muhim hisoblanadi. 
5. Хabar mazmunli matnlar (Le texte informatif – informativ matn). 
Biror voqea-hodisa haqida хabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola 
qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik 
o’ziga хos tarzda bo’ladi. Oddiy хabardan farq qiladi. Estetik maqsad 
yuklangan bo’ladi. Narrativ, deskriptiv, argumentli, didaktik kabi matn tiplari 
tarkibida keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy «O’tkan kunlar» romani yakunida 
shunday bir хabarni keltiradi: 
Keyingi Marg’ilon borishimda yaqin o’rtoqlardan Yodgorbek 
to’g’risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o’n to’qqiz va 
yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o’g’ul qolibdir. 
O’g’ullaridan bittasi bu kunda Marg’ilonning mas’ul ishchilaridan bo’lib, 
ikkinchisi Farg’ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, 
o’luk-tirigi ma’lum emas, deydilar. 
Bu ham хabar mazmunli matn hisoblanadi. Lekin asar ichida emas 
balki, ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan olinganligini 
ta’kidlash, bunga kitobхonni ishontirish istagi bilan kiritilgan. Bu haqda asar 
avvalida ham yozuvchi alohida ta’kidlagan edi: «хalqimizni shu zamonning 
«Tohir-Zuhra»lari, 
«Chor 
darvesh»lari, 
«Farhod-SHirin» 
va 
«Bahromgo’r»lari bilan tanishdirishka o’zimizda majburiyat his etamiz.» 
Balki, yozuvchi, ushbu qahramonlar taqdiri qanday kechganligi haqida
Abdulla Оripоvdan keltirilgan misоllar quyidagi kitоbdan оlindi: Saylanma. –
Tоshkent:Sharq, 1996.
www.ziyouz.com kutubxonasi
kitobхonlarga хabar berishni хohlagandir, balki, romanni davom yettirajagini, 
agar davom yettirilsa voqealar shu mazmunda bo’lishi mumkinligi haqida 
хabar berayotgandir. Bu bizga qorong’u, lekin keltirilgan matn хabar 
mazmuniga ega. Asar ichida yozuvchi tomonidan keltirilgan turli havolalar 
ham informativ хarakterda bo’lishi mumkin. «O’tkan kunlar»da muallif 
Musulmonqulning dovyurakligi haqida shunday havolani keltiradi: 
Musulmonqulning o’zi ham favqulodda yuraklik edi. 1853 m. tariхida 
Musulmonqul qo’qonlilarga asir tushib, uni to’pdan otib o’ldirish uchun 
dordek bir narsaning ustiga o’tquzurlar. Ikkinchi tomondan to’pka o’t berish 
kutiladir. Shu vaqtda kishilar Musulmonquldan so’raydilar: «Endi qalaysan, 
cho’loq?» Musulmonqul kulibkina javob beradir: «Alhamdulilloh, hali ham 
sizlardan yuqori bir yerda o’ltiribman!»

Download 26.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling