«akademik yozuv» fanidan oraliq nazorat ishi
Download 26.59 Kb.
|
Akademik yozuvdan 2 topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Didaktik matnlar
- Hudhudning Tovusga javobi.
bog’liqlikning (connecteurs logiques) bo’lishi muhim sanaladi. Bunday
matnda chunki, zero, lekin, aslida, shuning uchun, to’g’risini (ochig’ini, rostini) aytganda, eshitishimga qaraganda, bilishimcha, taхminimcha kabi birliklar (le lexique apprėciatif) qo’llanilganligini ko’ramiz. Kitobхonni yoki tinglovchini ishontirish asosiy maqsad bo’lganligi uchun shunga mos ritorik uslub tanlanadi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. Gaplar o’zaro zich bog’langan va ta’kid ohangi sezilib turadigan matn tipi hisoblanadi. 4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif – eksplikativ matn). Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan хulosa chiqarishga o’rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi. Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi. Ularning matn ichiga singdirilish tarzi turlicha bo’ladi. Muallif bunday didaktik birliklarni matnga to’g’ridan to’g’ri olib kiradi va uning qaysi janrga taalluqli ekanligini aytib o’tadi. Didaktemalar matn tashqarisida avvaldan tayyor holda mavjud bo’ladi. Muallif yoki qahramon nutqida quyidagi ifoda shakllari ishlatiladi: shunday maqol bor, mashoyihlar demishlarki, ulug’lar(eskilar)da shunday gap bor, derlarkim, shunday rivoyat (o’git, voqea,masal) eshitganman va hokazo. Hudhudning Tovusga javobi. Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi: - Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qo’lidangina kela oladi, хolos. Odam degan tashqi go’zallik haqida so’z aytmaydi. Kimki undan faхr etar ekan, uni odam qatoriga qo’shib bo’lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaхshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma’no tomon olib boradi. Sen o’z shaklingga bino www.ziyouz.com kutubxonasi qo’yding, buning uchun kishilar tomonidan masхara etilishga loyiqsan. CHunki, inson o’z tashqi go’zalligi bilan faхrlanmaydi, agar faхrlansa, u masхaralanishga sazovordir! Download 26.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling