«akademik yozuv» fanidan oraliq nazorat ishi


Download 26.59 Kb.
bet2/7
Sana09.02.2023
Hajmi26.59 Kb.
#1182680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akademik yozuvdan 2 topshiriq

5.Mikromatn va makromatn 
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisanarsa-buyumning izchil 
tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matn tuzilishi 2  xil 
bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir. 
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil 
topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq 
yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu ostida 
birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn 
deyiladi. 
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn. 
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida 
oddiy axborot beriladi. Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan 
ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki 
xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, 
shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir. 
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. 
U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) 
yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va 
monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha 
mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. 
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha 
sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.

6.Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot


6. Strukturaviy tilshunoslik — tilshunoslik yoʻnalishlaridan biri; tilga nisbatan ilmiy qarashlar va uni tadqiq etish usullari majmui. Tilni aniq, ajralib turadigan struktur (tarkibiy) elementlar (lisoniy birliklar, ularning turkumlari va boshqalar)ga ega boʻlgan belgilar tizimi tarzida tushunish va tilni qatʼiy (aniq fanlarga oʻxshatib) formal tavsiflashga intilish mazkur qarashlar va usullar asosini tashkil etadi. St. oʻz nomini til strukturasiga boʻlgan alohida eʼtibori tufayli olgan. Til strukturasi (tuzilishi) esa, odatda, lisoniy tizimning muayyan sathlar doirasida iyerarxik (pogʻonali) bogʻlanishda joylashgan va tartibga solingan elementlari oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tilni struktur jixatdan tavsiflash aniq bir matndan umumlashgan invariant (oʻzgarmas) birliklar (ran qoliplari, morfemalar, fonemalar)ni ajratish va ularni aniq, nutqiy boʻlaklar bilan munosabatini qatʼiy qoʻllanish qoidalari asosida aniqlashga imkon beruvchi tahlilni talab qiladi.
St. gʻoyalari asosida strukturaviy (formal) grammatika yuzaga keldi, mashina tarjimasi bilan bogʻliq masalalar kun tartibiga olib chiqildi va maʼlum darajada oʻz yechimini topdi. Tilshunoslikda matematik tadqiqot usullarining keng qoʻllanishiga imkon tugʻildi. St. garchi 20-asrning 20— 30y.larida alohida yoʻnalish sifatida shakllangan boʻlsada, uning dastlabki kurtaklari qad. hind tilshunosi Panini asarlarida, oʻrta asrlardagi universal grammatikalarda, R.Dekart va G.V.Leybnitsning falsafiy lingvistik grammatikalarida uchraydi. Strukturaviy tilshunoslikning paydo boʻlishida I.A.Boduen de Kurtene, F.F.Fortunatov, E.Sepir, L.Blumfild, ayniqsa, F.seSossyurning ilmiy izlanishlari va amaliy faoliyati muhim rol oʻynagan. Strukturaviy tilshunoslikning konsepsiya va metodlari uning ayrim maktablari (Praga lingvistik toʻgaragi — funksional tilshunoslik; Kopengagen maktabi — glossematja; Amerika maktabi — deskriptiv tilshunoslik) hamda bu maktablarga mansub boʻlmagan E.Benvenist, A.Martine, L.Kurilovich, Ye.D.Polivanov va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Strukturaviy tilshunoslikning 50y.largacha boʻlgan rivojlanish bosqichida tilni formal tavsiflash, uning mazmun jihatini inkor qilish, til tizimini matematik tizim sifatida tushunish ustunlik qilganligi sababli strukturaviy tilshunoslik qattiq tanqidga uchragan. 50y.lardan keyin esa lisoniy maʼnoni oʻrganish kuchayadi, maʼno-mazmunni tavsiflashning struktur usullari ishlab chiqiladi. Bu davrda fonologik tahlil usullari grammatika va semantikaga koʻchiriladi. Strukturaviy tilshunoslikning oʻzi esa yangi yoʻnalishlarga qushilib ketib, 70-yillarda alohida yoʻnalish sifatida barham topadi. Strukturaviy tilshunoslik ishlab chiqqan usullar adabiyotshunoslik, etnologiya, psixologiya, antropologiya, sanʼatshunoslik kabi ijtimoiy-gumanitar fanlarda boshqa usullar bilan yonma-yon qoʻllanilmoqda.

7.Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.


7. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumentatif – argumentli matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash uchun turli 


dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o’zini oqlashga urinish yoki 
himoya maqsadida har хil vajlarni keltirish argumentli matn tipining o’ziga 
хos jihatlaridan hisoblanadi. Fikr bilan keltirilgan dalil o’rtasida mantiqiy 

Download 26.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling