Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalarini sanab bering. Akademik yozuv fanining maqsadi


Download 31.78 Kb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi31.78 Kb.
#1030519
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu topshiriq (1)

4. Til nima?
TIL — kishilar oʻrtasida, jamiyatda aloqa va oʻzaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy oʻrganish obyekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigannutq aʼzolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga maʼlum va maqbul boʻlgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qoʻshilishi, birikishi haqidagi qoidalar toʻplami. Til — ijtimoiy hodisa, kishilar, jamoalar oʻrtasidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar mobaynida Sharq va Gʻarb olimu shoirlari, mutafakkirlari tomonidan taʼkidlab kelinadi.

5. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi?
TIL – IJTIMOIY HODISA
Hali voqealanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi – til hisoblanadi. Demak, til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til butun jamiyatga tegishli bo’ladi. Jamiyat a’zolari yordamida shakllanib, boyib boradi. Shu bois tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas.

  1. Til va yozuv tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat?

Yozuvning paydo bo’lishi – kishilik jamiyati yaratgan eng yirik mandaniy kashfiyot hisoblanadi. Insoniyatning qo’lga kiritgan eng yirik davrga xos madaniy obidalar yig’indisi, fikriy natijalarning hozirgi davrga yetib kelishida yozuvning roli kattadir. Agar yozuv bo’lmaganda, qadimgi ajdodlarimizdan qolgan meros, ular yaratgan ijodiy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan bo’lar edi. Yozuvning yaratilishi, unung takomillashtirilishi, jamiyat taraqqiyoti, eng muhimi adabiy tilning rivojlanishini tezlashtirish hisoblanadi. Til dastlabki qarashda barqaror, o’zgarmas fonetik leksik va grammatik sistemani tashkil etadi. Masalan, bizga fikr almashish quroli bo’lib xizmat qilayotgan o’zbek tili, bobolarimizga ham, ota-onalarimizga ham birday xizmat qilib kelgan. Bobo va nabira o’zaro gaplashayotganlarida na birinchi va na keyingi "avlod til nuqtai nazaridan hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Ular doimo bir-birlarini tushunishadi. Lekin shu bilan birga, til qotib qolgan narsa emas. Tilga chuqurroq yondashilsa, bunga ishonch hosil qilinadi. Til har kun, har daqiqa o’zgaruvchan hodisadir. Tildagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar shunday sekinlik bilan bo’ladiki, buni bir avlodning yashash davrida ajratib olish va uni qayd qilish odatda amri maholdir. Uch-to’rt avloddan keyin esa, tilning leksik, grammatik qatlamlaridagi siljishlar ko’zga tashlana boshlanadi.Bunday siljishlarni biz bir narsa tufayli u ham bo’lsa, yozuv orqali bilib olishimiz mumkin (gap yozuv paydo bo’lgandan so’nggi davr haqida boradi). Agar yozuv bo’lmasa, til evolyutsiyasi to’grisida bizda hech qanday tasavvur bo’lmasligi mumkin edi. Faqat yozuv borligi uchungina, biz tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish sharafiga muyassar bo’lamiz: bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o’rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. Tilning rivojlanish yo’lini o’rganamiz, tilga kirib kelayotgan yangiliklarni va ularning sababini aniqlaymiz.O’qish va yozuv hozirgi vaqtda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go’yo ular bir umr til bilan birga bog’liq bo’lgandek ko’rinadi. Aslida yozuvning paydo bo’lganiga ko’p davr bo’lgani yo’q.Ba’zi tillarning hanuzgacha yozuvi yo’q. Amerika qit’asi mahalliy aholisining ko’pchilik tillarini bunga misol tariqasida ko’rsatish mumkin. Inqilobgacha Rossiyada yashovchi kam sonli millatlarning o’z yozuvlari yo’q edi.Yozuvning paydo bo’lishi juda katta ahamiyatga ega bo’ldi, u tilning taraqqiyotiga ijobiy hissa qo’shdi. Yozuv voqea va hodisalarni abadiylashtirish hamda voqea va hodisalarni (axborotni) uzoq, masofaga yetkazish imkonini beradi.

Download 31.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling