Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари
Denov tumani mahalliy byudjeti daromadlari tarkibida boshqa mahalliy soliqlar va yig’imlarning ahamiyati
Download 136.05 Kb.
|
Soliqlarni undirish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar 2011 yil 2012 yil
- Jami daromadlar 79990,0 100,0 94706,1
- Boshqa mahalliy soliqlar va yig’imlar 4417,6 5,5
Denov tumani mahalliy byudjeti daromadlari tarkibida boshqa mahalliy soliqlar va yig’imlarning ahamiyati11
Boshqa mahalliy soliqlar va yig’imlar 2011 yilda 4417,6 mln.so’mni yoki jami daromadlarning 5,5 foizini, 2012 yilda 7490,5 mln.so’mni yoki jami daromadlarning 7,9 foizini tashkil etgani holda, 2013 yilda 11299,0 mln.so’mni yoki jami daromadlarning 11,8 foizini tashkil etishi rejalashtirilib, uning miqdori va ulushi yillar davomida ortib bormoqda. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ushbu yillarda 0,3; 0,6; 0,8 foizni, transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 5,0; 7,1; 10,7 foizni, boshqa mahalliy yig’imlar 0,2; 0,2; 0,3 foizni tashkil etgan. 2.2. Mol-mulk va yer soliqlarini byudjetga undirish mexanizmini tahliliMahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda mol-mulk solig’i asosiy daromad turlaridan hisoblanadi. Mol-mulk solig’i to’lovchilari bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslarga bo’linadi. 11 Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar quyidagilardir: O’zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasining rezidentlari; agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududida o’z mulkida ko’chmas mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, shu shaxs soliq to’lovchidir. Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar bo’lmaydi: notijorat tashkilotlar; soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. Quyidagi mol-mulk soliq solish ob’ektidir: asosiy vositalar, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar; tugallanmagan qurilish ob’ektlari; belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar. Soliq solinadigan baza quyidagilardir: asosiy vositalar bo’yicha – asosiy vositalarning o’rtacha yillik qoldiq qiymati. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang’ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to’lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi; normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar bo’yicha – tugallanmagan qurilishning va o’rnatilmagan asbob-uskunalarning o’rtacha yillik qiymati. O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko’chmas mulk ob’ektlariga nisbatan ushbu mol-mulkning o’rtacha yillik qiymati soliq solinadigan bazadir. Soliq solish ob’ektlarining o’rtacha yillik qoldiq qiymati (o’rtacha yillik qiymat) hisobot davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko’ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o’rtacha yillik qiymatlarini) qo’shishdan olingan summaning o’n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. 2008 yil 1 yanvardan boshlab o’rtacha yillik qoldiq qiymat quyidagicha aniqlangan: 2008 yil 1 yanvardan boshlab o’rtacha yillik qoldiq qiymat = (31.01ga + 28(29).02ga + 31.03ga + 30.04ga + 31.05ga + 30.06ga + 31.07ga + 31.08ga + 30.09ga + 31.10ga + 30.11 ga 31.12ga qoldiq qiymat)/12. Yagona soliq to’lovini to’lovchilar bo’lgan yuridik shaxslar bir oydan kam muddatga ijaraga berilgan mol-mulk bo’yicha soliq solinadigan bazani bu molmulkning mazkur oyning oxirgi kunidagi holatga ko’ra hisoblab chiqilgan qoldiq qiymatini o’n ikkiga va shu oydagi kalendar kunlar soniga bo’lishdan olingan, mazkur mol-mulk ijarada turgan kunlar soniga ko’paytirilgan bo’linma sifatida aniqlaydilar. Binoning bir qismi ijaraga berilgan taqdirda, soliq solinadigan baza umumiy maydoni bir kvadrat metrining qoldiq qiymatini ijaraga berilgan maydonning o’lchamiga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 2013 yil uchun quyidagicha belgilangan. Me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig’i ikki baravar miqdorda to’lanadi. Belgilangan (me’yoriy) muddatlarda ishga tushirilmagan tugallanmagan qurilish va uskunalar qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qo’llanilmaydi. 6-jadval Download 136.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling