Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
I BOB. «XALQARO AUDIT» FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
I BOB. «XALQARO AUDIT» FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA
METODI 1.1. «Xalqaro audit» fanining predmeti va ob’ektlari Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi. Shulardan eng muhimi “Xalqaro audit” fanidir. Auditor (lotincha «auditor» - «eshituvchi», «o’quvchi» degan ma’nolarni anglatadi) – ma’lum muddat davrida korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi shaxsdir. Auditor so’zining lug’aviy ma’nosi ham uning iqtisodiy ma’nosiga ancha yaqin. O’rta asrlarda o’quv yurtlarida sinf, guruh ichida boshqa o’quvchilarga nisbatan bilimi kuchli, zukko o’quvchilarni auditor deb ham atashgan. Shu toifadagi o’quvchilarga boshqa o’quvchilarning darslarni qanday bajarayotganligini, bilimlarni qay darajada o’zlashtirayotganligi kabilarni tekshirish vazifalari yuklatilgan. Mana shu holatdan ko’rinib turibdiki, auditorni mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirib, uning ishonchini qozonadigan shaxs desa ham bo’ladi. Bozor infratuzilmasi unsurlari ichida auditorlik kompaniyalarining roli va tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik kompaniyalari bozor infratuzilmasi unsurlarining zanjirli tizimida asosiy xalqalardan biri bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, firmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliya- xo’jalik faoliyatida muomalalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, mijozlarning ularga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Auditorlik tashkilotlari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biri bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. 19 Audit – xo’jalik yurituvchi sub’ektni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar - auditorlar (auditorlik tashkilotlari) bajaradi. Fanning predmeti auditorlik faoliyatining xalqaro tajribasi, xalqaro auditorlik standartlarini ishlab chiqish va auditorlik faoliyatini unifikatsiyalash masalalarini o’rganish hisoblanadi. Fanning ob’ekti xalqaro audit modellari, jahon mamlakatlarida auditorlik faoliyatining rivojlanish tendentsiyalari, xalqaro auditorlik tashkilotlari va kompaniyalari faoliyati, xalqaro auditorlik standartlari bo’lib hisoblanadi. “Xalqaro audit” fani “Amaliy audit”, “Ichki audit”, “Moliyaviy hisobot auditi” va “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanlari bilan bevosita bog’liq. “Xalqaro audit” fanida ichki audit va moliyaviy hisobot auditining xorijiy tajribalari o’rganilsa, amaliy auditda qo’llaniladigan auditning milliy standartlarini xalqaro standartlar bilan taqqoslash imkoniyati tug’iladi. Bundan tashqari “Xalqaro audit” fani moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirish uslubiyatini ham yoritib beradi. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling