Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


 Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

3.3. Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari 
Auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy kompaniyalarning 
vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik kompaniyalari ichida eng yiriklari 
quyidagilar: 
Ular haqiqatan ham butun dunyoda obro’ qozongan monopolistlar bo’lib, 
sanab o’tilgan to’rtta firma jamlangan holda – xalqaro auditorlik-konsultatsion 
biznesning tan olingan va tajribali lideri hisoblanadi. 
Yuqorida qayd qilingan kompaniyalarning har biri turli mamlakatlarda 
ko’plab ofislarga ega bo’lib, ularning barchasi qasamyod qilgan buxgalterlar 
institutining a’zosi hisoblanadi. «Katta to’rtlik» yirik mijozlarning taxminan 90% 
iga xizmat ko’rsatadi. Bu firmalar yirik xalqaro loyihalarni bajarish imkoniga ega 
bo’lib, deyarli barcha turdagi konsultatsiya-auditorlik xizmatlarini ko’rsatadi. Agar 
o’z xodimlari etishmasa, boshqa firmalardan zarur mutaxassislari, shu jumladan, 
bunday loyihalarni bajarishda ishtirok etish uchun iqtisodiy-huquqiy xususiyatlari 
bilan yaxshi tanish bo’lgan tadbirkorlar yoki u yoki bu mamlakatning hokimiyat 
xodimlari ham jalb qilinadi. 
Ammo ular ham G’arb mamlakatlarida butun auditorlik bozorini qamrab 
Xalqaro auditorlik kompaniyalarining «Katta to’rtlik» guruhi 
tarkibi 
Price Waterhous Coopers 
Ernst and Young 
Deloitte and Touch 
KPMG 


48 
ololmaydi. Bunday yirik, jahon auditorlik faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydigan 
va transmilliy korporatsiyalar hisoblangan firmalardan tashqari, deyarli hamma 
mamlakatlarda o’rta firmalar hamda auditdan ajralib chiqqan autsayderlar mavjud. 
Bunday uncha katta bo’lmagan auditorlik firmalari davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlansa, ular yaxshi faoliyat ko’rsatadilar.
PricewaterhouseCoopers auditorlik kompaniyasi ikkita kompaniya - Price 
Waterhouse and Coopers & Lybrand birlashuvidan kelib chiqqan. 1849 yilda 
Samuel Prays Londonda o’z biznesini ochgan. 1854 yilda Uilyam Kuper Londonda 
kompaniyasi ishini yo’lga qo’ygan. Yillar davomida ular tomonidan tashkil 
qilingan firmalar o’z faoliyatini kengaytirib bordi. Va 1998 yilda Ushbu ikkala 
kompaniya birlashib, «PricewaterhouseCoopers» auditorlik kompaniyasi tashkil 
topdi. 
«Prays Uoterxaus Kupers» auditorlik kompaniyasining asosiy audit 
yo’nalishlari quyidagilar: 

umumiy audit; 

bank auditi; 

investitsiya muassasalari auditi; 

konsalting va boshqalar. 
1845 yilda 25 yoshli Uilyam Deloyt Londonda o’zining buxgalteriya 
firmasini ochgan. Georg Tush 1883 yilda Edinburg universitetini tugatib, buxgalter 
darajasiga erishgan. 1900 yilda u Jon Niven bilan birgalikda Nyu-Yorkda «Touch, 
Niven & Co» buxgalteriya firmasini ochgan.
Nobuzo Tomatsu 1952 yilda 57 yoshida Londonda sertifikatlangan jamoatchi 
buxgalter 
maqomiga 
ega 
bo’lgan va xususiy korporatsiya ochgan.
keyinchalik uchchala buxgalteriya kompaniyalari birlashib, «Deloitte and Touche 
Tohmatsu International» auditorlik kompaniyasining vujudga kelishiga asos 
bo’lgan. 
«Deloyt va Tush» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari 
quyidagilar: 

umumiy audit; 


49 

bank auditi; 

konsalting va boshqalar. 
A.S.Ernst va Artur Yang turli xil odamlardir. Yang 1863 yilda Shotlandiyada 
tug’ilgan va Glazgo Universitetini tugatgan. U 1906 yilda AQShning Chigako 
shahriga ko’chib borib, «Arthur Young & Co» buxgalteriya firmasini ochgan. 
A.S.Ernst 1881 yilda AQShning Klevelend shahrida tug’ilgan. 1903 yildan 
boshlab akasi Teodor bilan hamkorlikda buxgalteriya ishlari bilan shug’ullana 
boshlagan. Ernst akasi Teodor bilan birgalikda buxgalteriya firmasini ochib ish 
yuritgan. A.S.Ernst va Artur Yang hayotda bir-biri bilan uchrashmagan. Ikkalasi 
ham 1948 yilda vafot etgan. Ammo A.S.Ernst va Artur Yang ochgan buxgalteriya 
firmalari keyinchalik gurkirab rivojlangan va 1989 yilda ular birlashib, «Ernst & 
Young» auditorlik kompaniyasining vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
«Ernst va Yang» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari 
quyidagilar: 

umumiy audit; 

mulklar baholash va auditini o’tkazish; 

sug’urta kompaniyalari auditi; 

konsalting va boshqalar. 
KPMG – auditorlik kompaniyasi asoschilari familiyasining bosh harflari 
qisqartmasidan olingan.
«K» - Klinfeld. Pit Klinfeld Gollandiyada «Klynveld Kraayenhof & Co.» 
buxgalteriya firmasini ochgan va keyinchalik u Niderlandiyada KPMG nomi bilan 
ish boshlashida asos bo’lgan.
«P» - Pit. Uilyam Barklay Pit 1870 yilda Londonda «William Barclay Peat & 
Co» buxgalteriya firmasini ochgan. 
«M» - Marvik. Djeyms Marvik Rodjer Mitchell bilan birgalikda 1897 yilda 
Nyu-Yorkda «Marwick, Mitchel & Co» buxgalteriya firmasini ochgan.
«G» - Gerdeler. Raynxard Gerdeler ko’p yillar davomida KMGni vakili bo’lib 
ishlagan. U KPMGni birlashishiga asos solgan. 1987 yilda PMI va KMG bitta 
kompaniyaga – KPMGga birlashgan. 


50 
«KPMJ» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari quyidagilar: 
- umumiy audit; 
- bank auditi; 
- birjalar va investitsiya muassasalari auditi; 
- sug’urta kompaniyalari auditi; 
- konsalting va boshqalar. 
Auditorlik kompaniyalari aslida qanday ehtiyojlarni qondirishi va biznesdagi 
omadini asosiy omili nima bilan bog’liq ekanligini yaxshiroq tushunish uchun 
auditning rivojlanish tarixiga nazar tashlash lozim. 
Audit, o’zining zamonaviy biznesdagi ma’no va mohiyatida qariyb yuz 
yildan ko’proq vaqt mobaynida mavjuddir. Auditning yuzaga kelishi 
kapitalizmning rivojlanishi, yirik kapitalning paydo bo’lishi va aktsionerlik 
jamiyatlarining yuzaga kelishi bilan bog’liq. Aynan shu davrda korxonalarni 
boshqaruvchilari va egalarining manfaatlarini ajralishi ro’y berdi. Shuning bilan 
hisob yuritilishining to’g’riligini tekshiruvchi va bu xaqida kompaniya egalariga 
hisobot beruvchi mustaqil hakamga bo’lgan zarurat tug’ildi. Shu tarzda 
auditorlarning asosiy vazifasi korxonadagi moliyaviy hisob yuritilishining 
to’g’riligini tasdiqlash orqali mulkdor manfaat-larini himoya qilish bo’lib qoldi. 
Ammo auditorlar hisobning to’g’ri yuritilishini tekshirish to’g’risidagi bevosita 
hisobotdan tashqari ushbu hisobotga muayyan nomoddiy aktivni, aniqroq qilib 
aytganda, o’z mavqeini qo’shadi. Hozirgi kunda yuzlab auditorlik kompaniyalari 
auditorlik tekshiruvini o’tkazish metodikasiga ega, lekin umumtan olingan 
etakchilar bor-yo’g’i to’rtta. Ushbu kompaniyalar «Katta to’rtlik» nomi bilan 
tanilgan bo’lib, ular tarkibiga Pricewaterhouse Coopers, Deloitte, KPMG va Ernst 
& Young kompaniyalari kiradi. Xo’sh, nima sababli ushbu to’rt kompaniya boshqa 
auditorlik kompaniyalaridan keskin farq qiladi? Bizningcha, buning ikki sababi 
bor: birinchidan, bu ko’p yillik tajriba va orttirilgan mavqei; ik-kinchidan, bu 
kompaniyalarning xodimlari soni. 
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining biznes mavqei o’n yillar davomida 
shakllangan bo’lib, ba’zilarining tarixi bir yarim asrga borib taqaladi. 


51 
Pricewaterhouse Coopers kompaniyasi o’zining asosiy mahsulotlaridan biri obro’-
e’tibori ekanligini chuqur anglagan holda, «Oskar» mukofotiga nomzodlar hisobini 
yuritish bo’yicha buyurtmani qo’lga kiritdi va bu bilan audit metodikalarining 
yangi bozorini ochib berdi. Dunyodagi yuzlab auditorlik kompaniyalari ham 
«Katta to’rtlik» kompaniyalaridan yomonroq xulosa berishadi deb bo’lmaydi, lekin 
ko’pchilik mijozlar ularning mavqei uchun ko’proq haq to’lashga rozi bo’lishadi. 
Shunday to’xtamga kelish mumkinki, «Katta to’rtlik» kompaniyalarining har 
biri bo’yicha hisoblangan gudvill summasi bir necha milliard dollarni tashkil etishi 
muqarrar.
Odatda, uchinchi tomonlar oldida o’z imidjini yaxshilashga uringan 
korxonalar quyidagi hollarda bunday kompaniyalarga auditni buyurtma qilishadi: 
1. Xalqaro fond bozorlariga chiqish; 
2. Bevosita investitsiyalarni jalb qilish; 
3. Yangi hamkorlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish; 
4. Davlat tenderlarida ishtirok etish; 
5. Yangi bozorlarga chiqish va h.k. 
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining mavqei bunday buyurtmalarni olishga 
imkon beradi. Bunda kompaniya mavqeining o’ziga xos doiraviy aylanishi 
to’g’risida fikr yuritish mumkin. Yirik transmilliy kompaniyalar «Katta to’rtlik» 
kompaniyalarining mijozlari ro’yxatidan joy olishi bilan ularning mavqeini 
oshiradi, bu esa yanada ko’proq mijoz orttirish imkonini beradi. Auditorlik 
kompaniyalari o’z mavqeini o’zining «kichik» byudjetli mijozlariga o’tkazadi. 
Auditorlik kompaniyasining xodimlari ishdan bo’shaganda kompaniya mavqeining 
bir qismini o’zlari bilan olib ketishadi. Ushbu doiraviy aylanishda, albatta sifatli 
tekshiruv 
sharti 
bilan, 
kompaniya 
mavqei 
«eskirmaydi» 
va 
«amortizatsiyalanmaydi». 
Ammo, uchinchi tomonlar kutadigan mustaqillik va ob’ektivlik printsiplaridan 
har qanday og’ishishlar oqibatida auditorlik kompaniyalari mavqeiga katta putur 
etishi ham hech gap emas. Buni tasdiqlash uchun «Katta to’rtlik» kompaniyalariga 
qarshi butun dunyo bo’yicha berilayotgan sud da’volarini keltirib o’tish kifoya. 


52 
Bundan tashqari, «Katta to’rtlik» kompaniyalari o’rtasida farqlanishning 
tobora kamayib borishi sezilmoqda. Bunda har bir mijoz uchun keskin kurash 
ketishini kuzatish mumkin. Masalan, yirik transmilliy kompaniyalar tender asosida 
auditorlik kompaniyasini tanlashi mumkin. Chunki, ko’pchilik kompaniyalar 
uchun aynan aynan PricewaterhouseCoopers yoki Deloitte ning emas, balki «Katta 
to’rtlik» kompaniyalaridan birining xulosasi kerak. 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling