Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


 Quyidagi davlatlardan qaysi biri Britan-Amerika modeliga kirmaydi?


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

15. Quyidagi davlatlardan qaysi biri Britan-Amerika modeliga kirmaydi? 
А. Braziliya
B. Zambiya 
С. Malayziya 
D. Panama 
16. Quyidagi davlatlardan qaysi birida milliy audit standartlari mavjud 
emas? 
А. Malayziya 
B. Avstraliya 
С. AQSh 
D. Niderlandiya 


40 
Tayanch tushunchalar 
Xorijda auditorlik faoliyati, xalqaro audit modellari, buxgalteriya hisobining 
umumqabul qilingan tamoyillari, Britan-amerika modeli, kontinental model, 
Janubiy amerika modeli. 


41 
III BOB. XALQARO AUDITORLIK TASHKILOTLARI VA 
KOMPANIYALARI, ULARNING RIVOJLANISH TARIXI 
3.1. Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat yo’nalishlari 
Xalqaro auditni unifikatsiyalangan holda tashkil qilish uchun, avvalo, 
buxgalteriya hisobining baynalmilallashuviga e’tibor qaratish lozim. Milliy hisob 
va audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida 1966 yilda 
Xalqaro tadqiqot guruhi tuzilgan edi. Ushbu tadqiqot guruhiga AQShning 
buxgalter-auditorlari, shuningdek Kanada, Angliya, Uels, Shotlandiya, Irlandiya 
davlatlarining maxsus mutaxassislari kiritilgan. Mazkur tashkilot jahonning 
ko’pgina davlatlarida tadqiqot o’tkazib, milliy hisob va audit tizimlari o’rtasidagi 
tafovutlar xususida hisobot tayyorlagan. Hisobot ma’lumotlari natijalariga ko’ra 
buxgalteriya hisobi va audit standartlari bo’yicha maxsus xalqaro tashkilot 
tuzishga qaror qilingan. Natijada xalqaro hisob va audit standartlarini ishlab 
chiquvchi Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) va Xalqaro 
buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tuzilgan. 
1973 yil 29 iyunda Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, 
Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya hamda AQSh buxgalterlar 
tashkilotlari o’rtasidagi kelishuv natijasi sifatida tuzilgan Buxgalteriya hisobi 
xalqaro standartlari qo’mitasi (International Accounting Standarts Committie - 
IASC) bugungi kunda xalqaro auditorlik faoliyatida ulkan nufuzga ega. Hozirgi 
vaqtda uning tarkibida jahonning 103 mamlakatidan 142 ta vakillar qatnashmoqda.
Hozir auditga bo’lgan talablarni uyg’unlashtirish borasida ishlar xalqaro 
darajada takomillashtirilmoqda. Turli tashkilotlar, shu jumladan, buxgalteriya 
hisobi standartlari bo’yicha maxsus qo’mita (IASC), xalqaro buxgalterlar 
federatsiyasi bu masala bo’yicha faol shug’ullanmoqda. Moliyaviy hisobotlarning 
yagona xalqaro tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari asosida barpo 
qilish va uni takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, Xalqaro buxgalterlar 
federatsiyasi tarkibida doimiy avtonom qo’mita huquqlariga ega bo’lgan auditorlik 
amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tuzilgan. U Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi 
kengashi nomidan audit standartlarini chop etadi, shuningdek, audit tekshirishlarini 


42 
o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro 
standartlarni ishlab chiqadi. Bular buxgalter-auditorlik kasbining rivojlanishi va 
imkoni boricha xalqaro miqyosda auditga yondashishning yagona tizimini 
yaratishga mo’ljallangan. Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) 
buxgal-teriya hisobi va auditning standartlarini ishlab chiqish va uni butun 
dunyoga targ’ib qilish maqsadida tuzilgan. Boshqa xalqaro tashkilotlardan farqli 
o’laroq Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita tarkibiga faqat 
nohukumat tashkilotlar kiritiladi. Qo’mitaga rahbarlik qilish doimiy ishlovchi 
kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi. Kotibiyat tarkibiga 13 ta davlat va 4 ta 
xalqaro tashkilotning vakillari kiritilgan.
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) 1977 yilda buxgalteriya kasbini 
yuqori darajaga olib chiqish maqsadida tuzilgan bo’lib, uning bajaradigan 
vazifalari IASCning vazifalari bilan mos tushadi. Jahonning 75 mamlakatining 
professional hisob tashkilotlari IFACning a’zolari bo’lib hisoblanadi. 
Shuningdek, buxgalteriya hisobi va audit tizimlarini standartlashtirish 
muammolari bilan BMTning hisob va hisobotlarning xalqaro standartlari bo’yicha 
ekspertlarning hukumatlararo ishchi guruhi (ISAR) shug’ullanadi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) auditning xalqaro 
standartlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashmaydi, balki ushbu tashkilot 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling