Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva
Auditorlik tavakkalchiligi ortishi holatlari
Download 3.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik tavakkalchiligi kamayishi holatlari
Auditorlik tavakkalchiligi ortishi holatlari
Kompyuter muhiti markazlashtirilmagan Kompyuter uskunalarining geografik tarqoqligi mavjud Buxgalteriya xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bitim darajalari etarli emas KIM muhitining amal qilishida ichki nazorat mavjud emas KIM tizimiga ruxsat etilmagan kirishni cheklash bo’yicha zaruriy choralar mavjud emas 284 Auditorning tavakkalchiligi quyidagi hollarda pasayadi: Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarishning ichki vositalari ichki nazorat maqsadlariga erishishga yordam beradi. U qo’l ishlarini, shuningdek mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Qo’l va kompyuter vositalari ma’lumotlarning kompyuter ishlovi muhitiga ta’sir etuvchi boshqaruvning umumiy vositalari va amaliy dasturlarni boshqarishning maxsus vositalarini, jumladan buxgalteriya hisobi dasturlarini boshqarishdan iborat bo’ladi. Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish umumiy vosi-talarining maqsadi ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimini nazorat qilish chegaralarini aniqlash va ichki nazoratga erishilganda ishonchning qulay darajasini ta’minlashdan iborat. Auditorlik tavakkalchiligi kamayishi holatlari Avtomatlashtirish tizimlari litsenziyalangan Auditorlar uchun maxsus ishlangan dasturiy ta’minot tufayli nazoratning ayrim turlarini chuqurlashtirish imkoniyati mavjud Dasturiy ta’minotning maxsus nazorati mavjud Barcha bo’linmalar, filiallar va boshqa alohida bo’linmalar, shu’ba korxonalar KIMning yagona muhitida ishlaydi, yagona zamonaviy dasturiy ta’minoti qo’llaydi Xo’jalik yurituvchi sub’ektning axborot siyosati KIM tizimining asosiy foydalanuvchilari bilan kelishilgan Xo’jalik yurituvchi sub’ektning KIM tizimi rivojining uzoq muddatli rejasi mavjud Xo’jalik yurituvchi sub’ektning axboriy siyosati uning rahbariyati tomonidan omilkorlik bilan belgilanadi 285 Boshqaruvning umumiy vositalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: – boshqaruv xizmatiga oid kafolatlar va tadbirlar; – amaliy dasturlar tizimini ishlab chiqish va uni to’g’ri holatda bo’lishini ta’minlash; – yangi yoki qayta qurilgan tizimlarni testdan o’tkazish, o’zgartirish, sotish va hujjatlashtirish; – ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimi tomonidan faqat shu maqsadlar uchun mo’ljallangan harakatlarni bajarishning kafolati, shuningdek ulardagi xatolarni aniqlash va tuzatish; – operatsiyalarga faqat vakolatli xodimlarning kirishini ta’minlash. Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish ichki vositalarining maqsadi faqat vakolat berilgan qismlar bo’yicha amaliy dasturlarni boshqarishning o’ziga xos xususiyatli tadbirlarni va keyingisini ro’yxatga olish, shuningdek ularning o’z vaqtidaligini va to’liqligini o’rnatishdan iboratdir. Ma’lumotlarga kompyuterda ishlov berishni boshqarishning ichki vositalari quyidagilardan iborat: 1. Ishga solishni nazorat qilish: – operatsiyalarni kompyuter bajarishidan oldin tekshirilgani; – operatsiyalar mashina o’qish shakliga o’tkazilgani va kompyuter fayllari ma’lumotlariga yozilgani; – yo’qotilmagan, qo’shilmagan, nusxa ko’chirilmagan va o’zgartirilmagan operatsiyalarni; – noto’g’ri operatsiyalar bartaraf etilganini qayta tasdiqlanish vaqtida tuzatilgani. 2. Ma’lumotlarning kompyuter fayllari va kompyuterning ishlashini nazorat qilish: – operatsiyalar kompyuter tomonidan to’g’ri bajarilayotgani; – operatsiyalarning yo’qotilmagani, qo’shilmaganligi, nusxa ko’chi-rilmagani va o’zgartirilmagani; – xatolar o’z vaqtida tuzatilgani va bartaraf etilgani. 286 3. Axborotni kiritishni nazorat qilish: – bajarilish natijalarining aniqligini; – axborotga begona shaxslarning kirishi cheklanganligi; – axborotni uni olishda ruxsati bilan tegishli shaxsga o’z vaqtida berilgani. Kompyuterni asosiy suiste’mol qilish quyidagi shartlar bo’lgandagina bo’lishi mumkin: – kompyuterga yoki terminalga bevosita kirilganda; – ma’lumotlar fayllariga kirilganida; – vositalarni shaxsiy manfaatlar maqsadida ishlatish imkoniyatining borligida; – tizimli axborotining tushunarliligida; – kompyuter dasturlariga kirilganida. Download 3.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling