Raqamli signallarni analog signallarga aylantrgichlar
Raqamli signalni analog signalga aylantirgichlar, ko’pincha boshqariluvchi rezistorli kuchlanish taqsimlagichlar orqali amalga oshiriladi Bunda raqamli signal UD ning kodi Xn.....X2 , X1ga qarab turli xil rezistorlar
ulanadi. Raqamli signalni kodi o’zgarishi bilan taqsimlagichning o„tkazish koeffitsienti ham o’zgaradi. O’tkazish koeffitsienti o’zgarganligi tufayli, bu taqsimlagichning kirishiga doimiy kuchlanish berilsada, chiqish kuchlanishi notekis o’zgaradi. Kuchlanish taqsimlagichlarini ulash va uzish elektron kalitlar
orqali amalga oshiriladi. Kuchlanish taqsimlagichi vazifasini qarshiliklar
matritsasi o’taydi. Bunday matritsani ko’rinishi, a da keltirilgan. Ikkilik tizimdagi
signallarni boshqaruvchi kalit sxemasida ko’rsatilgan. Raqamli signalni analog signaliga aylantirishning aniqlik darajasi rezistorlarni tayyorlanish aniqligiga va ularning ish rejimida parametrlarining barqarorligiga bog’liq
Raqamli signallar analog signallarga o'xshash ma'lumotlarni ham o'z ichiga oladi, ammo analog signallardan bir oz farq qiladi. Raqamli signal uzluksiz, diskret vaqt signalidir. Raqamli signal ikkilik shaklda ma'lumot yoki ma'lumotlarni olib yuradi, ya'ni raqamli signal bit shaklidagi ma'lumotlarni aks ettiradi. Raqamli signal garmonik deb ataladigan oddiy sinus to'lqinlariga ajralishi mumkin. Har bir oddiy to'lqin turli xil amplituda, chastota va fazaga ega. Raqamli signal bit tezligi va bit oralig'i bilan tavsiflanadi. Bit oralig'i bitta bitni yuborish uchun zarur bo'lgan vaqtni tavsiflaydi. Boshqa tomondan, bit tezligi bit oralig'ining chastotasini tavsiflaydi.
Raqamli signal shovqindan ko'proq immunitetga ega; shuning uchun u deyarli har qanday buzilishlarga duch kelmaydi. Raqamli signallarni uzatish osonroq va analog signallarga nisbatan ishonchli. Raqamli signal cheklangan qiymatlarga ega. Raqamli signal 0 va 1 sonlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |